XIY—XVI ASRLARDA AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI FALSAFASI Reja: XIV asrning 70-yillarida Mo‘g‘il mustamlakachiligi
Amir Temur va temuriylar davri
Mirzo Ulug'bekning „Ziji jadidi Ko'ragoniy" asari
Bir yuz ellik yildan ortiq davom etgan mo‘g‘il mustamlakachiligi XIV asrning 70-yillariga kelib sohibqiron Amir Temur boshchiligidagi mustaqillik uchun olib borilgan kurashlar tufayli barham topdi. Qadimiy Ttiron va Turkistonda Amir Temur boshchiligidagi davlat — qudratli va buyuk imperiya vujudga keldi. Amir Temur faqat Movarounnahrninggina hukmdori bo‘lib qolmasdan, u Oltin 0‘rda, Eron, Hindiston, Kavkaz orti, Kichik Osiyo, Qora dengiz sohillari, Suriya va Misr kabi juda katta va keng hududni o‘z ichiga olgan buyuk imperiyani tashkil qildi. Amir Temur tufayli 0‘rta Osiyo xalqlarining milliy mustaqillikka erishuvi, nafaqat Movarounnahrning o‘zida, balki shu mintaqadagi boshqa mamlakatlaming ham ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida tub o‘zgarishlarga olib keldi. Amir Temur, nafaqat Movarounnahr xalqlarini mo‘g‘il mustamlakachiligidan xolos qildi, balki, shu bilan birga, o‘zi istilo qilgan mamlakatlarda feodal parokandalikka ham barham berib, butun mamlakatda nisbatan tinchlik va osoyishtalikni, tartib-intizomni qaror topdirdi. Bu narsa, o‘z navbatida, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining keng rivoj topishiga olib keldi. Amir Temur davlati tasarmfiga kirgan shaharlarda qayta tiklash, ta’mirlash ishlari, yangi binolar barpo etish avj oldirildi, ularda hunarmandchilik, shaharlar atrofida bog‘-rog‘lar, qishloq joylarida esa, irrigatsiya ishlari keng yo‘lga qo‘yilib, ekin maydonlari kengaytirildi, dehqonchilik ishlari yaxshilana bordi. Tashlandiq, xarobazor yerlar obod qilina boshlandi. Ayniqsa, shaharlar qurish gurkirab rivojlandi, ularda esa ilm-fan, madaniyat va san’at gulladi. Amir Temur imperiyasini poytaxti bo‘lmish Samarqand g‘oyat obod va ko‘rkam shaharga, ya’ni shoir madh qilganday, „yer yuzining sayqali "ga aylandi. XV asrning boshlariga kelganda, Samarqandda falakiyot va riyoziyot fanlari kuchli taraqqiy etdi. Mirzo Ulug‘bek asos solgan falakiyot maktabi va u qurdirgan rasadxona o‘sha davrda tabiiyilmiy bilimlar taraqqiyotida muhim rol o'ynaydi. Nihoyat, bu davrda falsafa va mantiq ilmlari bilan shug‘ullangan yirik olimlar paydo bo‘lib, bu sohalarga oid maxsus risolalar ham yaratiladi. Bunga misol qilib Sa’diddin Taftazoniy va Mir Sayid Juijoniy yaratgan asarlarni ko‘rsatish mumkin. Mirzo Ulug‘bek asos solgan falakiyot maktabi vakillari: Mansur Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, G‘iyosiddin Jamshid va boshqalar esa, tabiatshunoslikning falsafiy masalalariga oid o£zlarining qimmatli fikrlarini ilgari surishadi. Xulosa qilib aytganda, Amir Temur va temuriylar davri 0 ‘rta Osiyo xalqlari hayotida yuzaga kelgan Uyg‘onish davrining qayta tiklanishi va uning yangi cho‘qqisiga ko‘tarilish bo‘ldi. Bu davr madaniyati va ilm-fani jahon madaniyati va ilm-faniga ulkan hissa bo'lib, uning yutuqlari jahon sivilizatsiyasining keyingi rivojlanishiga zamin bo'lib xizmat qildi. U hozirgi Ashgabad yaqinidagi Niso shahri atrofida joylashgan Taftazon qishloglda tug‘iladi. Taftazoniy yoshligidan ilohiyot sohasiga oid bilimlarni, arab tilini, nutq san’ati va mantiq ilmini chuqur egallaydi. Unga o'sha davrning mashhur olimlari bo‘lgan Aziziddin Ijiy va Qutbiddin Roziy-at-Taxtoniylarustozlik qilishadi. Taftazoniy 1340—1372-yillar davomida G‘ijduvon, Jom, Turkiston, Hirot va Movarounnahming boshqa shaharlari madrasalarida dars berib, yirik olim sifatida shuhrat qozonadi. Amir Temur hokimiyatni qo‘lga olib, Samarqandni o‘ziga poytaxt qilgach, Taftazoniy Samarqandga taklif qilinadi hamda umrining oxirigacha saroyda yashab, ijod qiladi va 1392-yil 12-avgustda vafot etgan. Taftazoniy o‘z falsafiy qarashlarida tabiat hodisalari o'rtasidagi sabab-oqibat munosabatlariga ko‘proq e’tibor beradi. U tabiatdagi sabab-oqibatlarni tadqiq qilib, ularning xilma-xil turlarini ajratib ko‘rsatadi. Sabab — bu shunday narsaki,narsaning vujudga kelishi unga bog‘liqdir, deydi u. Uningcha, sabab ichki va tashqi ko‘rinishlarga ega. Agar sababning muayyan belgilari oqibatga o ‘tsa, ichki sabab, agar o ‘tmasa, bunday sabablar tashqi sabablar boladi. Taftazoniy falsafiy qarashlaridagi diqqatga sazovor masalalardan yana biri bu — insonga xos qazo va qadr hamda iroda erkinligi masalalaridir. U o'zining „Taxzib al-mantiq va al-Kalom“ asarida insonning xulq-atvoridagi iroda erkinligi masalasiga keng to‘xtaladi. Taftazoniyning fikricha, Xudo o‘z bandalariga ikki yo‘lni „taklif‘ etadi: birinchisi — sharafli, xayrli ishlami qilish va makruh ishlami qilmaslik; ikkinchisi — nomatlub ishlar qilib, gunohga botish va qilgan gunohlari uchun jazo tortish. Bunda qaysi yo‘lni tanlash esa, insonning o‘z irodasiga bog‘liqdir. Mutafakkirning fikricha, Xudo tomonidan insonlarga ko‘proq yaxshi, xayrli, matlub ishlami qilish buyuriladi. Yomon xulq-atvorli kishilar o‘z yomonliklaridan 1 I. A. Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash — davr talabi. Asarlar, 5-jild. Т., ,,0‘zbekiston“, 1997, 181—182-betlar. qaytmasa, Xudo ulami jazolaydi. Bu jazodan qo'rqqan kishilar o‘zlarining yomon xulq-atvorlandan voz kechishi, qutulishlari lozim. Bu esa, yana ularning irodalariga bog'liqdir. Taftazoniy o'z bilish nazariyasida Ibn Sino (Ibn Sino narsa va hodisalar haqidagi hosil qilingan ma’lumotlarni bilim, deb hisoblaydi)dan farq qilib, narsa va hodisalar haqidagi erishgan ma’lumotlarni insonning his-tuyg‘u va bilimlari o'rtasidagi vosita boiuvchi bosqich, deb tushunadi. Uning qarashicha, inson bilish jarayoni uch shartni taqozo etadi: 1. His-tuyg'u a’zolari va ashyolaming o'zaro ta’siri. 2. Bu ta’sirning inson ruhiyati tomonidan qabul qilinishi. 3. Aqliy bilish1, Taftazoniy fikrieha, his-tuyg'u a’zolariga ashyolar va hodisalar ta’sir etib, tashqi hissiyotni paydo qiladi, tashqi his-tuyg'u hissiyot asosida so'ng ichki his-tuyg'u paydo bo'ladi. Bu his-tuyg'ular va hissiyotlardan, ularning shakllaridan bilim shakllanadi. Bunda hissiyot ashyolar va hodisalardan, ularning zaruriy sifatlari va aloqalari bilan birgalikda, faqat tashqi qiyofalarinigina qabul qilib oladi. Shu sababli Taftazoniyning fikrieha, hissiy tasawurga ega bo'lish uchun ashyo yoki narsaning o'zi bo'lishi shartdir. Lekin, aqliy bilish uchun moddiy asoslar (ashyo yoki buyum)dan ancha uzoqlashgan holda hissiy bilimlarga tayanib, ulardan yuqori ko'tarilish kerak, aqliy bilish ana shu yuqoriroq bosqichda hosil bo'ladi. Uning qarashicha, aqliy bilishning shakllari tassawurot va tasdiqotlardir. Aqlning quroli ashyo va buyumlami aks ettiruvchi tushunchalardir. U tushunchalami ta’riflar ekan, o'z oldiga: tushunchalar qanday kelib chiqadi va shakllanadi, degan savolni qo'yib, unga shunday javob beradi: aqlning tahliliy-xulosaviy qobiliyati (uningcha: tahililot) va shuuriy iste’dodi (uningcha: mavhumot)tushunchalarning shakllanishi uchun asosiy yo'ldir. Uning yozishicha: „Faqat tahlilot
va mavhumot vositasidagina ashyolar haqida bilish mumkin“2.
Xullas, Taftazoniyning falsafiy qarashlari Yaqin va O'rta Sharq xalqlari o'rta asr ijtimoiy-falsafiy tafakkurida ilg'or o'rin tutgan, qadimgi yunon faylasuflari fikrlari bilan hamohangligini ko'rsatadi. Ammo, Taftazoniy antik davr falsafiy qarashlari bilan cheklanib kolmay, o'z qarashlarini Sharq uyg'onish davri yuksalishlariga tayanib rivojlantiradi, ularni yangi g'oyalar bilan boyitadi. Taftazoniyning falsafiy qarashlari o'z ilmiy qimmatini hozir ham yo'qotgan emas. Lekin, uning merosi bizda yetarli o'rganilmagan, uni chuqur ilmiy o'rganish, shubhasiz falsafiy tafakkurimizni yanada boyitishga olib keladi. Amir Temur va temuriylar davri falsafiy qarashlarini o'rganishda e’tiborga loyiq mutafakkirlaming yana biri — bu Mir Sayyid Sharif Jurjoniy (1339—1413-yillar)dir. Asli ismi Ali binni Muhammad binni Ali Husayni Juijoniy Eronning Gurgan viloyati markazi Astrobod shahri yaqinidagi Tag'u qishlog'ida tug'iladi. U yosliligida o'sha davr Sharqda mavjud bo'Igan barcha fanlar bilan shug'ullanadi. Ayniqsa, islom falsafasi bo'Igan Kalom, mantiq, tabiatshunoslikka doir barcha bilim sohalarini qunt bilan o'rganib, keyinchalik ularning har biriga oid katta ilmiy asarlar yozib qoldiradi. Jurjoniy 1387-yili Amir Temur tomonidan Sheroz fath etilishi bilan, u yerdagi bir qancha olimlar qatorida, Samarqandga taklif etiladi va bu yerda 20 yil samarali ijod qilib, sohibqiron vafotidan keyin Sherozga qaytib kelib, 1413-yilda vafot etgan. Juijoniyning bizgacha „Borliq haqida risola“ va „Dunyoni aks
ettiruvchi ko‘zgu“ deb nomlangan falsafiy asarlari yetib kelgan. Shuningdek, uning Ar-Roziy at-Taxtoniyning ,,Shamsiya“ asariga „Kotibiy Kazviniyning ,,Hikmatulayn“ („Hikmatlar birligi") asariga yozgan sharhlar ham ilmiy-falsafiy qimmatga egadir. Juijoniyning falsafiy qarashlari, o'zidan oldin o'tgan salaflarinikida bo'lganidek, o'rta asrlardagi butun falsafiy masalalarni, chunonchi: borliq haqidagi ta’limotni, koinot jumboqlarini, modda va uning shakllari, jonsiz va jonli tabiatning xususiyatlari, jismoniy va ruhiy tomonlar munosabatlari, bilish muammolari va shular kabi masalalarni o'z ichiga oladi. U o'z asarlarida koinot, inson va aqlni qamrab oluvchi borliqning umumiy manzarasini yaratishga harakat qiiadi. Bunda Jurjoniyga xos narsa, borliq manzarasini bosqichma-bosqich tartibda tushuntirishga harakat qilishdan iborat. U o'zining besh bobdan iborat bo'Igan —