miyadan chiqadigan markazdan qochuvchi nerv tolalaridagi harakat toklarini yozib olib, markaziy asab tizimining bu xususiyatini isbot etish mumkin. Markazga intiluvchi nerv tolasi ta’sirlanganda orqa miyadan chiquvchi - markazdan qochuvchi nerv tolasida harakat toki paydo boiadi. Agar markazdan qochuvchi tola ta’sirlansa markazga intiluvchi tolada harakat toki paydo bo‘lmaydi. Buning sababi shuki, orqa miya qo‘zg ‘alishni markazdan qochuvchi toladan markazga intiluvchi tolaga o ‘tkazmaydi, balki markazga intiluvchi toladan markazdan qochuvchi tolaga o ‘tkazadi. Nerv markazlaridan tashqari, harakatlantiruvchi nervlaraing uchlari ham qo‘zg ‘alishni bir tomonlama o ‘tkazadi. Buni muskul tolalari ta’sirlanganda ko‘rish mumkin, muskul tolalari ta’sirlanganda ularda kelib chiquvchi qo‘z g ‘alish nervga o ‘tmaydi. Qo‘zg‘alishning o ‘tish tezligi. Har bir refleks muayyan vaqt davomida kelib chiqadi: ba’zi reflekslar tezroq,ba’zi reflekslar sekinroq voqye boiadi. Retseptorlar ta’sirlangan paytdan boshlab to javob 346
reaksiyasi boshlanguncha ketadigan vaqt refleks vaqti deyiladi, Refleks vaqti retseptorlarda qo‘zg‘alishning vujudga ke'iishi, kelib cruqqan impulsning markaziy asab tizimiga borishi, so‘ngra qo‘zg ‘alishning markaziy asab tizimidan o‘tishi va markazdan qochuvchi nervlarga yoyilishi, so ‘ngra ishchi organga o ‘tishi uchun va nihoyat, shu organning yashirin qo‘zg ‘alish davri uchun ketadigan vaqtidan iborat. Shunday qilib, refleks vaqti ko‘pgina vaqtlar y ig ‘indisidan iborat ekanligini ko‘rib turibmiz. Reflektor yoyning turli qismlarida qo‘zg‘alishning turlicha tezlik bilan o ‘tishi maxsus tekshirish va o ‘lchashlarda ma’lum bo‘ldi.