osoyishtalikni ta’minlab, insonlar orzu-istagini yuzaga chiqarishi
Alisher Navoiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari haqida so‘z ketganda, shuni ham e’tiborga olish lozimki, u tasavvufning XV asrda O'rta Osiyoda keng tarqalgan Naqshbandiya tariqatini e’tirof etib, bu tariqatning asoschisi Bahovuddin Naqshbandni o'z asarlarida ulug'laydi. 0 tasavvufning nazariy masalalari haqida fikr yuritib, ba’zi saltiiy aqida va odatiarini tanqid qiiadi, xususan, tasawufdagi zohidlikka qarshi kurashib, o'z asarlarida riyokor, hiylaga zqhidlarni ayovsizfosh etadi. Tasawufda ma’naviy yetuklikka erishish oliy maqsad hisoblanadi, : unda ma’naviy yetuklikka erishgan shaxs — orif kishi saji^adi.; Buning uchun u o'zidagi nuqson va illatlarni bartaraf etishi, ya’ni johillikd^n ,ma’rifatga, yomonlikdan pxshilikka o'tishi lozim bo'ladi. Alisher Navoiyning bu qarashlari,, uning komil inson ta’limoti bilan chambarchas bog'liqdir. Alisher Navoiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari shu bilan birga, insonning dunyoni bilishi haqidagi fikrlari ham muhim ahamiyatga ega, ya’ni falsafaning bilish nazariyasiga-o'zining munosib hissasini Uning fikricha, insonning bilishdan asosiy niaqsadi—- borliqni5<: tabiatni, insonning о ‘zini o ‘rganib, anglab, yomonlikni yo'qotish, yaxshilikni ko'paytirishdir. Insonning borliqni to'g'ri bilishi, uning dunyoda baxtli, farovon hayotini ta’miri etishi — bilishning asosiy vazifaMdir. AJisKer:Navoiy inson bilishini sezgilar, his etishdan boshlanishi, bunda sezgi a’zolari muhim rol o‘ynaydi, lekin sezgi a’zolari orqali olingan ma’lumotlar hali tartibga tushmagan va yuzaki bo‘lishi, ularni hofiZa (miya)da tafakkur orqali tartibga solinishi, tahlil qilinishi, taqqoslanishi va jamlanishi, so‘ng fikrda ifodalanishi haqida gapiradi. Xulosa qilib aytganda, Amir Temur va temuriylar davri 0 ‘rta Osiyo xalqlari tafakkuri tarixida о‘ziga xos bir bosqichni tashkil etgan. Biroq, „Ota-bobolarimiz shuhratining soyasiga mahliyo bo ‘lib
yuradigan davrlar endi o ‘tdi. Bugun jahon bizdan o ‘z so ‘zimizni
aytishimizni, о ‘z tafakkurimizni namoyan etishimizni talab qilmoqda.
Boshqa xalqlar, boshqa millatlar bizga yotsirab — bepisand
qaramasligi; balki bizni e ’tirof etishi, biz.ni ehtirom etishi kerak.
Biz ana shu yuksak Munosabat va hurmatga loyiq bo‘lishimiz
darkor.