M e’da devorida kuzatiladigan harakatlar xilma-xil bo‘lsada ulami shartli ravishda ikki guruhga: tonik va gipertonik (peristaltik) harakatga ajratsa bo‘ladi. M e’daning tonik harakatlari uzinasiga va qiyshiq yo ‘nalgan muskullaming qisqarishi natijasida yuzaga kelib, m e’da fundal qismining bir joyida surunkasiga taranglashtirishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu harakat natijasida m e’dada ozuq bo‘tqasi aralashmaydi, balki siqilib, pilorus tamon o'tkaziladi. Ritmik harakat deb m e’da devorida joylashgan muskul tolalarining bir qismi qisqarganda, ikkinchi qismida bundan oldinroqdagi muskul tolalarining kengayishi oqibatida yuzaga keladigan harakatga aytiladi. Bunday harakat m e’daning kardial qismidan boshlanib, pilorus qismi tomon tarqaladi. Bu paytda m e’daning kardial va fundal qismlari kuchsiz, pilorus qismi esa kuchsizroq qisqaradi. Ketma-ket keladigan shu harakat to‘lqinlarining tarqalishini kuzatsak, m e’da qismlarining go‘yo 179
chuvalchang singari harakat qilishini ko‘ramiz. Shu sababli bu harakat peristaltik, ya’ni chuvalchangsimon harakat deb ham yuritiladi. Pilorus ma’lum ritmda, ma’lum maromda dabma-dam qisqarib turadi. Peristaltik harakatning ritmik harakat deyilishiga ham sabab shu. Ritmik harakat tufayli ozuqa bo‘tqasi m e’da shirasi bilan aralashadi va ichakka tomon y o ‘naladi. M e’da motorikasini markaziy nerv tizimi boshqaradi. Jumladan, m e’da motorikasini adashgan nerv tezlashtirsa, simpatik nerv sekinlashtiradi. Ammo m e’da markaziy nerv tizimidan impulslar kelganida ham mustaqil ravishda harakat qila oladi. Bu uning devoridagi nerv va