Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   318
2 5213200508969289537

OCHLIK VA CHANQASH
Ochlik va chanqash organizmning biologik ehtiyojiga aloqador
hodisa b o iib , hayvonni oziqa va suv izlab topishga majbur etadi. Oehlikni
his qilish “Oziqalanish markazi”ning faoliyati bilan b ogiiq . Bu markaz
hayvonlaming oziqalanishi va hazm tizimi barcha qismlarining faoliyatini
bir-biriga moslab boshqaradi. “Oziqalanish markaziga” bosh miya yarim
sharlarining po‘stlog‘i, po‘stloq osti tugunlari, gipotalamus, retikulyar
formatsiya va uzunchoq miyadagi tegishli hujayralar, ya’ni hazm
tizimining faoliyatini boshqaradigan barcha nerv hujayralari kiradi.
Gipotalamusning ayrim qismlari ta’sirlanganida oziqalanishga moyillik
paydo b o isa , ikkinchi bir nuqtasi ta’sirlanganda oziqalanishdan bosh
tortish hollari kuzatilgan. “Oziqalanish markazi” qon bilan kelayotgan turli
kimyoviy moddalar, hazm tizimidan kelayotgan impulslar ta’sirida
qo‘z g ‘aladi va tormozlanadi.
Organizmda suv tanqisligi paytida yoki oziqlar bilan ko'proq tuz
iste’mol qilinganda chanqash hodisasi kuzatiladi. Chanqash paytida og ‘iz
va tomoq shilliq pardalari quriydi, so ia k ajralishi keskin kamayadi.
Ayni vaqtda organizmda suv miqdori kamayib, qonning osmotik
bosimi oshadi. 
Bu hodisalar tegishli markazlami, maxsus nerv
hujayralarini qo‘z g ‘atadi, oqibatda organizmdan suv chiqarilishi, so ia k
ajralishi chegaralanadi va hayvon suv ichish payiga tushadi.
OVQAT HAZM KANALIDA SO‘RILISHI JARAYONI
Oziq moddalar ovqat hazmi tizimida kimyoviy qayta ishlanishi
natijasida, to‘yimli moddalaming parchalanishi natijasida mahsulotlaming
suvda erigan eritmalari hosil b oiad i, ya’ni shilliq pardalaming epitelial
hujayralari orqali qon va limfa tomirlariga tushadi.
Ovqat hazmi kanali devorlariga tegib turuvchi oziqlar qatlami

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin