TERI ANALIZATORI Teri organizm uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan anallzatordir.
Terida xilma-xil ta’sirotlarni qabul qiluvchi retseptorlar bor. Bular
haroratni (issiqlik va sovuqlikni) sezuvchi, taqalash (tegish) va bosimni
sezuvchi taktil (retseptorlar) va og‘riqni sezuvchi retseptorlardir. Bu
retseptorlar terming yuzasida alohida-alohida nuqtalar ko‘rinishida
joylashgan. Retseptorlaming joylanish zichligi terining turli qismida bir xil
emas.
Issiq
Sovuq
57-rasm. Tashqi muhit harorati ta’sirida qon tomirlarning o ‘zgarishi.
Jumladan, terining tashqi muhitdagi narsalarga ko‘proq tegadigan
qismida (bosh, oyoqlarda) retseptorlar ancha zich, kamroq tegadigan
qismida
(orqa,
chov
sohalarida)
siyrakroq joylashgandir.
Teri
retseptorlarining tuzilishi ham goyat xilma-xil. Taktil ta’sirotlar Merkel va
Meysner tanachalari va soch ildizi atrofidagi nerv chigallari yordamida
seziladi. Bosim esa, terining biriktiruvchi to‘qima qavatida va teri osti
kletchatkasida joylashgan Fater-Pachini tanachalari orqali seziladi, deb
hisoblanadi. Harorat ta’sirotlarini qaysi xil retseptorlar qabul qiladi degan
masala fiziologiyadagi munozarali masalalardan biri, shunday bo‘lsa-da,
sovuq ta’sirlari Krauze kolbachalari, issiq ta’sirotlari esa Ruffini
tanachalari orqali qabul qilinadi, deb hisoblanadi (71-rasm). Ammo issiq
va sovuq ta’sirotlar faqatgina Krauze kolbachalari va Ruffini tanachalari
bilangina sezilmasdan, teri yuzasida sochilib joylahsgan afferent nerv
tolalarining yalangoch uchlari yordamida ham seziladi, degan fikr
tarafdorlari keyingi vaqtda ancha ko‘payib qoldi. Og‘riq ta’sirotlarini qaysi
xil retseptorlar qabul qilib oladi, degan masala hanuzgacha to‘la hal
qilinmay kelmoqda. Ayrim olimlarning fikricha, og‘riqni sezadigan
ixtisoslashgan maxsus retseptorlar yo‘q. Istalgan retseptor yoki nerv
tolalari haddan tashqari kuchli ta’sirlanganida, og‘riq sezgisi paydo
bo‘laveradi.
416