Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə313/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318
2 5213200508969289537

HID BILISH MEXANIZMI
Hidni sezish uchun turli-tuman hidli moddalaming molekulalari 
nafasga olinadigan havo bilan burun bo‘shlig‘iga kirishi va yuqoriga 
ko‘tarilib, hid bilish soxasidagi retseptorlami qo‘zg‘atishi kerak. Odam 
tez-tez va chuqur nafas olsa, hidli moddalarning molekulalari havo bilan 
hid bilish sohasiga tez va ko‘p yetib boradi, oqibatda retseptorlami 
kuchliroq qo‘zg‘atadi. Hid sezish retseptorlarining qo‘zg‘alish darajasi 
hidli moddaning xarakteriga, kimyoviy strukturasiga, havodagi konsentra- 
tsiyaga va retseptorlaming flziologik holatiga bog‘liq. Hidli moddalaming 
ta ’siri tufayli hid sezuvchi retseptorlaming qo‘zg‘alishi markazga 
intiluvchi nerv tolasi orqali markaziy asab tizimidagi hidlov traktining 
oldingi qismiga, u yerdan bodomsimon yadroga va oxirida bosh miya 
yarim sharlarining po‘stlog‘iga uzatiladi. Nerv impulsiga aylangan 
qo‘zg‘alish miya po‘stlog‘ida analiz va sintez qilinib, tegishli hid sezgisini 
keltirib chiqaradi.
Po‘stloqning hid bilish analizatori qismiga boradigan bu asosiy 
y o ‘ldan tashqari hidlash traktining oldingi qismida joylashib, ikkinchi 
neyron aksonlarini oraliq, orqa va o ‘rta miyaning turli yadrolari bilan 
boglab, turadigan yo‘llar ham bor. Hid sezish retseptorlarining ta’sirlanishi 
tufayli yuz beradigan harakat va sekretor reaksiyalar ana shu yoMlar 
ishtiroki bilan yuz beradi. Hid sezish retseptorlari adaptatsiyalana oladi.
420


Shu sababli hidli moddaning havodagi konsentratsiyasi 
kaUa bo igan 
binoda bir necha vaqtgacha bo‘lgan odam shu hidni kam sezadigan b o iib
qoladi. Hozircha hidlarning aniq klassifikatsiyasi yo‘q. Xenning hidli 
moddalaming kimyoviy strukturasiga qarab barcha hidlami klassifikatsiya 
qilishni taklif qildi. Ammo tekshirishlarda muayyan strukturaga ega 
b o igan moddalaming turli hid taratishi mumkinligi m aiu m boidi. 
Keyinchalik D.Eymur turli-tuman hidlarni o‘rganib, asosan 7 xil hid 
borligini (kamfora hidli, gul hidli, efir hidli, o ‘tkir hidli, chirik hidli va 
boshqalar) va bu hidlarning hidli modda molekulalarining shakliga 
bogiiqligini aniqladi. Ammo hidning modda molekulasi bilan birga 
elektrik holatiga ham b o g iiq b oiish i keyinchalik isbotlandi. Chunonchi, 
molekulalari elektr manfiy b oigan moddalaming o ‘tkir, elektr musbat 
boiganlari esa, chirik hid taratishi aniqlandi. Biroq, hidlarning bu xildagi 
klassifikatsiyasi ham nisbiy b o iib , haqiqatda uchrashi mumkin b o igan 
hid xillarini to ia qamrab olmaydi.
61-rasm. 1-Hidlov miya.
Hozirgi vaqtda hid sezishni tushuntiradigan ikkita nazariya bor. 
Birinehi kimyoviy nazariyadir. Bu nazariyaga ko‘ra, hidli moddalar 
muayyan molekulalardan tashkil topgan, y a’ni hidli har bir moddaning 
molekulasi o ‘ziga xos tuzilishga ega. Shu sababdan hidli har bir 
moddaning molekulasi hid sezuvchi retseptorlaming o ‘z tuzilishiga mos 
keladigan xilini qo‘zg‘atadi. Oqibatda shu moddaning hidiga xos reaksiya 
yuz beradi. Ikkinchi nazariya fizikaviy nazariyadir. Bu nazariyaga ko‘ra, 
muayyan hidni bilish hidli moddadan tarqaladigan elektromagnit 
toiqinlariga bogiiq. Har ikkala nazariya ham hid bilish mohiyatini to ia
tushuntirib berolmaydi. Hid bilish sohasidagi epiteliy hujayralar oqsillari 
sulfgidril guruhining hid bilishda katta ahamiyatga ega ekanligi keyingi 
vaqtda aniqlandi. Har xil hidli moddalar sulfgidril guruhini tegishlicha 
o‘zgartiradi va shunga ko‘ra, sezuvchi retseptor qo‘zg‘alganda paydo 
boiadigan impulslaming xarakteri ham moddaning hidiga guyo mos 
tushadi.
421



Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin