Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


TANA MUVOZANATINI SAQLOVCHIAPPARAT -



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə309/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   318
2 5213200508969289537

TANA MUVOZANATINI SAQLOVCHIAPPARAT -
VESTIBULYAR ANALIZATOR
Vestibulyar apparat tananing fazodagi vaziyati va harakatini idrok 
etadigan analizatordir. Vestibulyar apparatning periferik retseptorlaridan 
markaziy asab tizimiga impulslar borib turishi natijasida gavdaning 
muvozanatini ta’minlovchi reflekslar vujudga keladi. Suyak labirinti ichida 
guyo uning shaklini to ia takrorlaydigan parda labirint bor. Parda 
labirintning dahliz va yarim doira kanallari vestibulyar apparatining
414


periferik qismini tashkil qiladi. Dahlizda ikkita xaltacha bor. Ularning ichi 
endolimfa bilan to ‘la turadi. Devorida sezuvchi tukli hujayralar boiadi. 
Tukli hujayralarning ichida kal’siy - fosfat - karbonat birikmalaridan 
tashkil topgan kristallar - otolitlar bor.
Odam va hayvon boshining fazodagi vaziyatini o‘zgartirganda 
(engashtirganda, ko‘targanda, burganda) otolitlar tuklami bosadi, yoxud 
taranglashtiradi. Oqibatda tukli hujayralar qo‘zg‘aladi. Parda labirintning 
yarim doira kanallari uchta b o iib , o‘zaro perpendikulyar yuzada 
joylahsgan. Ularning kengaygan joylarida - ampulalarida retseptor 
hujayralar bor. Bu hujayralarning ham tuklari boiadi. Gavda aylanganda 
yarim 
doira 
kanallardagi 
endolimfa 
harakatga 
kelib, 
retseptor 
hujayralarning tuklarini qitiqlab qo‘zg‘atadi. Vestibulyar apparat tukli 
hujayralarining qo‘zg‘alishi tufayli hosil b oigan nerv impulslari eshituv 
nervining vestibulyar tarmogi orqali markaziy asab tizimiga uzatiladi, 
shuning natijasida tanani muvozanatda saqlovchi reflekslar vujudga keladi. 
Organizm tinch holatda turganida ham vestibulyar apparatdan markaziy 
asab tizimiga siyrak impulslar yo‘nalib turadi. Xilma-xil aylanma 
harakatlar paytida bu impulslar keskin ko‘payadi. Aylanma harakat bir 
maromda, tekis b o is a impulslar yarim doira kanallardan yo‘nalgan 
afferent tolalarda paydo bo‘lmay, dahlizdagi otolitli hujayralardan 
boshlangan afferent tolalarda paydo boiadi, xalos.
55-rasm. Eshituv analizatorming umumiy ko‘rinishi.
56-rasm. Vestibulyar apparat. 1-yarim halqakanali; 2-chig‘anoq.
415



Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin