Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə310/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   318
2 5213200508969289537

TERI ANALIZATORI
Teri organizm uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan anallzatordir. 
Terida xilma-xil ta’sirotlarni qabul qiluvchi retseptorlar bor. Bular 
haroratni (issiqlik va sovuqlikni) sezuvchi, taqalash (tegish) va bosimni 
sezuvchi taktil (retseptorlar) va og‘riqni sezuvchi retseptorlardir. Bu 
retseptorlar terming yuzasida alohida-alohida nuqtalar ko‘rinishida 
joylashgan. Retseptorlaming joylanish zichligi terining turli qismida bir xil 
emas.
Issiq 
Sovuq
57-rasm. Tashqi muhit harorati ta’sirida qon tomirlarning o ‘zgarishi.
Jumladan, terining tashqi muhitdagi narsalarga ko‘proq tegadigan 
qismida (bosh, oyoqlarda) retseptorlar ancha zich, kamroq tegadigan 
qismida 
(orqa, 
chov 
sohalarida) 
siyrakroq joylashgandir. 
Teri 
retseptorlarining tuzilishi ham goyat xilma-xil. Taktil ta’sirotlar Merkel va 
Meysner tanachalari va soch ildizi atrofidagi nerv chigallari yordamida 
seziladi. Bosim esa, terining biriktiruvchi to‘qima qavatida va teri osti 
kletchatkasida joylashgan Fater-Pachini tanachalari orqali seziladi, deb 
hisoblanadi. Harorat ta’sirotlarini qaysi xil retseptorlar qabul qiladi degan 
masala fiziologiyadagi munozarali masalalardan biri, shunday bo‘lsa-da, 
sovuq ta’sirlari Krauze kolbachalari, issiq ta’sirotlari esa Ruffini 
tanachalari orqali qabul qilinadi, deb hisoblanadi (71-rasm). Ammo issiq 
va sovuq ta’sirotlar faqatgina Krauze kolbachalari va Ruffini tanachalari 
bilangina sezilmasdan, teri yuzasida sochilib joylahsgan afferent nerv 
tolalarining yalangoch uchlari yordamida ham seziladi, degan fikr 
tarafdorlari keyingi vaqtda ancha ko‘payib qoldi. Og‘riq ta’sirotlarini qaysi 
xil retseptorlar qabul qilib oladi, degan masala hanuzgacha to‘la hal 
qilinmay kelmoqda. Ayrim olimlarning fikricha, og‘riqni sezadigan 
ixtisoslashgan maxsus retseptorlar yo‘q. Istalgan retseptor yoki nerv 
tolalari haddan tashqari kuchli ta’sirlanganida, og‘riq sezgisi paydo 
bo‘laveradi.
416



Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin