Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə307/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   318
2 5213200508969289537

ESHITISH FIZIOLOGIYASI
Quloq suprasi orqali qabul qilinayotgan tovush toiqinlari tashqi 
eshituv y o ii orqali nog‘ora pardaga beriladi. Shunda nog‘ora parda tovush 
toiqinlariga mos ravishda tebrana boshlaydi.
Nog‘ora pardaning tebranishlari bolg‘acha, yasniqsimon suyakcha va 
sandon orqali uzangiga uzatiladi. Bolg‘acha, yasniqsimon suyakcha va 
sandon nog‘ora parda tebranishlarining amplitudasini kamaytirib, ammo 
kuchini oshirib uzangiga o ‘tkazadi. Shu bilan birga, nog‘ora parda 
yuzasidan uzangining oval darchadagi membranaga taqalgan yuzasi ancha 
kichik. Shu sababli nog‘ora parda tebranishlari suyakchalar orqali o ‘tib, 
oval darchadagi membranaga bir necha marta ortiq kuch bilan ta’sir qiladi. 
Oqibatda nog‘ora pardaga kelgan tovushning kuchsiz toiqinlari oval 
darcha membranasining qarshiligini yengib, chiganoqning yuqori va pastki
412


kanallari, ya’ni dahliz narvonchasi bilan nog‘ora uarvonchasidagi 
perilimfani tebraotiradi.
Perilimfaning tebranishi endolimfaning tebranishiga ham sabab 
boiadi.Perilimfa va endolimfaning tebranishlari yuqori kanalni pastki 
kanaldan ajratib turadigan asosiy membrananing tebranishi bilan birga 
davom etadi. Asosiy membrananing tebranishlarini Kortiy organning tukli 
retseptor hujayralari sezadi. Ana shu hujayralarda tovush tebranishlari nerv 
impulslariga aylantiriladi. Nerv impulsi eshituv nervi orqali markaziy asab 
tizimi va uning oliy qismi - bosh miya yarim sharlarining po‘stlog‘iga 
uzatiladi.
Nerv impulsi po‘stloqda tegishlicha analiz va sintez qilinganidan 
so‘ng eshituv hissi paydo bo‘ladi -
tovush eshitiladi. Eshituv 
analizatorining po‘stloq qismi 
bosh miya katta yarim 
sharlari 
po‘stlog‘ining chakka qismida joylashgan. Po‘stloqning har ikkala chakka 
qismi shikastlansa, organizm tovushlami mutlaqo eshitmaydigan bo‘lib 
qoladi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin