Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


‘rtacha osh tuziga boigan talab  21



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   318
2 5213200508969289537

0
‘rtacha osh tuziga boigan talab 
21
g ni tashkil qilsa, o g ir 
jismoniy ish bajarganda 25-30 g.gacha ortishi mumkin. Voyaga yetgan 
odamlar organizmidagi osh tuzining zahirasi 
100-120
g.ni tashkil etadi.
Mineral moddalaming fiziologik ahamiyati juda katta. Ular oqsillar, 
skelet suyaklari, fermentlar, gormonlar tarkibiga kiradi. Organizmdagi 
mineral moddalaming umumiy miqdori, tana og‘irligining 4,5 
%
ini 
tashkil etadi, ularning 5/6 qismi suyaklar tarkibida boiadi.
Mineral moddalar organizmdagi barcha funksiyalarni mo‘’tadil 
bajaralishini ta’min etadi. Mineral moddalaming ionlari to‘qima va 
qonning osmotik bosimini, ishqor-kislota muvozanatini va faol 
reaksiyasini doimiyligini ta’min etadi. Ular asab tizimi faoliyati, qon 
ivishi, so‘rilish, gazlar almashinuvi, sekresiya va ayiruv jarayonlari uchun 
juda zarur, lekin ular energiya manbai hisoblanmaydi. Ovqatlar tarkibida 
osh tuzining miqdori normadan ortiqcha boiganida terida natriy 
xloridning zahirasi yuzaga keladi va osh tuziga taqchil ovqatlar iste’mol 
qilinganida ulardan foydalaniladi.
236


Jigarda va to‘qimalarda temir saqlanadi, suyaklarda 
k a lsiy
va fosfor, 
muskullarda esa kaliy saqlanadi.
Xloridlar, fosfatlar, sulfatlar, karbonatlar va silikatlarning anionlari 
va natriy, kaliy, kalsiy, temir, magniy va misning kationlari ancha jiddiy 
ahamiyatga egadir. Bundan tashqari fosfor, oltingugurt, yod, rux, brom, 
ftor organizmdagi barcha fiziologik jarayonlarni bajarilishida ishtirok 
etadi.
Voyaga yetgan odamlaming bir kecha-kunduzlik 
mineral 
moddalarga bo‘lgan talabi (grammda) Na-4-6, Ca-1 (homilador ayollar va 
emizikli onalar -1,5-4), K-3-5 , P-1,5-2, S-l, Mg-0,5-0,7. erkaklar uchun 
bir kecha-kunduzlik temirga bo‘lgan talabi - 0,9-1,2 mg, ayollar uchun 
1,3-2,5 mg, homiladorlik paytida esa - 5 mg.ni tashkil etadi.
Fosfoming kalsiyga bo‘lgan nisbati 1,5;1,0 ga teng va bu nisbat 
o‘zgarganida organizm tomonidan fosfoming o‘zlashtirilishi buziladi. 
Jismoniy ish bajarganida sutkalik fosforga bo‘lgan talab 1,5-2 martagacha 
ortadi va 3-4 g.yetadi.
Sitoplazmaning asosiy qismini tashkil qiluvchi mineral moddalar 
makroelementlar (Na, Ca, P va boshqa.) deb ataladi, juda kam miqdorda 
saqlanuvchilami esa (foizning mingdan bir bo‘lagidan kam bo‘lgani) 
mikroelementlar (Mn, Co, Zn, Br, J, Cr, Fp, mishyak, molibden, temir va 
boshq.) deb yuritiladi.
Mikroelementlar organlarda notekis jamlanadi; masalan, mis-jigar va 
qizil ilikda, xrom, marganes va brom-gipofizda, rux-asosan jinsiy bezlarda 
gipofiz va me’daosti bezida, nikel - me’daosti bezida, kadmiy-buyrakda, 
stronsiy-suyaklarda.
Mikroelementlar fermentlar, gormonlar va vitaminlarning tarkibiga 
kirib ulaming ta’sirini kuchaytiradi. Rux-oqsillar almashinuvi fermentlari 
va karbongidraza, temir-nafas fermentlari, xrom-tripsin tarkibida bo‘ladi. 
Kobalt - muskullar fermentlarini marganes - qon va to‘qimalar fosfata- 
zasini faollashtiradi. Qalqonsimon bez gormonlarida yod, me’daosti bezi -
mx, qalqonsimon bez-brom ko‘p bo‘ladi. Vitamin B
12
tarkibiga kobalt 
kiradi. Marganes - B b mis - А, В, С, E, PP vitaminlarini faollashtiradi, 
ovqat tarkibida mis katta miqdorda bo‘lsa vitamin B] ning ortishini ta’min 
etadi.
Mikroelementlaming amaliy ahamiyati juda katta. Masalan, kobalt 
homilaning rivojlanishiga va qon hosil bo‘lishi uchun zamr. Mis- 
to‘qimalararo nafas olishda ishtirok etadi va hayvonlarni ko‘payishiga 
ta’sir ko‘rsatadi. Kobalt qishloq xo‘jalik hayvonlarining go‘sht va jun
237


mahsuldorligini oshiradi. Har ikkala mikroelement ham asosan jigarda 
saqlanadi.
Yosh bolalarning suyaklari va asab to‘qimalarini o‘sishi jarayonida 
natriy, kaliy, kalsiy, fosforlardan foydalaniladi. Organizmni suyaklarini 
o‘sishiga va hayvonlami ko‘payishi uchun marganes, eritrositlami hosil 
bo‘lishi uchun temir va mis zarur.
Kobalt, mis va rux kartoshka, karam (asosan rangli) osh lavlagi, 
sabzi, otquloq, tuxum sarig‘ida, jigar, qoramol go'shti, seld, sudak, zagora 
va cho‘rtan baliqlarda katta miqdorda saqlanadi. Malinada marganes, 
o‘rikda- esa mis mavjuddir.
Turli hududlardagi geoximik zonalaming o‘simliklar ozuqalari va 
suvlarida turli mikroelementlar saqlanadi. Shu sababli, ulami ozuqalar va 
suvlari miqdori mo‘’tadillashtirilishi va yetmagan qismi toidirilishi kerak.
Mikroelementlar organizmdan siydik, najas va ter bilan ajratiladi, shu 
sababli bu yo‘qotishlaming organizmga tushayotgan miqdor bilan 
tenglashishini ta’minlash kerak.
Noorganik birikmalarning yetishmasligi fiziologik funksiyalaming 
buzilishiga va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Ikkinchi tomondan 
ularning miqdori ortib ketganida ham organizm funksiyalarini buzilishi 
mumkin, masalan, yosh bolalarning organizmiga katta miqdorda osh tuzini 
kiritilishi tana haroratining ko‘tarilishini - tuzli isitmani chaqiradi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin