yotqizib qo‘yilsa, shu holda yotaveradi. Uzunchoq miya o ‘rta miyadan ajratib qo‘yilmaganda butunlay boshqacha manzara kuzatiladi. 0 ‘rta miyadan ko‘ra yuqoriroqdan kesilganda, yozuvchi muskullar tonusi oshmaydi, yuqorida tasvir etilgan holda muskullar tarang bo‘lgan bo‘lsa, endi unchalik taranglashmaydi. Bundan tashqari, tonusni idora etish qobiliyati ham bir qadar saqlanadi. Yonboshlatib qo‘yilgan bunday it o ‘zicha o ‘midan turadi. Agar boshining vaziyati o ‘zgartirilsa, u boshini gorizontal holda tutishga intiladi. Binobarin, o ‘rta miya toousni idora etadi va uni tegishlicha taqsimlaydi. Bu, uyg‘un harakatlar qilish uchun zarur shartdir. Muskullar tonusiga taalluqli reflekslaming yoylari quloqdagi vestibulyar apparatida, shuningdek muskullarda boshlanib, u yerdan impulslar markazga intiluvchi tolalar orqali uzunchoq miyaga boradi. Yuqorida ko‘rsatilgan y o ‘l orqali kelgan qo‘zg ‘alish uzunchoq miya bilan orqa miyaga o‘tib, muskullar tonusini o ‘zgartiradi. Sezuvchi nerv yadrolariga kelganda, ularning faoliyati ko‘ruv va eshituv funksiyalari bilan bogiangandir. Bosh miyasi o ‘rta miya yuqorisidan olib tashlangan hayvon yorug‘lik va tovushni sezadi. Agar shunday hayvonga ravshan yorug‘lik tushirilsa, u yorug‘ tushgan tomonga boshini buradi. Unda qorachiq refleksi ham saqlanib qoladi. Bunday hayvon tovush chiqqan tomonga ham boshini buradi. Bu reflekslar oriyentirovka (chamalash) reaksiyalaridan iboratdir. ORALIQ MIYA Oraliq miya o ‘rta miyaning davomi b o iib , uning oldida turadi. Oraliq miya uch boiim dan iborat: ko‘ruv do‘mboqlari, oqimtir jismlar va do‘mboq osti sohasi. Markazga intiluvchi nervlaming hyech istisnosiz 360