elementlaming ionlarining nisbati juda katta ahamiyatga ega, chunki
ulaming miqdori har bir yoshda o‘zgarib turadi.
0 ‘suvchi organizm uchun suvning ahamiyati juda yuqori. Bolalar
organizmining o ‘sishi organizmdagi moddalar almashinuvining jadal
kechishini ta’minlash uchun suvning yetarli miqdorda boiishliga bog‘liq.
Suvning biriktirib olishda va uning berilishida
oqsiilaming roli juda
katta. Yosh bolalarda suvning yetishmasiligi oraliq almashinuvni keskin
buzadi. Bolalaming yoshiga qarab 1 kg tirik massaga xarakatlanayotgan
bir kecha-kunduzlik energiya miqdori kamaya boradi.
Bolalaming jismoniy va aqliy jihatdan mo‘tadil rivojlanishi uchun
ratsional oziqlanish juda muhim ahamiyatga ega. Oziqlanish mahsulotlari
turli yoshdagi organizm talablarini qondiribgina qolmasdan, ya’ni
faqatgina hayotiy jarayonlarni ta’minlash uchungina emas, balki qisman
boisada yetarli darajada o‘sishi va rivojlanishi uchun to'ia qimmatli
oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar,
suv va vitaminlami
organizmda zahira holida jamlanishini ta’minlash kerak. Shu sababli ham
turli yoshdagi bolalaming kunlik oziqlanish rasionlarida oqsillar,
uglevodlar va yog‘laming ma’lum miqdordagi nisbati saqlanishi zarur.
Bolalaming ovqatlari yetarli miqdorda kletchatka saqlashi zarur va ovqat
hazmi kanalining motorikasini ta’minlovchi chiqariluv ma’sulotlarni
saqlashi kerak.
Voyaga yetgan odamlardan farqli oiaroq bolalar organizmining
mo‘tadil o‘sishi va rivojlanishi uchun to‘g‘ri tartib asosida oziqlanish
yanada kattaroq ahamiyatga ega. To‘yib ovqatlanmaslik kabi normadan
ortiqcha yeb qo‘yishni oldini olish maqsadida har bir ovqatlanish uchun
(5-6 marta hayotning birinchi oyida, 2-3 oylikda -5 marta, 1,5 yoshdan
boshlab -4 marta) ma’lum miqdorda ovqatlar 4 marta ovqatlanishga
o‘tganidan keyin har kuni kamida
2
marta issiq ovqat yeyishi kerak.
Bundan
tashqari, bolalami ovqatlantirishda oziq mahsulotlaming
nisbati va ulardagi to‘yimli moddalar hisobiga olinishi zarur, 1 yoshdan 3
yoshgacha bo‘lgan davrda bolalarga 75% hayvonot oqsillari va 25%
o ‘simliklar
oqsillari (non, meva, sabzavotlar) berish kerak, 3 dan 5
yoshgacha - 65% hayvonot va 35% o‘simliklar oqsili, 5 yoshdan katta
bolalarga 50% hayvonot va 50% o‘simliklar oqsillari (voyaga yetgan
odamiarga esa -30% dan kam boimagan hayvonot oqsili) berilishi kerak.
Bolalar organizmining oqsillarga bo‘lgan talabi yoz paytida tashqi
haroratni ko‘tarilishi va katta miqdordagi harakat tufayli 15-20% ortadi.
Sabzovotlar, ko‘katlar va mevalar bolalik davrida juda foydali, chunki
ulaming tarkibida katta miqdorda mineral moddalar va vitaminlar
244
saqlanadi,
shuning uchun
ichaklarda achish-bijgish
va
chirish
jarayonlarini chaqirmaydi.
Sutning tarkibi. Emizikli ayollarda bir kecha-kunduzda 1-2 1.
sigirlarda 40-60, biyalarda 10-12 va echkilarda 1-3 1 sut ajraladi.
Turli hayvonlaming suti tarkibi, oqsillar, yogiar va uglevodlarning
miqdori va yogiar hamda oqsillarning sifati bo‘yicha bir-biridan farq
qiladi. Sut tarkibidagi organik moddalaming qon tarkibida boimasiigi va
sut bilan qon tarkibining bir-biridan farq qilishi uning qonining filtrati
emas, balki sekretsiya mahsuloti ekanligidan dalolat beradi. Sutning
zichligi 1,020-1,055 ga teng boiib, muhiti neytrallidir.
Sut-emulsiya, ya’ni mayda yog‘ sharikchalari albuminli xarakterga
ega boigan pustloq bilan o‘ralgan boiib, uning emulsion turg‘unligini
ta’minlydi. Sut mikroskop ostida qaralganda unda yog‘ sharchalari
ko'rinadi. Qoramollarning sutida yogiarningjniqdori 4,5% gacha boiadi.
Sut
tarkibiga yogiardan tashqari, oqsillar-sut albuminli, sut
globulinlari, uglevod - sut qandi, noorganik tuzlar, vitaminlar, fermentlar,
suv va gazlar kiradi. Laktoalbumin va laktoglobulin o ‘zining xususiyatlari
bilan qonning aynan shu oqsillari bilan o ‘xshash va sut tarkibida juda kam
miqdorda saqlanadi (0,5% yaqin).
Sut y o g i faqatgina yogiardan hosil boim ay balki ozuqalarinng
oqsillari va uglevodlaridan ham hosil boiadi. Unda yuqori molekulali yog‘
kislotalari saqlanadi (70% dan yuqori). Sut y o g i gliseridlar, oliyen,
palmitin stearin, moy, kapro va boshqa yog‘ kislotalaridan tashkil topgan.
Molekulyar ogirligi kichik boiganligi sababli sut yogini sovitib qo‘yishi
yoki sentrifuga qilish y o ii bilan ajratib olish mumkin. Sut tarkibida
mochevina, kreatinin hamda xolestrin, litseten va purin asoslarini
qoldiqlari uchrashi mumkin.
Sigir sutida onorganik moddalaming miqdori o‘rtacha 0,75% ni
tashkil etadi: ular Na, K, Ca,
va Mg ning fosfatlari, sulfatlari va
xloridlaridan tashkil topgan, uncha katta boimagan temir oksidi ham
saqlanadi.
Ayollar sutida quyidagi mikroelementlar: Li, Fe, Cu, Ni, Jn, Mn, Ag,
J, Br, As, Si, A1 va boshqalar bor.
Sut tarkibidagi vitaminlar, iste’mol qilingan ozuqa xarakteriga va
undagi vitaminlar miqdoriga bogiiq boiadi. U vitamin A va В gumhi C,
D, va E vitaminlarga boy boiadi. Sutda amilaza, lipaza, katalaza,
peroksidaza va boshqa fermentlarmavjud. Fermentlarning ayrimlari sut
bezlarida hosil boisa, boshqalari mikroblar
tomonidansintezlanadi deb
taxmin qilinadi.
Dostları ilə paylaş: