Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə308/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   318
2 5213200508969289537

54-rasm. Kortiy organi.
1—turli membrana; 2-eshituv nervining tolachasi; 3-tovushni qabul qiladigan tukli
hujayralar; 4-tayanch hujayralar; 5-asosiy parda; 6-qoplovchi parda; 7-nerv tolasi.
Po‘stloqning har ikkala eshituv zonasidagi hujayralarga ikkala Kortiy 
organdan ham impuls kelib turadi. Shu sababli po‘stloqning bir chakka 
qismi shikastlansa, eshitish vaqtincha va qisman pasayadi (67-rasm). 
Po‘stloqning eshitish zonasidan qo‘yi qismlarga, dastlab tirsaksimon 
tananing ichki qismi va to ‘rt tepalikning ikki opga dumbog‘iga efferent 
yo‘llar boradi. Tovushga nisbatan vujudga keladigan umumiy harakat 
reaksiyalari (quloq suprasini dikkaytirish, tovush kelayotgan tomonga 
boshni yoki quloq suprasini burish va boshqalar) ana shu yo‘llar 
ishtirokida yuzaga chiqadi. Turli balandlikdagi, ya’ni tebranish chastotasi 
har xil bo‘lgan tovushning eshitilishi to ‘g ‘risida bir qancha nazariyalar bor.
1863 yilda G. Gelmgols rezonans nazariyasiga asos soldi. 
Gelmgolsning bu nazariyasiga ko‘ra, muayyan balandlikdagi tovushlar 
chiganoqdagi asosiy membrananing tegishli tolalarini tebrantiradi, ya’ni
413


baland tovushlar kalta tolalami, pastroq tovushlar uzunroq tolalarni 
tebrantiradi. 
Oqibatda tovushning 
baland-pastligiga qarab 
asosiy 
membranadagi tegishli tolalaming tebranishlarini Kortiy organining xuddi 
shu tolalarga mos keladigan tukli hujayralari sezadi. Binobarin, bu 
nazariyaga ko‘ra, Kortiy organida turli tonlami sezadigan tukli hujayralar 
bor. 1880 yili Rezerford telefon nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra, 
eshituv nervidagi potenciallaming tebranish chastotasi quloqqa kirayotgan 
tovush chastotasiga mos kelishi tufayli tovush balandligi seziladi (xuddi 
tovushning telefondan uzatilishiga uxshash). Har ikkala nazariya ham 
tovush 
balandligining 
mohiyatini 
qisman 
ochib 
beradi, 
xalos. 
Rezerfordning nazariyasi faqat past balandlikdagi tovushlaming eshitilishi 
xususiga to ‘g‘ri keladi. Haqiqatan ham, past tonli tovushlar quloqqa 
kirganida eshituv nervidagi impulslar chastotasi eshitilayotgan tovush 
ta’sirida chiganoqda vujudga keladigan tebranishlarga mos boiadi. Baland 
tonli tovushlar eshitilayotganida esa chiganoqdagi asosiy membranada 
emas, balki suyuqliklar ustida ma’lum uzunlikda tebranish rezonansi 
paydo boiadi. Tebranish amplitudasining kattaligi tovush balandligiga 
b o g iiq boiadi. Boshqacha aytganda, tovush qancha baland boisa, 
suyuqlikning tebranuvchi ustuni shuncha kalta va aksincha, tovush qancha 
past boisa, shuncha uzun boiadi. Suyuqlikning tebranishi asosiy 
membranani ham tegishlicha tebrantiradi. Oqibatda Kortiy organining 
tegishli qismidagi hujayralar qo‘zg‘alib, ta ’sirot markaziy asab tizimiga 
uzatiladi, natijada tovush eshitiladi. Shunday qilib, baland tonli tovush 
ta’sir qilganda chiganoqdagi suyuqlik tovush chastotasiga mos ravishda 
tebranib, tovush masofada kodga solinadi. Eshituv analizatorida ham 
adaptatsiya hodisasi kuzatiladi. Quloqqa jarangdor tovush uzoq vaqt 
betuxtov ta’sir qilib turaversa, quloqdagi retseptorlarda adaptatsiya yuzaga 
kelishi tufayli sezuvchanligi bir oz pasayadi. Ammo adaptatsiyaning 
muayyan chegarasi bor. Quloq adaptatsiyasining tabiati munozarali 
muammo bo iib, qolmoqda.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin