ANALIZ AT ORLARNIN G 0 ‘ZAR0 MUN O S A B A T L A R i
Organizmdagi barcha analizatorlar o ‘zaro yaqin munosabatda va bir-
biri bilan chambarchas boglangan boiadi, ular bir-birining funksiyasini
nazorat qilib, ishlaydi. Har bir analizatorning miya po‘stlog‘idagi zonasi
ma’lum darajadagina mustaqildir. Chunki bir zonadagi hujayralarning
o ‘siqlari bemalol ikkinchi, qo‘shni zonaga ham o ‘tib, tarqaladi. Shuning
natijasida turli zonalaming hujayralari o ‘zaro chirmashib ketadi. Miya
po‘stlog‘ining muayyan zonasida, o‘sha zonaning o‘z retseptorlaridan
kelayotgan adekvat ta ’sirotlarga javob beruvchi hujayralarning tevarak -
atrofida shu adekvat ta’sirot bilan birga boyagi zona hujayralari uchun xos
boim agan ta’sirotlarga ham javob beruvchi hujayralar borligi aniqlangan.
Bundan ko‘rinadiki, miya po‘stlog‘idagi turli analizatorlar zonalafining
mustaqilligi nisbiy bo‘lib, turli ta’sirotlarga miya po‘stlog‘i go‘yo yaxlit
tizim sifatida javob beradi. Po‘stloqdagi analizator zonalarining o‘zaro
yaqindan aloqada bo‘lishi tufayli har xil analizatorlaming periferik
qismlaridan keladigan ta’sirotlarga tegishli shartli reflekslar hosil bo‘ladi.
Analizatorlaming o ‘zaro yaqin munosabatda bo‘lib ishlashiga bir qancha
misollar keltirsa boiadi. Masalan, ovqatning hididan uning mazasi
to‘g ‘risida tasavvur hosil qilish mumkin. Bu hid bilish analizatori bilan
ta’m bilish analizatorining yaqin munosabatda ekanligini isbotlaydi. Odam
baland qoyadan pastga nazar tashlasa, uning boshi aylanib, oyoqlari titray
boshlaydi. Bordi-yu, shu odamni oldin ko‘zini boglab, so‘ngra qoyaga
chiqarsak, unda bunday hodisa kuzatilmaydi. Bu vestibulyar va ko‘rish
analizatorlarining o ‘zaro chambarchas b o g iiq holda ishlashidan darak
beradi. Analizatorlar doimo o ‘zaro juda yaqin aloqada b oigani uchun
ulami ishi bir-biriga mos, o ‘zaro uyg‘unlashgan boiadi. Odatda tashqi
muhitdan alohida-alohida ta ’sirotlar kelmasdan, bir qancha analizatorlarga
bir vaqtda ta’sirotlar keladi. Bu axborotlar miya po‘stlog‘ining tegishli
zonalarida bir vaqtda analiz va sintez qilinadi, oqibatda tegishli shartli
reflekslar hosil
boiadi.
Demak,
analizatorlaming
o ‘zaro
yaqin
munosabatda ishlashida miya po‘stlog‘i, shak-shubhasiz, asosiy rolni
o ‘ynaydi.