yozilganicha bukilmaydi, boshi orqasiga qayriladi. Stolbnyakka o ‘xshaydigan bunday holat ko‘pincha bir kecha kunduzdan ortiq davom etadi. Ana shunday hayvon turg‘izib qo‘yilsa, old va orqa oyoqlarini bukmasdan soatlab turaveradi. 0 ‘rta miya bilan uzunchoq miyaning bogianishi uzilib qolganda, muskullar tonusi yuqorida tasvir etilganicha o ‘zgaradi. Tajribada o ‘rta miya uzunchoq miyadan ajralmay qolsa, muskullar tonusi bunday o‘zgarmaydi. Uzunchoq miyadan ko‘ra pastroqdan kesish tonusni hyech bir o ‘zgartirmaydi. Bu kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, uzunchoq miya muskullar tonusiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi, lekin uning markazlari bu tonusni idora eta olmaydi. Muskullar tonusini idora etish vazifasini miyaning yuqoridagi boiim lari, birinchi galda o ‘rta miya ado etadi. 359
0 ‘RTA MIYA 0 ‘rta miya uzunchoq miyaning oldida joylashgandir. 0 ‘rta miyada nerv hujayralarining kattagina to‘plami bor. Nerv hujayralari shu yerda yadrolami yoki markazlarni hosil qiladi. Bu yadrolar sezuvchi va harakatlantiruvchi (effektor) yadrolarga boiinadi. Harakatlantiruvchi yoki effektor yadrolar muskullar tonusiga, binobarin, odam yoki hayvonning hamma harakatlariga bevosita ta’sir etadi. Keyingi miyaning funksiyalarini ko'zdan kechirganimizda, keyingi miyani o ‘rta miyadan ajratib qo‘yish tufayli muskullar tonusining o ‘zgarishi bilan tanishgan edik. Bunday operasiyada yozuvchi muskullar tonusi oshib ketadi, hayvonning oldingi va keyingi oyoqlari taranglashib yoziladi, boshi orqasiga qayriladi. Agar shunday hayvon yonboshi bilan