Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   318
2 5213200508969289537

oseklashtiradi. 
Ulaming 
asosiy farqi shundan iboratkim, ya’ni modellarda elektron jarayonlar 
harakatlansa, organizmda esa murakkab fiziologik va bioximik jarayonlar 
bajariladi. Fiziologiyada odam organizmi funksiyalarini o ‘rganish uchun 
uzoq vaqtlardan buyori aynan shu fimksiyasi dastlab hayvonlarda 
o‘rganiladi, ya’ni hayvonlar organizmi odam organizmining ancha qulay 
modeli hisoblanadi. Izolyasiya qilingan a’zolar, to‘qimalar va hujayralar
6


faoliyatlarini o'rganish bo‘yicha tajribalami ham modellashtirish mumkin. 
Hayvonlar organizmini funksional qonuniyatlarini o‘rganish natijalari 
faqatgina odamlar organizmi funksiyalarini fiziologik mexanizmlarini 
ochish uchun foydalanilmasdan, balki hozirgi zamon texnikasida (bionika) 
q o i keladigan yangi kibemetik mashinalar yaratish uchun foydalaniladi.
Hozirgi zamon elektronika, kibemetika, avtomatika yutuqlariga 
asoslangan tabiiy sharoitda fiziologik jarayonlami chuqur va to‘lig‘icha 
o'rganish tadqiqotchiga avval imkoni bo‘lmagan yangi fiziologik 
qonuniyatlarni ochish va hatto uzoq vaqt faoliyat ko'rsatmagan a’zoni 
almashtirish imkonini beradi.
Fiziologiyaning asosiy vazifasi, odam va hayvonlar asab tizimi 
faoliyatining va organizmning o‘ziga xos fiziologik qonuniyatlarini 
ochishdan iborat, ya’ni organizmni barcha hayotiy ko‘rinishlarini va eng 
awalo moddalar va energiya almashinuvi, psixika va xulq-atvorni 
boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish uchun zarur.
Demak, fiziologiya hayot hodisalarini mazmunini tushuntirishda, 
tirik organizmning fizik va kimyoviy jarayonlarrii o‘rganishda, boshqari­
lish mexanizmlarini ishlab chiqishda, aynan moddalar almashinuvi, irsiyat 
va organizmni maqsadli o‘zgarishini ta’minlashda ishtirok etadi.
Fiziologiya quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi: 1) tirik 
organizmdagi mo‘’tadil funksiyalami tinimsiz ravishda o‘zgamvchan va 
rivojlanuvchi sharoitga bog‘liq holda bajarilish qonunlarini o‘rganadi, 2) 
tirik organizmdagi jarayonlami tarixiy, filogenetik, xususiy va ontogenetik 
rivojlanishini va ulaming o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi.
Odam va hayvonlar organizmidagi mo‘tadil funksiyalaming bajari­
lish qommlarining ochilishi muhim nazariy ahamiyatga ega, ya’ni 
organizm faoliyatidagi hali o‘rganilmagan faoliyat mexanizmlarini sama- 
rali o‘rganish yo‘llarini aniqlab beradi. Ayniqsa alohida hujayralaming 
(hujayralar darajasida), hujayralaming tarkibiy qismlarini (subhujayra 
daraja) fiinksiyalarini va joylanishi hamda hujayralar molekulalarini 
tuzilishini (molekulyar daraja) o‘rganish juda muhimdir.
Fiziologiyaning qonunlari faqatgina nazariy ahamiyatga ega bo‘lmay, 
balki xalq xo‘jaligining ko‘pgina jabhalarida amaliy ahamiyatga ham 
egadir.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin