aminokislotalargacha parchalaydi. Ikkinchi proteolitik ferment - eripsin va u faol holda ajraladi. U butun oqsillarga ta’sir ko‘rsatmasdan balki peptonlar va albumozlami aminokislotalargacha parchalaydi. M e’daosti bezining amilolitik fermentlari: amilaza kraxmalni disaxaridlargacha parchalasa, mal’taza - disaxaridlami monosaxaridlar- gacha va laktaza sut qandini monosaxaridlargacha parchalaydi. Bu fermentlar neytral muhitda ancha faol boiadilar. M e’daosti bezi shirasining lipazasi yogiarni gliserin va yog‘ kislotalarigacha parchalaydi, y og‘ kislotalari ishqorlar bilan birikib sovun hosil qiladi. Deyarlik barcha lipaza faol boim agan holatda ajraladi va o ‘t kislotalari yordamida faollashadi. M e’daosti bezi shirasi va o ‘t suyuqligi ishqorlari yordamida y og iar emulsiyalanadi va natijada uning hazmlanishi ortadi. Fosfolipazalar fosfolipidlami parchalaydi. M e’daosti bezida proteolitik fermentlar 183
faoliyatini tormozlovchi oqsilli modda hosil bo‘ladi. Taxmin qilinishicha bu modda bezning o ‘zini o ‘z-o‘zidan hazmlanishidan himoya qiladi. M e’daosti bezi shirasining ajralishi. Odamlar va itlarda m e’daosti bezining shirasi oziqlar bo‘lmaganida yoki ozuqaviy qo‘z g ‘atuvchilar ta’sir ko‘rsatmaganda juda kam ajraladi yoki umuman ajralmaydi. M e’daosti bezining shirasi ovqatlanish boshlanganidan 1-3 minut o ‘tganidan keyin boshlanadi. Har bir turdagi ozuqaga turli miqdordagi, tarkibdagi turli fermentlar ajralishi bilan farqlanadi. Shira ajralishining borishi ham, uning davomiyligi ham ozuqalar turiga bog‘liq holda kechadi. Odamlarda m e’daosti bezi shirasining ajralishi qanchalik ko‘p yog'li