qilingandan keyin Og‘izga olingan rnoddaning ta ’mi seziladi. To'rt xii
ta’m sezgilari farq qilinadi: taxir (achchiq), shirin, nordon va sh o r.
66-rasm. Tildagi ta’m bilish mintaqalari.
1-shirin; 2-achchiq; 3-nordon; 4-sho‘r.
Tildagi surg‘ichlaming aksariyat qismi m a’lum ta’mni sezishga
ixtisoslashgan.
Boshqacha aytganda, tilning ayrim surg‘ichlari ta’sir-
langanda shirin, boshqalari ta’sirlanganda sho‘r yoki achchiq yoxud
nordon ta’mlar seziladi. Ammo ta’sirlanganida ikki - uch xil ta’mni
sezadigan hujayralar ham bor. Tilning turli qismi ma’lum bir ta’mni
ko‘proq sezadi, chunonchi, uchi shirinlikni,
tubi achchiqni, o ‘rta va yon
qismi nordonni ko‘proq sezadi. Ta’m bilish analizatorida ham adaptatsiya
hodisasi
kuzatiladi.
Ovqatni
yuzaki
chaynab
yeydigan
yirtqich
hayvonlarda ta ’m sezish piyozchalari kamroq,
ozuqani yaxshi chaynab
yeydigan utxo‘r hayvonlarda ko‘proq bo‘ladi. Ta’m bilish analizatori
hayvon organizmi uchun katta ahamiyatga ega. Aslida ovqatni hazm qilish
jarayoni ta’m sezish bilan boshlanadi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining
ta’mni
yaxshi sezishi aniqlangan, xususan qoramollar sho‘r, nordon va
shirin ta’mlarni yaxshi farqlaydi. Hayvonlar xushxo‘r ozuqalarni yaxshi
ishtaha bilan yeydi, shu sababli hayvonlami oziqlantirishni tashkil qilishda
ozuqani to ‘g‘ri tayyorlash texnologiyasiga to ia amal qilish kerak.
Dostları ilə paylaş: