Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


-8 hafta o‘tgandan keyin avjiga chiqadi,  otlar, qo‘ylar, echkilarda ko‘proq, ya’ni  12-21



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   318
2 5213200508969289537

6-8
hafta o‘tgandan keyin avjiga chiqadi, 
otlar, qo‘ylar, echkilarda ko‘proq, ya’ni 
12-21
hafta o ‘tgandan keyin paydo 
bo‘la boshlaydi. Vitamin A hayvon yog‘larida, jigarda, ayniqsa, ayrim 
baliqlaming jigarida ko‘p bo‘ladi. Ko‘k o‘tlarda karotin anchagina ko‘p 
bo‘ladi, lekin o‘tlar noto‘g‘ri quritilganda tarkibidagi karotin yo‘qoladi. 
Shuning uchun pichan, bedalami va boshqa ko‘k o'tlami to‘g‘ri quritish, 
ya’ni o ‘z vaqtida tez yig‘ib olish kerak.
224


16-Jadval.
Turli oziqlar tarkibidagi karotin miqdori (1kg. oziqada, mg. hisobida)
Oziqlar
Karotin(mg
•)
Sun’iy pichanzorlar pichani
45-115,0
Tabiiy pichanzorlar pichani
60,0
Xashaki sabzi
0
,7-2,0
Qizil sabzi
75-256,0
Makkajuhori silosi
19-37,0
Kungaboqar kunjarasida
2
,3-2
,6
Qishda sogilgan sigirlar suti
0,4-1
,8
,
Yozda sogilgan sigirlar suti
3,5-4,5
D-vitamin (kalsiferol, antiraxitik). D-vitaminning bir-biriga o‘xshash 
10 ga yaqin birikmalari mavjud. Ammo shulardan ikkitasi sut emizuvchilar 
organizmida kalsiy va fosfor almashinuviga ta’sir qilib katta rol o‘ynaydi. 
Bular vitamin D
2
va D
3
dir. D
2
vitamin (ergokalsiyferol). Ultrabinafsha 
nurlarning ta’sirida o‘simliklardagi ergosterin provitamin pigmentidan 
hosil bo‘ladi. D
3
vitamin (xolekalsiyferol) organizmda quyosh nuri 
ta’sirida xolesterindan sintezlanishi mumkin. Bu vaqtda oraliq modda 
sifatida 7-digidroxolesterin paydo bo‘ladi. Bu modda vitamin D
3
ning 
provitamini deyiladi. Hayvonlar organizmida har ikkala vitaminning ta’sir 
qilishi bir-biriga yaqin.
Pichan quritish vaqtida o‘simlik tarkibidagi ergostermning ozroq 
qismi quyosh nurlari ta’siri bilan D
2
vitaminga aylanishi mumkin. D 
vitaminning manbai esa ayrim baliqlaming jigari hisoblanadi.
D-guruh vitaminlari ingichka ichaklar devori orqali o ‘t suyuqligi ishtiroki 
bilan so‘riladi. D vitaminning asosiy funksiyasi ichak devori orqali kal’siy 
va 
fosfoming 
so‘rilishini 
tezlashtirib, 
organizmda 
suyaklanish 
jarayonlariga ta’sir qilishdan iborat. Ozuqa tarkibidagi kalsiy va fosfor 
miqdori o ‘zaro to‘g‘ri nisbatda boigandagina D, vitamin ularning 
so‘rilishi va almashinuviga ta’sir qila oladi. Yosh, o‘sayotgan hayvonlar 
organizmi vitamin D ga ayniqsa muhtoj, bu vitamin yetishmasligi 
oqibatida raxit kasalligi kelib chiqadi. Raxit kasalligiga suyak va 
tog‘aylarda yyetarli miqdorda kalsiy yetishmay qolishi natijasida 
organizmda 
suyaklanish jarayonlari 
buziladi. 
Oqibatda 
suyaklar 
bo‘shashib yumshashadi, ogirlik ta’sirida egiluvchan (deformatsiya- 
lanuvchan) boiib qoladi. Oyoqlar egilib, majruh shaklga kiradi.
225


Suyaklaming shu tariqa yumshab qolishi osteomalyatsiya deyiladi. Qonda 
kalsiy kamayib, suyaklanish jarayonlarida katta ahamiyatga ega bo‘lgan 
fosforli kalsiy tuzlarining yetishmasligi kuzatiladi. Raxit paytida hayvon 
o'sishdan qoladi, anemiya-kamqonlik, ishtahaning yo‘qolishi kabi hollar 
kuzatiladi. Yozda organizmning D vitaminga bo‘lgan ehtiyoji hayvonlar 
terisidagi 7-degidroxolesterinning quyosh nuri ta’sirida D
3
vitaminga 
aylanishi tufayli qisman qoplanadi. Shu sababli D vitaminga muhtojlik 
asosan qishda, hayvonlar qorong‘i joyda boqilganda, quyosh nuri 
kamayganida kuzatiladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining D vitaminga 
bo‘lgan sutkalik talabi 100kg. tirik vazniga nisbatan olganda 500-1500mg. 
halqaro birlikka teng. Parrandalar tuxumga kirgan davrda ularga D vitamin 
juda zarur. D vitamin organizmga haddan tashqari ko‘p kiritilsa, unga 
zaharli ta’sir qiladi. Ayni vaqtda suyaklar haddan ortiq ohaklanib ba’zi 
ichki organlarda ham ohak to‘planadi.
17-Jadval.
Turli oziqalardagi D vitamin miqdori (lkg.ozuqada, halqaro birlik
hisobida)
Ozuqalar
Vitaminning miqdori
1.
Pichan(quyoshda quritilgan)
550

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin