Masalan, orqa miyaning bo‘yin boiim ida diafragma nervining markazi; bo‘yin va ko‘krak b oiim ida q o i, ko‘krak, orqa va qorin muskullarining markazlari; bel boiim ida oyoq muskullarining markazlari; dumg‘aza boiim ida - siydik chiqarish, defekasiya va jinsiy faoliyat markazlari bor. Ter chiqarish markazlari, shuningdek tomirlami toraytiruvchi va kengaytiruvchi markazlar ham orqa miyadadir. Biror markazning qayerda joylashganligini aniq bilish tibbiyot amaliyoti uchun juda katta ahamiyatga egadir, chunki muayyan muskullar guruhi faoliyatining buzilganligini yoki ayrim funksiyalaming buzilganligini tekshirib, orqa miyaning qaysi b o iim i zararlanganlgini yoki qaysi boiim ining funksiyasi buzilganligini bilsa boiadi. Ayrim reflekslaming yoylari orqa miyaning qat’iyan muayyan qismlaridan o ‘tadi. Shunday qilib retseptordan kelib chiqqan qo‘zg‘alish markazga intiluvchi nerv orqali orqa miyaning muayyan qismiga boradi. Orqa miyadan oldingi ildizlar bilan birga chiquvchi, markazga intiluvchi tolalar gavdamizning qat’iyan muayyan qismlarini innervatsiya qiladi. Orqa miyadan o ‘tadigan pastga tushuvchi va yuqoriga ko‘tariluvchi y o ila r reflektor markazlami bir-biri bilan va bosh miya bilan bogiaydi. Muskullaming reflektor tonusi. Organizmdagi muskullar umr bo‘yi bir qadar tarang turadi. Uyqu vaqtida ham, ya’ni muskullar bo‘shashib qoladigan vaqtda ham ular bir qadar tarangligini saqlaydi. Muskullaming uzoq taranglanib va hammadan ko‘p qisqarib turgan holati muskul tonusi deb ataladi. Yangi murdaning muskullari butunlay boshqacha boiadi: ular ilvillab turadi, tarangligi tamomila y o ‘qoladi. Muskullar tonusning borligi baqalar ustida qilingan tajribalarda isbot