KIRISH
Fiziologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari
Fiziologiya - tirik organizmda kechayotgan
jarayonlar va ulami
o‘rab turgan muhitda hayot kechirishga moslashishini
ta’minlovchi
jarayonlar haqidagi fandir.
Fiziologiya odam va hayvonlami yaxlit
organizmida va uning a’zolari, to‘qima, hujayralar hamda ulaming tuzilish
birliklarini tashkil qiluvchi qismlarida bajarilayotgan funksiyalar bo‘yicha
qonunlami o‘rganadi.
Funksiya - bu organizmda, uning organ va to‘qimalarida tinimsiz
o‘zgaruvchan atrof-muhit sharoitiga faol holda moslashishida va shu bilan
birga ulaming o‘zlari ham tashqi muhitga yetarlicha ta’sir ko‘rsatishi
natijasida yuz beradigan moddalar almashinuvining o‘zgarishi natijasidir.
Fiziologiya —
eksperimental fan, eksperimentlar esa laboratoriya
hayvonlarida (it, mushuk, quyon, baqa va boshqalar) hamda maymunlar,
qishloq xo'jalik hayvonlarida (sigir, ko‘y, echki va boshq.) bajariladi.
Eksperimentlar ikki turda, o‘tkir va surunkali tajribalar orqali
bajariladi.
0 ‘tkir tajribalarda odatda hayvon xushsizlantiriladi yoki qimirlay
ohnaydigan holatga keltirilib, hech qanday hayvon hayotini
saqlab qolish
qoidalariga rioya qilinmagan holda operasiya qilinadi (tiriklayin yorib
ko‘riladi) va tajriba oxirida esa hayvon so‘yiladi. 0 ‘tkir tajribalarda
hayvonning o‘rganilayotgan organi, unga kelayotgan nerv tolalari va qon
tomirlari ochiladi.
Bir qator o‘tkir tajribalarda a’zolar maxsus usullar yordamida
to‘qimalar hayot faoliyati, mutadil moddalar almashinuvini saqlash yo‘li
bilan izolyatsiya qilinadi. Masalan, ulardan o ‘tuvchi
qon tomirlari orqali
kislorod bilan boyitilgan qon, yoki uni о‘mini almashtiruvchi eritmalar
o'tkaziladi (perfuziya usuli), bundan tashqari alohida a’zolarda esa (nerv,
muskul va boshq.) ulaming hujayralarini o‘sha eritmalarga joylashtirish
yo‘li bilan o‘rganiladi.
0 ‘tkir tajribalaming kamchiligi shundan iboratki, ular hayvonning
to‘qimalarini, qon tomirlari va nerv tolalarini qoplab turuvchi po‘stloqlar
jarohatlanganidan keyinoq notabiiy sharoitlarda bajariladi.
Surunkali tajribalarda esa hayvonlar avvaldan
sterillangan sharoitda
operasiya qilinadi va hayvon to‘lig‘icha sog‘ayganidan keyin ularda uzoq
yillar davomida mo‘tadil hayot sharoitida tajribalar o‘tkazish mumkin.
Lekin, surunkali tajribalar davomida operasiya asoratlari, masalan qo‘shni
a’zolami (katta qorinni) siljishi kuzatilishi mumkin, bu esa o‘rganiladigan
5
organ funksiyasini qisman bo‘lsada buzadi. Hozirda odamlar va hayvonlar
organizmidagi muhim funksiyalami yer yuzida va hatto kosmosda ham
uzoq masofadan turib radio uzatgich va o‘xshash tizimlar yordamida
organizmni hayot faoliyatiga hech qanaqa zarar yetkazmasdan televizion
kuzatishlar olib borish va qayd qilish mumkin.
Odamlar va hayvonlaming bosh miya, yurak,
qon tomirlari, nafas
a’zolari, skelet mushaklari va boshqa a’zolari funksiyasining sog‘lom
hayot sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan tashqi yuzaga mahkamlangan
yoki ichki a’zolarga kiritilgan (radiopilyuli) radiouzatgichlar yordamida
tadqiqot ishlarini olib borish mumkin.
Elektron asboblar va kompyuterlardan foydalanish esa eksperimentni
o‘tkazishni jiddiy darajada yengillatish bilan birga uning davomiyligini
qisqartiradi.
Hozirgi zamon fiziologiyasida a’zolaming funksiyalarini o‘rganishda
modellash ham keng qo‘llanilmoqda. Modellar fizik apparatlar holida
bo‘lib, matematik nazariyalar asosida yasalgan, ya’ni
fiziologik jarayonni
imitiasiya qiladi yoki funksiya tabiiy sharoitda bajariladi.
Fizik modellardan foydalanish yoki modellar fiziologik gipoteza va
nazariyalami to‘g‘riligini organizmdan tashqarida tekshirib ko‘rish
imkonini beradi va o‘rganiladigan jarayon va funksiyalami bajarilishi
bo‘yicha tabiat qonunlariga qanchalik to‘g‘ri kelishi haqida yangi
yechimlarni topishda ya’ni yangi fiziologik qonunlami ochish uchun katta
ahamiyatga ega. Masalan, asab tizimi,
asab hujayralari, sezgi a’zolari,
skelet mushaklari faoliyatining sun’iy elektron modellari yaratilgan.
Modellashtirish muhim amaliy ahamiyatga ega, ya’ni kibemetik
mashinkalardan aqliy va jismoniy mehnat qurollari sifatida foyda-
lanilmoqda, tibbiyotda esa ayrim a’zolami vaqtinchalik almashtiradi.
Masalan, hisoblash mashinkalari, matnlarni bir tildan ikkinchi tilga
o‘girish, harakat reaksiyalarining yuzaga kelish
va davomiylik tezliklarini
aniqlash, qonning kislorod bilan to‘yinishi, eritrositlar miqdorini aniqlash,
yurak-o‘pka apparati, sun’iy buyraklar va h.k.
Ammo shuni qayd qilish kerakki, a’zolaming kibemetik elektron
modellari ulaming funksiyasini jiddiy ravishda
Dostları ilə paylaş: