efirlar, oqsillar bilan birikib esa kompleks birikmalar hooii qiladi.
Tekshirishlar natijasida xolesterin ham organizmning barcha to‘qimalarida
erkin ham birikkan holatda uchrab turishi aniqlangan. Buyrak usti bezlari,
nerv to‘qimasi, eritrotsitlar, o ‘t suyuqligi xolesteringa ayniqsa boy. Buyrak
usti bezlarining po‘stloq qismi, jinsiy bezlarning gormonlari,
provitamin
“D”-ergosterin, o‘t kislotalari sterin mahsulotlaridir. Sterinlar organizmda
ko‘plab sintezlanadi. Keyingi paytlardagi tekshirishlarda jigaming Kupfer
hujayralarida,
taloqda,
o'pkada,
miyada
xolesterin
sintezlanishi
isbotlangan. Xolesterin organizmda almashinib,
kopresterin holatida axlat
bilan birga tashqariga chiqariladi.
YOG‘LAR ALMASHINUVINING BOSHQARILISHI
Organizmda yog‘lar almashinuvini ham nerv, ham gumoral tizimlar
idora etib turadi. Yog'lar almashinuvini
idora etadigan nerv markaz
gipotalamus hisoblanadi. Tajribalarda gipotalamusning ventromedial
yadrolari shikasflanganda hayvon semirib ketadi,
lateral yadrolari
shikastlanganda esa ozib ketadi. Gipotalamusning kulrang do'ngcha sohasi
ta’sirlanganda yog‘lar almashinuvi sezilarli darajada o‘zgaradi. Vegetativ
nerv tizimi tolalari ta’sirlanganda yog‘ depolaridan yog‘lar chiqarilishi va
ulaming jigarda parchalanishi tezlashadi. Yog‘lar almashinuviga nerv
tizimi, gipofiz,
qalqonsimon, me’da osti, jinsiy bezlarning ichki
sekretsiyasini o‘zgartirish yo‘li bilan ham ta’sir qila oladi. Yog‘lar
almashinuvining boshqarilishida miya po‘stlog‘i ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
UGLEVODLAR
Uglevodlaming klassifikasiyasi va energetik ahamiyati. Uglevodlar -
uglerod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan organik birikmalardir.
Odatda oddiy, murakkab uglevodlarga farqlanadi.
Boshqacha qilib
aytganda oddiy - monosaxaridlar, masalan, glyukoza va murakkab -
polisaxaridlar va bular ham o ‘z navbatida
quyi - oddiy uglevodlaming
qisman qoldiqlarini saqlovchi (disaxaridlar) va murakkab uglevodlar
qoldig‘ining juda ko‘plab molekulalarini saqlovchi (polisaxaridlar)
uglevodlarga farqlanadi. Hayvonlar organizmida uglevodlaming miqdori
qumq moddaning
2
% ga yaqinini tashkil etadi.
Sog‘lom odamlaming o‘rtacha bir
kecha-kunduzda uglevodlarga
bo‘lgan talabi - 500 g.tashkil etadi, jadal jismoniy ish bajarganda bu talab
Dostları ilə paylaş: