Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


yana bir omil m e’daning doimo belgili maromda harakat qilib turishi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   318
2 5213200508969289537

yana bir omil m e’daning doimo belgili maromda harakat qilib turishi,
ya’ni m e’da motorikasidir. M e’da motorikasini organish uchun bir qator
usullar bor. Masalan, hayvon m e’dasiga yupqa rezin balonchalar yuborib,
uni havo bilan shishirilgandan 
keyin ikkinchi uchini monometr va
yozuvchi peroga tutashtirish va shu tariqa m e’da grafik ravishda kimograf
asbobi bilan yozib olish mumkin. Bundan tashqari m e’da 
rentgen
apparatida kuzatsa ham bo‘ladi. Hozirgi vaqtda katta hayvonlar m e’dasini
masafadan turib, axborot olishga imkon beradigan radiotelicmetrik
moslamalar ham yaratilgan. M e’daning devoridagi muskullar faoliyati
tufayli royobga chiqadi. Jumladan m e’da motorikasi uning devorida
uzunasiga, qiyshiq va doira bo‘lib joylashgan muskullaming vaqt-vaqti
bilan qisqarib bo'shashib turishiga bog‘liq.
Doirasimon 
(halqasimon) 
muskullar 
m e’da pilorusida 
ikkita
sfinktemi ya’ni m e’da tubi bilan pilorusi oralig‘idagi pilorus oldi sfmkteri
va pilorisdan keyingi yani o ‘n ikki barmoqli ichakka chiqish joyidagi
pilorus sfmkterini hosil qiladi. Bu sfmkterlar ozuqaning m e’dadan ichakka
o ‘tishini boshqarib turadi. M e’da ichi bo‘sh turgan paytda (ochlik davrida)
devorlari bir-biriga tekkan kardial teshigi yopiq, pilorus sfmkteri ochiq
bo‘ladi. Yutilgan ozuqa qizilo‘ngachdan kelaturib, reflektor ravishda
kardial sfinktemi ochadi, shundan keyingina ozuqa luqmasining m e’daga
o ‘tishi mumkin bo‘ladi. M e’daga tushgan ozuqa luqmalari kelib tushish
navbatiga qarab m e’daning tub qismida ustma-ust joylashaveradi. M e’da
to‘layotganda piloris sfinkteri yopiq bo‘ladi. M e’da bir qadar to‘lgandan
so ‘ng undagi ozuqa ichakka o ‘tadi. Y a’ni evakuatsiya boshlanadi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin