Bu markazlarning fiziologiyasi darslikning tegishli boblarida mukammal bayon qilingan. Nafas markazida qo‘zg‘alish reflektor y o ‘l bilan, shuningdek qonning ximiyaviy tarkibining ta’siri tufayli kelib chiqadi. Adashgan nervning markazga intiluvchi tolalari orqali o ‘pkadan keluvchi impulslar nafas markazini refleks y o i i bilan uzluksiz qo‘zg‘ab turadi. Qondagi karbonat angidrid asosan ximiyaviy ta’sirlovchi ekanligini yuqorida aytilganlardan bilamiz. Shunday qilib, nafas markazining faoliyati refleks y o ‘l bilan ham, ximiyaviy y o ‘l bilan ham idora etiladi. Yurak faoliyatining markazi nerv hujayralarining to‘plamidan iborat. Bu markazning asosiy ahamiyati yurakning ishini idora etishdan iborat. Nafas markazi kabi, yurak faoliyatining markazi ham refleks y o ‘l bilan va ximiyaviy moddalar ta’siri bilan qo‘zg ‘aladi. Aorta yoyidan va umumiy uyqu arteriyasining tashqi hamda ichki uyqu arteriyalariga boiinadigan joyidan boshlanuvchi reflekslar yurak faoliyati markazining refleks y o ‘l bilan qo‘zg ‘alishiga misol bo‘la oladi. Yurak-tomir tizimining boshqa ko‘p qismlari kabi shu qismlarida ham qon bosimi oshganda yurak faoliyati refleks y o i i bilan tormozlanadi. Tomirlami harakatlantiruvchi umumiy markaz ham reflektor va ximiyaviy ta’sirlar ostida boiadi. Bu markaz orqa miyadagi tomirlami harakatlantiruvchi markaz- laming faoliyatiga ta’sir etadi. Aorta yoyidan va uyqu arteriyasidan boshlanuvchi refleks (yuqoriga qaralsin) tomirlami harakatlantimvchi markazning faoliyatiga ta’sir etib, tomirlami kengaytiradi. Simpatik nerv tizimi esa tomirlami toraytiradi. Modda almashinuvi markazlari modda almashinuvini idora etadi. Uzunchoq miyaning muayyan qismlariga igna sanchilganda siydik bilan