vaziyatini saqlashda g ‘oyat muhim ahamiyatga ega. Gavdani yoki ayrim organlami uzoq vaqt muayyan vaziyatda tutish, masalan kitob o ‘qiganda yoki xat yozganda boshni engashtirish nerv markazlari bilan muskullar tonusi tufayligina mumkin bo‘ladi. Harakatlarimizning tekis, uyg‘un b o iish i uchun muskullar tonusining ahamiyati muhim. Bu, mehnat jarayonlarida va boshqa harakatlarda ayniqsa muhimdir. Shu refleks yoyining qanday bo‘lmasin biron qismi buzilgan boim asin biron qismi buzilgan b oisa, harakatlarimiz uyg‘un boimasdan, uzuq-yuliq bo‘lgan boiur edi. Odamda orqa miya markazlarining tonusini va muskullar tonusini bosh miya nazorat qiladi. KEYINGI MIYA Keyingi miya uzunchoq miya bilan Varolio ko‘prigidan iborat. Uzunchoq miyaning asosiy funksiyalari unda hayot uchun muhim markazlaming borligidan kelib chiqadi. Bundan tashqari, orqa miyadan markazga intiluvchi yoilar, shuningdek bosh miyaning yuqoridagi bo‘limlaridan markazdan qochuvchi yo ‘llar keyingi miya orqali o4adi. Uzunchoq miyadagi ba’zi nerv hujayralarining o'siqlari orqa miyaning 357
turli boiim lariga boradi va uzunchoq miya bilan orqa miyani bir-biriga bog‘laydi. Boshqa nerv hujayralarining o ‘siqlari esa, uzunchoq miyadan kelib chiqib, bosh miya nervlarini hosil qiladi. Uzunchoq miyada nerv hujayralarining to‘plamidan vujudga keladigan markazlar muhim reflektor aktlami yuzaga chiqaradi. Yuqorida aytilganidek, uzunchoq miyada hayot uchun muhim bir qancha markazlar bor. Jumladan, nafas markazi, yurak faoliyati markazi, tomirlami harakatlantiruvchi markaz, modda almashinuvini idora etadigan markaz uzunchoq miyadadir.