„Dunyoni aks ettiruvchi ко ‘zgu“ asarining birinchi bobini „vojibul-vujud" va „mumkinul-vujud“ning mavjudligi masalasini asoslashga bag'ishlaydi. U bunda: „Yo'q bo'lishi mumkin bo'lmagan, bor bo'lishi esa zarur bo'Igan narsani „vojibul-vujud", deb atadi. Borligi ham, yo'qligi ham zarur bo'lmagan narsani esa „ mumkinul-vujud", deb atadi. Jurjoniyning qarashicha, bu.o‘rindagi ,,vojibul-vujud“ — Xudodir. ,,Mumkinul-Vujud“ esa — moddiy olamdir. U borliqning birinchi sababi sifatida ,,vojibul-vujud“ni, ya’ni Xudoning borlig'ini tan oladi. Uning fikricha, ,,mumkinul-vujud“ o‘zining bor bo‘lishi uchun qandaydir biror bir sababga ehtiyoj sezadi. U biror bir narsa tufayli, ya’ni birinchi sabab tufayli ,,vojibul-vujud“darajasiga ko‘tariladi'. Jurjoniy, borliqdagi hech bir hodisa sababsiz kelib chiqmaydi, deb ta’kidlaydi. Uningcha, hamma mavjud narsalardagi butun harakat va o‘zgarishlar faqat makon va zamondagina ro‘y beradi. U butun borliqni bir-biriga qonuniy ravishda bog‘langan bo‘laklardan iborat, yagona bir butunni tashkil etgan butunlik sifatida ta’riflaydi. Juqoniyning fikricha, moddiy dunyoni tashkil etgan narsalar asosida to‘rt unsur: olov, havo, suv va tuproq yotadi. U turli ko'rinishdan iborat boshqa jismlar, ya’ni metallar, o‘simliklar va hayvonlar esa, yuqorida aytilgan to‘rt unsurning bir-birlari bilan qo‘shilishi (natijasi) hosilasi sifatida kelib chiqqandir2 , deydi, To‘rt unsur esa, doimo harakatda, o‘zgaruvchan bo‘lib, biri ikkinchisiga aylanib qolishi mumkin. Masalan, havo — suvga, suv — tuproqqa va hokazo. Umuman, Jurjoniy falsafiy qarashlarida moddiyunchalik g‘oyalari ustun bo‘lib, uning dunyoqarashi dialektikdir. Uning fikricha, moddiylikdan holi bo‘lgan bo‘sh joy yo‘q. Bu haqda: Samoviy gumbaz buyuk doiradir. U barcha jismlami qamrab olgan bo‘lib, moddiy dunyoni chegaralab turadi. Ammo u bo‘shliq emas, chunki uni moddadan tashqarida bo'lgan tushuncha yoki biror o‘lchov bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, bir-biri bilan o‘zaro yopishib, ayni vaqtda boshqa jism bilan ham bog‘lanib turmagan narsaning o‘zi bo‘lishi mumkin emas, har bir atrofdagi dunyo, o‘zi o‘rab turgan narsaga teng turishi zarur va birga joylashishi lozim, chunki bo‘shliqning bo‘lishi mumkin emas. Mana shunday jismlar, unsurlar, samoviy doiralar, butun sayyoralar va moddiy bo‘lakchalaming tarkibiy majmuasi — olam, deb atalishini yozgan edi3. Jurjoniy mantiq ilmiga ham juda katta hissa qo‘shdi. Uning bilish nazariyasi va mantiqqa doir bir necha asarlari bo‘lib, mantiq ilmining falsafa va boshqa fanlar bilan munosabati, uning huquqshunoslik, tilshunoslik va ilohiyot sohasida amaliy-tatbiqiy masalalar yoritib berilgan. Juijoniyning bu xizmatlari tufayli mantiq ilmiga islom aqidalariga xos bo'lmagan „begona ta’limot", deb g'araz bilan qarash barham topdi va shu davrdan boshlab, madrasalarda mantiq ilmini o'qitish huquqshunoslik va tilshunoslik fanlari bilan bog'liq holda olib boriladigan bo'ldi. Amir Temur va temuriylar davrida tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fikrlarning rivojlanishida Mirzo Ulug'bek va uning maktabi vakillarining tarixiy-ilmiy va falsafiy qarashlari muhim o‘rin tutadi. Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug'bek faqat oddiy hukmdor bo'lib qolmasdan, balki buyuk olim bo'lgan. Asli ismi Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek (1394—1449-yillar) temuriylar xonadonining suyukli farzandi sifatida yoshligidanoq saroy muhitida saroy a’yonlari, olimlar, shoirlar ta’siri, ta’lim va tarbiyasida ulg'aygan. Mirzo Ulug'bek o'z davrida saroydagi eng yirik olimlar: Mavlono Ahmad, Qozizoda Rumiy va boshqalardan saboq oladi. U qadimgi yunon mutafakkirlari va IX—XII asarlarda yetishib chiqqan, yaqin va o'rta Sharq hamda O'rta Osiyo olimlarining asarlarini qunt bilan o'rgangan. Mirzo Ulug'bek, ayniqsa, tabiatshunoslik fanlarini — matematika, geometriya, geografiya, kimyo, astronomiyaga oid bilimlarni chuqur egallaydi. Natijada, yigirma yoshlarida o'z davrining yirik olimlaridan bin bo'lib yetishdi. Mirzo Ulug'bek 1411-yilda Movarounnahr va Turkistonning hokimi qilib tayinlangan. U hokimlik qilgan davrlarda, mamlakat tashqi va ichki mudofaasini mustahkamlash bilan bir qatorda, Samarqand, G'ijduvon, Buxoro shaharlarida ko'plab madrasalar, masjidlar, turli ilm o'choqlari qurdirib, ilm-fanning rivojlanishiga katta e’tibor berdi. 1425—1428-yillarda Mirzo Ulug'bek Samarqandda, keyinchalik uning nomini jahonga mashhur qilgan rasadxona — observatoriyani qurdirib, o'zining falakiyot maktabini yaratdi va bu maktabiga o'z zamonining buyuk olimlarini jalb qilib, ularga o'zi boshchilik qilgan holda, ilmiy tadqiqotlar olib bordi. U o'zining butun qobiliyati va iqtidorini, salohiyatini hukmdorlikdan ko'ra ilmiy faoliyatga ko'proq qaratadi. Natijada, 1428—1438-yillar davomida o'z ustozlari va shogirdlari bilan hamkorlikda olib borgan ilmiy kuzatishlarining yakuni sifatida, uning shox asari — „Ziji
jadidi Ко ‘ragoniy“ maydonga keldi. Mirzo Ulug'bekning bundan tashqari, yana „Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola", „Risolai Ulug'bek" kabi astronomiyaga oid, „Tarixi ulus arba’a" („To'rt ulus tarixi"), uning muxtasari „Shajara’i atrok", tarixga oid hamda bir necha musiqaga oid asarlari ham mavjud. Mirzo Ulug'bekning „Ziji jadidi Ko'ragoniy" asari: kirish (nazariy qism) va to'rtta katla bo‘limlardan iborat bo'lib, birinchi
bo ‘limi „Tarix, ya’ni xronologiyaning ma’rifati" deb atalib, uning o‘zi yetti bobni o'z ichiga oladi. Bu boblarda islomda qo‘llaniladigan asosiy era — hijriy era bilan sur’yoniy — yunon erasi, ularda keltirilgan sanalar boshqa ,,jaloliy“, xitoy va uyg‘ur, hind-forsiy eralari bilan solishtirilib, ulardagi mashhur kunlar haqida bahs yuritiladi. Bu bo'limda, shu bilan birga, turkiy muchal yillari haqida ham. keng fikr yuritiladi.