Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


ajratishni kuchaytiradi. Agar operatsiya tufayli m e’daning tub va pilorus



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   318
2 5213200508969289537

ajratishni kuchaytiradi. Agar operatsiya tufayli m e’daning tub va pilorus
qismlari o ‘zaro ajratilsa va ular fistula yordamida tashqaridan tutashtirilsa,
bu vaqtda m e’daning pilorus qismiga ozuqa solinganida fundal qismi shira
ajratmaydi. Shu y o ‘1 bilan operatsiya qilingan hayvon m e’dasining pilorusi
yuvilib, yuvindisi qonga yuborilsa ham m e’daning tub qismi shirani ko‘p
ajratadi, lekin m e’daning tub qismi yuvilib, yuvindisi qonga yuborilganida
esa, pilorusi shira ajratmaydi. Bulaming hammasi haqiqatan ham m e’da
pilorus qismidan ajralayotgan gastrinning m e’da tub qismidagi hujayralar
faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlaydi. Gastrin ta’sirida m e’daning
tub qismida gistaminni paydo b o iish i aniqlangan. Gistamin m e’da
qoplama hujayralaridan xlorid kislota ishlab chiqarilishiga ijobiy ta’sir
176


qilib, m e’da tubidagi bosh hujayralar faoliyatini bir 
muncha tormozlaydi 
Gastrin bilan bir vaqtda adashgan nerv qo'zg'alganda ajraladigan
atsetilxolin ta’sirida ham gistamin hosil bo‘ladi degan fikrlar bor. O ln ikki
barmoqli ichakda va och ichakning boslang‘ich qismida hosil bo‘ladigan
enterogastrin qonga so'rilib, m e’dadan xuddi gastrindek shira ajralishiga
ta’sir ko‘rsatadi. Meda osti bezi, gipofiz, jinsiy bezlar, qalqonsimon bez va
buyrak usti bezlarining gormonlari ham m e’dadan shira ajralishiga tegishli
ravishda ta’sir qiladi. M e’da hujayralarining sekretsiyasini tezlashtiruvchi
moddalar bilan bir qatorda ular faoliyatini tormozlovchi moddalar ham
bor. Bular qatoriga gastrin va enterogastrin kabi biologik faol moddalar,
shuningdek yog‘lar va tuzlaming turli eritmalari kiradi. Gastrin va
entrogastrin polipeptiddir. Gastrin pilorusda hosil bo‘ladi, enterogastrin

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin