kanallari, ya’ni dahliz narvonchasi bilan nog‘ora uarvonchasidagi
perilimfani tebraotiradi.
Perilimfaning tebranishi endolimfaning
tebranishiga ham sabab
boiadi.Perilimfa va endolimfaning tebranishlari yuqori kanalni pastki
kanaldan ajratib turadigan asosiy membrananing tebranishi bilan birga
davom etadi. Asosiy membrananing tebranishlarini
Kortiy organning tukli
retseptor hujayralari sezadi. Ana shu hujayralarda tovush tebranishlari nerv
impulslariga aylantiriladi. Nerv impulsi eshituv nervi orqali markaziy asab
tizimi va uning oliy qismi - bosh miya yarim sharlarining po‘stlog‘iga
uzatiladi.
Nerv impulsi po‘stloqda tegishlicha analiz va sintez qilinganidan
so‘ng eshituv hissi paydo bo‘ladi -
tovush eshitiladi.
Eshituv
analizatorining po‘stloq qismi
bosh miya katta yarim
sharlari
po‘stlog‘ining chakka qismida joylashgan. Po‘stloqning har
ikkala chakka
qismi shikastlansa, organizm tovushlami mutlaqo eshitmaydigan bo‘lib
qoladi.
Dostları ilə paylaş: