etilgan. Bu tajribalarda spinal baqa (bosh miyasi olib tashlangan baqa) shtativga osib qo‘yiladi. Shu baqaning keyingi oyoqlariga e ’tibor berilsa, ular garchi osilib tursa ham bir qadar bukilganligini ko‘rish mumkin. Shunday baqaning bir tomonidagi orqa miya ildizlari qirqib qo‘yilsa, o ‘sha tomondagi muskullar tonusi y o ‘qoladi va baqa oyog‘i shalpillab osilib tushadi. 356
Orqadagi ildizlardan o ‘tadigan sezuvchi yoki markazga intiluvchi yoMlar qirqib qo‘yilganda tonusning y o ‘qolishi, muskullar tonusi refleksdan iborat ekanligini va reflektor yoy zararlanganda tonus y o ‘qolishini ko‘rsatadi. Ana shu refleksning yoyi bilan tanishaylik. Muskullaming vaziyati o ‘zgartirilganda yoki cho‘zilganda ulaming retseptorlarida qo‘z g ‘alish kelib chiqadi, bu qo‘zg‘alish markazga intiluvchi tolalar orqali orqa miyaga o ‘tadi. Qo‘zg ‘alish toiqinlari orqa miyadan muskullarga kiradi va ularni qo‘zg‘ab, hamisha ma’lum darajada tarang ho Ida ushlab tutadi, ya’ni muskullar tonusini vujudga keltiradi. Muskullaming tarangligi va vaziyati uyg‘oqlik va uyqu davrida to‘xtovsiz o ‘zgarib turganligidan orqa miyaga uzluksiz impulslar kirib turadi, shuning natijasida muskullarda o ‘zgarib turadigan, lekin umr bo‘yi saqlanadigan tonus vujudga keladi. Shunday qilib, refleks yoyi muskullarda boshlanadi, muskullardagi retseptorlar (proprioretseptorlar) refleks yoyining bosh qismi hisoblanadi. So‘ngra, markazga intiluvchi tolalar va orqa miyaga keladi. Orqa miyada qo‘zg‘alish markazdagi refleks yoyining keyingi qismi markazdan qochuvchi nerv va uning muskuldagi oxirlaridir. Reflektor tonus yurishda, qoi-oyoqni harakatlantirishda va gavda