Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


qilmasa ham faqat qo‘ng‘iroq chalinganida yoki lampochka yoqilganida



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   318
2 5213200508969289537

qilmasa ham faqat qo‘ng‘iroq chalinganida yoki lampochka yoqilganida
shira ajratadigan bo‘ladi. Shiraning shartli reflektor ravishda ajralishi katta
ahamiyatga ega. Chunki shira ajralishiga xilma-xil shartli refleks hosil
b o‘lganligi sababli, hayvon ozuqani iste’mol qilmasdan turib, uni hazm
qilishga tayyorlanadi, ya’ni hayvon ozuqani yemasdanoq, uni ko‘rgani,
hidlaganidayoq shira ajraladi va hokazo. Shu bilan yeyilishi kerak bo‘gan
ozuqani hazm qilishga oldindan hozirlik ko‘radi. Yutilgan ozuqa tayyor
turgan shiraga tushadi va yaxshi hazm bo‘ladi.
Shira ajratishning shartsiz reflektor y o ‘l bilan birgalikda shartli
reflektor 
y o ‘l 
bilan 
ham 
ajralishi 
bu 
jarayonning 
nihoyatda
murakkabligidan, murakkab reflektor jarayon ekanligidan dalolat beradi.
M e’dadan shira ajralishi reflektor y o ‘l bilan ro‘yobga chiqishi bilan bir
qatorda reflektor y o ‘l bilan tormozlanadi ham.
Nerv tizimi m e’daga trofik ta’sir ham ko‘rsatadi. M e’daga keladigan
adashgan va simpatik nerv tolalari orasida bevosita m e’da hujayralarining
sekretsiyasiga ta’sir qilmasdan, m e’da devorida kechadigan moddalar
almashinishiga ta’sir qiladigan tolalar bor. Bu tolalar m e’da devoridagi
moddalar almashinishiga va shu orqali ulaming sekretor faoliyatiga ta’sir
ko‘rsatadi.
175


Gumoral - neyrokimyoviy faza - reflektor faza m e’dada shira
ajralishini 1-2 soat davomida ajralishini ta’min etadi. Bundan keyin shira
ajralish gumoral y o ‘l bilan davom etadi. Agar Gaydengayn usuli bilan
operatsiya qilingan it kichik m e’dachasiga fistula orqali ehtiyotlik bilan

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin