Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə311/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   318
2 5213200508969289537


O g’riq, Harorat 
Mexanoresepsiya
Г з 
2
1
6 7 
8
Og'riq.Harorat
4
Mexanoresepsiya
r v '" 'v
Л -
«■-■VS:



11
58-rasm. Terining tuksiz (A ) va tukli (B) terisidagi mexanoreseptorlarning tuzilishi.
1-melanosit; 2—germentativ qavat; 3-epidermisning shox qavati; 4-epidermis;
5-erkin asab oxirlari; 6-asl terining so‘rg4chlari; 7-ter bezlari; 8-Pachini tanachasi; 9 -
Merkel disklari (Ruffini oxirlari); 10-Meysner tanachasi; 11-soch xaltachasining uchi.
Boshqa olimlaming ta’kidlashicha, og‘riq ta’sirotlarini qabul qiluvchi 
nerv tolalarining uchlari, maxsus retseptorlar bor. Teridagi qanday 
bo‘lmasin biror retseptor ta’sirotni qabul qilar ekan, bu ta’sirot belgili 
nervlar orqali markaziy asab tizimining tegishli qismlariga o ‘tadi. Teridan 
kelayotgan ta’sirotlaming hammasi pirovard natijada bosh miya yarim 
sharlarining po‘stlog‘iga boradi, u yerda analiz va sintez qilinadi. Oqibatda 
tegishli sezgi hissiyoti yuzaga chiqadi.
D
‘ 
E
F
59-rasm. Teri retseptorlari.
A-nervlarining yalangoch uchlari; B-M erkel tanachalari; C-M eysner tanachalari;
D -soch piyozchasining atrofidagi nerv tolaehalarining chigali; E-Krauze
kolbachalari; F-Fater-Pachini tanachalari.
417


Taktil sezgisi. Teridagi Merkel va Meysner tanachalari va soch ildizi 
atrofidagi nerv chigallarining qo‘zg‘alishi natijasida hosil bo‘ladigan 
ta’sirotni orqa miyaning dorzal ildizi orqali uzunchoq miyaga, keyin 
ko‘rish do‘mboqlariga (talamusga) uzatilishi, u yerdan ta’sirotning 
po‘stloqqa yetib borib, analiz va sintez qilinishi tufayli taktil sezgisi 
yuzaga chiqadi. Taktil sezgisi predmetning shakli, xarakteri, olgan joyi 
to ‘g‘risida markazga signal beradi. Taktil sezgisi teriga tegish yoki uning 
bosilishi 
tufayli 
kelib 
chiqadi. 
Ayrim 
hayvonlar 
(mushuk 
va 
kemiruvchilar) da esa ulaming muylovlaridagi maxsus tuklarga tegilganda 
ham bu sezgi yuzaga chiqadi. Taktil sezgisi hayvonlaming yuz qismida va 
tilining uchida ayniqsa yaxshi rivojlangan. Shu sababli hayvonlar lab va 
tili yordamida oziqlami darrov sezib, xarakterini aniqlaydi. Mushuk va 
kemiruvchilaming muylovlari kesib tashlansa, qoronguda organizmning 
o ‘z normal vaziyatini yaxshi saqlay olmaydigan bo‘lib qoladi. Otlar va 
qoramollar oyogida qalin tuyiq bo‘lishiga qaramay, yurgan joyini 
barmoqlari yordamida seza oladi. Sezgi kelib chiqishi uchun kifoya 
qiladigan bosim kuchiga qarab teridagi taktil sezgisi to‘g ‘risida fikr 
yuritiladi. Taktil sezgisi tez adaptatsiyalanadi. Shu sababli bosim 
birmuncha vaqt davomida belgili ta ’sir qilganda, taktil retseptorlar o ‘sha 
bosimga o‘rganib qoladi va keyin uning o‘zgarishini sezadi.
Harorat sezgisi. Teri retseptorlarining ishtirokida odam va hayvon 
issiq va sovuq haroratlami sezadi va ajratadi. Haroratni sezish tashqi muhit 
haroratining o ‘zgarishi tufayli teri yuzasidagi terma retseptorlar qo‘zg‘alib, 
tegishli nerv impulslarini hosil qiladi, bu impulslar markaziy asab tizimiga, 
miya po‘stlog‘iga yetib borib, analiz va sintez qilinadi, shuning natijasida 
harorat sezgisi kelib chiqadi. Harorat o ‘zgarishlarini organizm seza olishi 
uchun teri bilan buyum o ‘rtasidagi haroratning farqi 0,2 gradusdan kam 
bo‘lmasligi kerak. Terida issiqlikni sezadigan retseptorlarga nisbatan 
sovuqlikni sezadigan retseptorlar ko‘proq. Binobarin, teri issiqlikka 
qaraganda, sovuqlikni sezishga ancha yaxshi moslashgan. Haroratni sezish 
organizm uchun katta ahamiyatga ega. Haroratni sezish tufayli organizm 
tana haroratsini boshqarish uchun tashqi muhit haroratsi haqida tegishli 
signallami olib turadi.
Og‘riq sezgisi. Og‘riqni keltirib chiqaradigan adekvat ta’sirot yo‘q. 
Og‘riq nerv uchlari yoki tolalarining qattiq ta’sirlanishidan paydo boiadi. 
Og‘riq ta’sirlaridan hosil boiadigan qo‘zg‘alish ingichka nerv tolalari 
orqali 5-15 m/sek. tezlik bilan, mielinsiz ingichka nerv tolalari orqali 1-2 
m/sek. tezlik bilan o ‘tadi. Og‘riq paydo b o iish i bilan organizmda tegishli 
himoya reflekslari paydo b o iad i odam va hayvon og‘riqdan qutilishga
418


intiladi. Demak, og‘riq sezilishining nihoyatda katta biologik ahamiyaii 
bor. Og‘riq sezgisi tufayli organizm o‘ziga zarar yetkazadigan ta’sirotni 
bartaraf etishga harakat qiladi. Og‘riq ko‘pchilik kasalliklarning ilk, 
dastlabki sezgisi bo‘lib, organizmda ro‘y bergan patologik o‘zgarish 
to‘g‘risida xabar qiladi. Shu sababli kasallik paytida og‘riqning xarakterini 
tushunish hakamga to ‘g‘ri tashxis qo'yishga yordam beradi. Og‘riq 
paytida simpatik asab tizimi qo‘zg‘aladi, buyrak usti bezidan adrenalin 
ko‘proq ajraladi. Oqibatda organizm o‘zining bir qator moslashtiruvchi 
mexanizmlarini safarbar qiladi: yurak urishi va nafas tezlashadi, 
muskullaming tonusi oshadi, arterial tizim tomirlari torayib, qon bosimi 
ko‘tariladi, glikogen parchalanishi tezlashadi, qonda qand ko‘payadi. 
Og‘riq sezgisining kelib chiqishida miya po‘stlog‘i ishtirok etadi. Shu 
sababli asab tizimi juda qo‘zg‘algan paytda og‘riq ko‘p sezilmaydi va 
aksincha, tinchlik vaqtida, ya’ni organizm boshqa ta’sirotlardan holi turgan 
paytda og‘riq sezgilari kuchliroq seziladi. Og‘riq sezgisi juda xilma-xil 
ta’sirotlardan-. mexanik, ximik, fizik, biologik va boshqa ta’sirotlardan 
kelib chiqadi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin