qo‘yilsa va ayni vaqtda ikkinchi oyog‘i pinset bilan qisilsa, baqa kislotadagi oyog‘ini ikkinchi qisilishidan oldingi galdagiga qaraganda ancha kech tortib oladi. Bukish refleksi tormozlanadi. Badan qattiq og ‘riganda himoya harakatlarini qilmaslik uchun odam ko‘pincha tishini- tishiga qo‘yadi; qitig‘i kelganda ko‘lmaslik uchun tilini tishlab turadi va hakazo. Ko‘pgina reflekslar bosh miya ta’sirida tormozlanishi mumkin. Masalan, ixtiyoriy muskullar ishtiroki bilan bo‘ladigan reflekslardan siydik chiqarish, ko‘zni ochib-yumish va boshqa reflekslarni to‘xtatib turish mumkin. Q o‘zg ‘alish va tormozlanish bir-biri bilan chambarchas bog‘langan jarayonlardir. Ular aslida yagona nerv jarayonining turli ko‘rinishlaridir. 7 Markaziy asab tizimidagi tormozlanish hodisasining I.M.Sechenov tomonidan kashf etilishi keyinchalik organizmda harakatlar koordinatsiyasi (uyg‘unlashuvi) kabi murakkab hodisani tekshirishga imkon berdi. MARKAZIY ASAB TIZIMINING KOORDINATSIYA QILUVCHI (UYG‘U1VLASHTIRUVCHI) ROLI Organizmning xilma-xil faoliyati, o ‘zgarib turadigan va turli kombinatsiyalarida ko‘rinadigan barcha reflektor harakatlar, odamning mehnat jarayonida qiladigan juda nozik harakatlari, faqat markaziy asab tizimining koordinatsiya qiluvchi faoliyati tufayligina yuzaga chiqishi mumkin. Reflektor yoyni kuzdan kechirganimizda ikki neyronli va uch neyronli yoy chizmasi bilan tanishdik. Butun organizmda ham qo‘zg ‘algan nerv hujayrasi qaysi neyronga bog‘langan bo‘lsa, qo‘z g ‘alish o ‘sha neyronga o ‘tadi va shunday qilib, xuddi zanjirdan o ‘tganidek