Mutlaq borliq — Xudo abadiy, boqiy va hamma narsaning yaratuvchisidir, boshqa barcha mavjudotlar o'tkinchi, vaqtinchadir. Yaratuvchi o'zining qudratli qalami bilan butun olamni aniq bir reja ostida bunyod qilgan. Awalo, to'qqiz falakni aylanuvchi qilib yaratdi va buning sirini tushunishda idrokni ojiz qildi. Ko'kni tun va kunga bog'lab, uni Quyosh va yulduzlar bilan bezadi. Unda Oy go‘yo osmon timog'iga o'xshash bo'lib, yangi Oy esa, timog'ining bir bo'lagini eslatadi1. Alisher Navoiyning borliq haqidagi qarashlari islom diniy ta’limotidan farq qiladi. Chunki, Alisher Navoiyning fikrieha, Xudo butun borliqning yagona asosidir; awal boshda yolg'iz Xudoning o'zi bo'lgan, undan bo'lak hech kimsa, hech narsa bo'lmagan, Xudo hadsiz kuch-qudratga va cheksiz imkoniyatlarga ega bo'lgan, so'ngra esa bu kuch-qudrat va imkoniyatlarini namoyon qilib, butun borliqni — tabiatni, insonni yaratgan. Bu o'rinda shuni ko'ramizki, Alisher Navoiy bir tomondan, borliqni, uning shakllarini e’tirof etadi, ikkinchi tomondan, uni ilohiylashtiradi. Shu bilan birga, u butun borliqni moddiy va ma’naviy borliqdan iborat, deb bilib, moddiy borliqning asosi to'rt unsur: suv, tuproq, o't (olov) va havodan iborat, deb tushunadi. Lekin, borliq dastlab, mutlaq borliq — Xudo sifatida makon va zamonga ega bo'lmay, uning awali ham, oxiri yo'q, bor va mavjud bo'lgan, deydi. Alisher Navoiy borliqni yana mutlaq va nisbiy borliqlarga ajratadi. Mutlaq borliqning zamoni va makoni yo'q, deydi. Nisbiy borliq esa, makon va zamonga ega, u o'tkinchi, awali va oxiri bor, shu tufayli, u azaliy va abadiy bo'lolmaydi. Uning fikrieha, nisbiy borliq mutlaq borliqqa qaramdir. Nisbiy borliq mutlaq borliqning harakati natijasida bor bo'lishi va yo'q bo'lishi mumkin, ammo nisbiy borliqning bor yoki yo'q bo'lishining mutlaq borliqqa hech bir ta’siri yo'q. Bir butun koinot ham mutlaq borliqning o'zgarishi natijasida vujudga kelgan. Shu tufayli, koinotda barcha narsa va hodisalar mutlaq borliqning zuhuroti, uning turli-tuman ko'rinishlaridan iboratdir. Koinotdagi barcha narsa va hodisalar, mavjudotlar esa, zamon va makonda cheklangan, ular muayyan zamon va makonda mavjud bo'ladi. Koinotdagi har bir narsa va hodisa yo'qdan bor bo'lgan emas, ular bor (mavjud) bo'lishdan awal mutlaq borliqda mumkinot holatida bo'lgan. Mumkinot, Alisher Navoiy fikrieha, o'zaro zid 1 Alisher Navoiy. Lisonut-tayr (Nasriy bayoni), Т., 1984, 11-bet. yoki bir-biridan farq qiluvchi vujudlarning birlik holatidir. Mumkinotni tashkil qilgan o'zaro zid yoki farqli vujudlar birbiridan ajralsa, orada paydo bo'lgan farq tufayli ular zuhur qiladi va ma’lum ko'rinishga ega bo'ladi. Agar zuhur qilingan farqli vujudlar birlashsa, ularning sifatlari yashirin holatga o'tadi va awalgi alohida ko'rinishlarini yo'qotadi. Demak, mutlaq borliqning o‘zida zid va farqli jihatlari bo'lib, bu jihatlar, farqli sifatlar bir-biridan ajralgan mutlaq borliqning yaratuvchilik ijodi sifatida amalga oshadi. Farqli sifatlar bir-biriga qo'shilganda esa, ular yagona farqli holatga kelib, adog'i (borni yo'q qilish) yuzaga keladi. Lekin, bunda boming yo'q bo'lishi va yo'qning bor bo'lishi ham nisbiy, ya’ni borliqning sifati zohir holatidan botinga o'tishdan iborat bo'ladi, ammo u zot jihatidan yo'q bo'lmaydi. Alisher Navoiy koinotdagi eng yetuk vujud — mavjudot deb, insonni hisoblaydi. Uningcha, inson butun tirik mavjudotnmg gultojisidir. Shuning uchun uning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida inson muammosi salmoqli va yetakchi o'rinni egallagan. Alisher Navoiy fikrieha, Xudoning olamni yaratishdan bosh maqsadi ham insondir. Inson butun borliqning ko'rki va sharafidir. Alisher Navoiy fikrieha, insonning latif va sharifligining boisi shundaki, insonda ilohiyotning butun ko'rki va kuch-qudrati, sir-u sinoati hammadan ko'ra to'laroq va mukammalroq mujassamlashgandir. „Butaqdir bila andoq tahqiq bo‘ldim — kim, haq
subhonoxu va taolo maxluqotda b a ’rti odamdin sharifroqdir va
bimakroqdir xalq qilmaydur. Nevchunki, ma ’rifatuloh ganjining
zamini va mahrami uldur“, deb yozadi o'zining „Nasayimul muhabbat" asarida1. U insonni bioijtimoiy mavjudot sifatida olib, inson o'z hayotini o'zi uchun ham, butun jamiyat uchun ham foydali bo'lgan ishlarga bag'ishlashi, buning uchun u, awalo, kasb-hunar o'rganishi, ma’rifatli, fazilatli va xushhulq bo'lishi kerak, deydi. Uning inson haqidagi mana shunday ijtimoiy fikrlari negizida farovonlik, osoyishtalik va baxtiyorlik hukm suigan jamiyat va odil shoh g'oyalari vujudga kelgan. Alisher Navoiy „Hamsa" asarining beshinchi dostoni „Saddi Iskandariy“da o'zining ijtimoiy, siyosiy va falsafiy qarashlarini shoh Iskandar siymosi orqali yoritib berishga harakat qiladi. U shoh Iskandar siymosida ideal shoh qiyofasini gavdalantirib, unga o'zi kerak..