muskulga yetib boradi deb izoxlash mumkin bo‘ladi. Haqiqatda har bir 351
reflektor akt markaziy asab tizimining g ‘oyatda murakkab reaksiyasi hisoblanadi. Ayrim paytda har bir organizmga ko'p va xilma-xil ta’sirotlar kelib turadi. Markaziy asab tizimining koordinatsiya qiluvchi faoliyati shundan iborat: organizm bu ta’sirotlarga javoban shu xildagi refleksni yuzaga chiqaradiki, bu refleks muayyan paytda organizmning u yashab turgan sharoit bilan bir muvozanatga kelishini ta’minlydi. Ana shu javob aktida butun organizmdagi ayrim organlar yoki organ tizimlari bir-biri bilan bogiangan qismlar sifatida baravar yoki ketma-ket birgalashib ishlaydi. Organizmning harakat qilishdek uyg‘unlashgan faoliyati shunga bog‘liqki, organizm bilan ta’sirotga javoban hamma muskullarini yoki qanday boim asin muskullarni emas, balki qat’iyan ma’lum muskullar guruhini qisqartiradi. Organizm shu tariqa harakat qilganda yurak-tomir tizimi, nafas organlari va boshqa tizimlaming faoliyati o ‘zgaradi, modda almashinuvini tezligi ham o ‘zgaradi. Ana shu jarayonlaming hammasi harakat aktini yuzaga chiqarish uchun eng yaxshi sharoit tug‘diradi. Murakkab ravishda uyg‘unlashgan harakat aktining yuzaga chiqishida po‘stloq ostidagi tuzilmalar (orqa miya, uzunchoq miya, miyacha va shu kabilar) gina emas, balki bosh miya po‘stlog‘i ham qatnashadi. Masalan, mehnat jarayonida qilinadigan harakatlari yoki sportchi qiladigan harakatlarni uyg‘unlashtirishda va shunga o ‘xshashlarda bosh miya po‘stJog‘ining shartli reflektor holati ayniqsa katta ahamiyatga egadir.