Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə314/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318
2 5213200508969289537

TA’M BILISH ANALIZATORI
Iste’mol qilinayotgan ozuqalar tarkibidagi kimyoviy moddalaming 
xarakteri ta’m bilish analizatori yordamida aniqlanadi. Ta’m bilish 
analizatori tufayli odam va hayvonlar ozuqa tushadigan moddalami yeb 
bo‘lmaydigan moddalardan ajratadi. Suvda yashovchi hayvonlar, suvda 
erigan moddalaming ta’mini ham sezadi, demak bu hayvonlarda ta ’m 
bilish analizatori hid bilish analizatori bilan birga ulaming tevarak- 
atrofdagi muhitga moslanishiga yordam beradi. Ta’m bilish analizatorining 
periferik qismi og‘iz bo‘shlig‘ida (til surg‘ichlarida, halqumning orqa 
devorida, hiqildoq usti togayda) joylashgan.
62-rasm. Til, ta ’m bilish reseptorlarining ko‘rinishi.
I-ta ’m bilish s o ‘rg‘ichi; Il-ta ’m bilish reseptorlari, III—tildagi ta’m bilish
reseptorlarining joylashuvi; 1-shirin; 2 -s h o ‘r; 3-nordon; 4-achchiq.
Ta’m bilish retseptorlari til surg‘ichlarida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Tilda 
to‘rt xil: ipsimon, zambumg‘simon, bargsimon va novsimon surg‘ichlar 
bor, ta ’m bilish piyozchalari (sugonlari) shularning ichida joylashgan. 
Ta’m bilish piyozchalari tayanch hujayralari orasida joylashgan bo‘lib, 
silliq parda yuzasiga yetmasdan kichik chuqurcha - ta’m bilish 
chuqurchasi bilan undan ajratib turadi. Ta’m bilish piyozchalarining ichida 
urchuqqa uxshash juda mayda sezuvchi mikrovorsinkalar - shfitcha 
hujayralar joylashgan. Bulaming ikkita o ‘sigi bor.
Bir o‘sigi ta ’m bilish piyozchasi bo‘ylab yuqoriga yo‘naladi va 
piyozcha ustidagi ta ’m bilish chuqurchasidan bo‘rtib chiqib turadi. 
Ikkinchi o ‘siqchasi piyozchadan pastga yo‘nalib, ta’m sezuvchi nervning 
tolalari bilan tutashadi. Ta’m bilish hujayralarining o ‘siqlariga tolalar 
beradigan ta’m sezuvchi nerv markaziy asab tizimining tegishli qismlariga 
boradi, u yerdan belgili neyronlar bosh miya yarim sharlarining 
po‘stlog‘iga yo‘naladi. Og‘izga ozuqa olinganda, unda erigan moddalar 
ta ’m bilish hujayralarining sezuvchi uchlarini qo‘zg‘atadi. Qo‘zg‘alish 
markaziy asab tizimiga boradi, miya po‘stlog‘ida analiz va sintez
422


qilingandan keyin Og‘izga olingan rnoddaning ta ’mi seziladi. To'rt xii 
ta’m sezgilari farq qilinadi: taxir (achchiq), shirin, nordon va sh o r.
66-rasm. Tildagi ta’m bilish mintaqalari.
1-shirin; 2-achchiq; 3-nordon; 4-sho‘r.
Tildagi surg‘ichlaming aksariyat qismi m a’lum ta’mni sezishga 
ixtisoslashgan. Boshqacha aytganda, tilning ayrim surg‘ichlari ta’sir- 
langanda shirin, boshqalari ta’sirlanganda sho‘r yoki achchiq yoxud 
nordon ta’mlar seziladi. Ammo ta’sirlanganida ikki - uch xil ta’mni 
sezadigan hujayralar ham bor. Tilning turli qismi ma’lum bir ta’mni 
ko‘proq sezadi, chunonchi, uchi shirinlikni, tubi achchiqni, o ‘rta va yon 
qismi nordonni ko‘proq sezadi. Ta’m bilish analizatorida ham adaptatsiya 
hodisasi 
kuzatiladi. 
Ovqatni 
yuzaki 
chaynab 
yeydigan 
yirtqich 
hayvonlarda ta ’m sezish piyozchalari kamroq, ozuqani yaxshi chaynab 
yeydigan utxo‘r hayvonlarda ko‘proq bo‘ladi. Ta’m bilish analizatori 
hayvon organizmi uchun katta ahamiyatga ega. Aslida ovqatni hazm qilish 
jarayoni ta’m sezish bilan boshlanadi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining 
ta’mni yaxshi sezishi aniqlangan, xususan qoramollar sho‘r, nordon va 
shirin ta’mlarni yaxshi farqlaydi. Hayvonlar xushxo‘r ozuqalarni yaxshi 
ishtaha bilan yeydi, shu sababli hayvonlami oziqlantirishni tashkil qilishda 
ozuqani to ‘g‘ri tayyorlash texnologiyasiga to ia amal qilish kerak.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin