Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


 -to ‘r parda; 2 -k o ‘ruv asabi; 3-bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining ko‘ruv



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   318
2 5213200508969289537

1 -to ‘r parda; 2 -k o ‘ruv asabi; 3-bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining ko‘ruv
mintaqasi; 4—to‘r pardada obyektlaming teskari tasviri.
KO‘RISH FIZIOLOGIYASI
Ko‘zga tushgan yorug‘lik nurlari shox parda, qorachiq, ko‘z gavhari 
va shishasimon tanadan o‘tib, to‘r pardaga keladi. Y orugiik nurlari shox
403


pardadan to to ‘r pardaga yetguncha bir necha marta sinadi. Chunki, shox 
parda, ko‘z gavhari, shishasimon tana turlicha tuzilgan b o iib , turlicha nur 
singdirish qobiliyatiga ega. Nurlaming sinib o ‘tishi tufayli tashqi 
buyumdan ko"zga keladigan nurlar, to‘r pardada shu buyumlarning 
haqiqiy, ammo kichraygan teskari tasvirini beradi. Boshqacha aytganda, 
har bir narsaning tasviri ko‘zga tushganda to ‘r pardaga teskari va kichik 
b o iib tushadi. Buyumlarning tasviri ko‘zga teskari b o iib tushsa ham, biz 
ulami to ‘g ‘ri ko‘ramiz. Chunki, ob’ektiv reallikni biz odatda faqatgina 
ko‘zimiz yordamida aniqlaymiz.
Istalgan har bir narsa bir vaqtning o ‘zida bir nechta analizatorlar 
yordamida aniqlanadi. Shuning natijasida u qanday holda mavjud bo isa, 
shunday holda idrok qilinadi. K o‘rish uchun ko‘zga tushgan numing to ‘r 
pardaga yetib borishining o‘zigina kifoya emas. Buning uchun nur ta’siroti 
to‘r pardadan markaziy asab tizimi va uning oliy qismi - bosh miya yarim 
sharlarining po‘stlog‘iga uzatilishi kerak.
Darhaqiqat, ko‘zga, y a’ni to ‘r pardaga tushgan yo ru g iik nurlari u 
yerdagi yorugiik sezuvchi hujayralar - (fotoretseptorlar) - tayoqcha va 
kolbachalarga 
ta’sir 
etib, 
tayoqcha 
va 
kolbachalaming 
tashqi 
bug‘imlaridagi pigmentlarda murakkab kimyoviy o ‘zgarishlarai keltirib 
chiqaradi, oqibatda bu hujayralar qo‘zg‘aladi. Odam va ko‘pchilik 
hayvonlar ko‘zining tayoqchasimon hujayralarida ko‘ruv purpuri - 
rodopsin bor. Qushlaming kolbacha hujayralarda yodopsin pigmenti 
topilgan. Kolbachalarda yorugiikni sezadigan yana boshqa pigmentlar 
(xlorlab va eritrolab) ham bo iad i, degan m aium otlar bor. Y orugiikni 
sezadigan pigmentlarning ichida rodopsin asosiy o‘rinni egallaydi. 
Rodopsin vitamin A aldegidi - retinendan va opsin oqsilidan tashkil topgan 
birikmadir. 
Bu 
modda yorug iik ta ’sirida bir qator murakkab 
o ‘zgarishlarga uchraydi. Jumladan, retinen yorugiikni yo‘tib, o‘zinirig 
geometrik izomeriga aylanadi, oqibatda uning yon zanjiri to ‘g ‘rilanib, 
retinen bilan opson aloqasi o‘ziladi. Pirovardida retinendan vitamin A 
hosil boiadi. Bu vitamin tayoqchalardan to ‘r pardaning tashqi pigmentli 
qavatiga o ‘tadi. Qorongulikda esa, rodopsin qayta sintezlanib, tiklanadi. 
Avitaminoz A da rodopsinning sintezlanishi bo‘ziladi. Oqibatda bunday 
hayvonlar kunduz odatdagidek ko‘rib, gira-shira (xira) yorugiikda ko‘ra 
olmay qoladi, ya’ni shapko‘rlik kelib chiqadi (qo‘yiga qarang). Rodopsin 
va fotoretseptorlardagi boshqa pigmentlarning y orugiik yo‘tishi hamda 
parchalanishi ularga ta’sir etadigan yorugiikning to iq in uzunligiga 
bogiiq. Jumladan, rodopsin to iq in uzunligi 500 mmk ga boradigan 
nurlami ancha yo‘tsa, yodopsin 560 mmk ga yaqin b o ig an yorugiik
404


nurlarini yaxshi yo'tadi. Xullas, to ‘r pardaga tushgan 
yorug iik nurlari u 
yerdagi tayoqcha va kolbacha hujayralarini bir qator fotokimyoviy 
reaksiyalar oqibatida qo‘zg‘atadi. To‘r pardaning tayoqcha va kolbachalar 
joylashgan qavatidan ichkari tomonida va bevosita shu qavatning yonida 
bipolyar neyronlar qavati, uning ichkarisida esa ganglioz hujayralar qavati 
joylashgan. Bundan ko‘rinadiki, shishasimon tanadan o ‘tayotgan yorug‘lik 
nurlari to‘r pardaning tayoqcha va kolbachalari joylashgan qavatiga 
tushmasdan oldin uning ganglioz va bipolyar nerv hujayralari joylashgan 
qavatidan o‘tadi. Ganglioz hujayralarning aksonlari ko‘ruv nervi tolalarini 
hosil qiladi. Shunday qilib, yorugMik ta’sirida kolbacha va tayoqchalarda 
vujudga kelgan qo‘zg‘alish bipolyar va ganglioz nerv hujayralari orqali 
ko‘ruv nervining tolalariga o ‘tkaziladi va markaziy asab tizimiga uzatiladi. 
Qo‘zg‘alishning tayoqcha va kolbachalardan bipolyar hujayralarga qanday 
qilib o ‘tkazilishi hozircha aniqlangan emas. Qo‘zg‘alish ko‘ruv nervining 
markazga intiluvchi tolalari orqali miya tirsaksimon tanasining tashqi 
qismiga boradi. U yerdan ikkinchi neyron orqali bosh miya yarim 
sharlarining po‘stlog‘iga uzatiladi. Ta'sirot po‘stloqda tegishlicha analiz va 
sintez qilinadi, javob reaksiyasi hosil bo‘lib, ko‘zga boradi. Oqibatda 
ko‘ruv sezgisi kelib chiqadi, ya’ni ko‘zga nur yo‘naltirgan narsa ongda aks 
etadi. Ko‘ruv nervining markazga yo‘naIuvchi tolasi tirsaksimon tanaga 
yetmasdan to‘rt tepalikning oldingi ikki do‘mboqchasiga, tarmoq beradi. 
To‘rt tepalik oldingi ikki do‘mboqchasining yadrolaridan ko‘z soqqasiga, 
qorachiq muskullariga, kipriksimon muskullarga efferent nerv tolalar 
keladi.Shu sababli yorug‘likka javoban yuzaga keladigan umumiy reaksiya 
(yorug‘likka tomon boshni burish va boshqalar) to ‘rt tepalikning oldingi 
ikki do'mboqchasiga bog‘liq. To‘r pardadagi tayoqcha va kolbachalar 
yorug‘likni bir xilda sezmasligini aytib o‘tish kerak. Jumladan, tayoqchalar 
yorug‘likni kolbachalarga nisbatan bir necha marta yaxshi sezadi. Shu 
sababli ular, qosh qorayganda, g ‘ira-shira yorug‘likda qo‘zg‘aladi, 
kechqurun va tunda ko‘rishda ishtirok etadi. Kolbachalar ravshan 
yorug‘likda qo‘zg‘alib, kundo‘zi va rang ko‘rishda ishtirok etadi. Shu 
sababli tayoqchalar faoliyati bo‘zilganda (avitaminoz A va boshqalarda) 
shapko‘rlik kelib chiqadi. Bunday odam va hayvonlar xira yorugiikda 
ko‘rolmay qolib, kundo‘zi bemalol ko‘raveradi. Kolbachalar zararlanganda 
ravshan yorug‘likka qarab bo‘lmaydi, ammo bunday odam va hayvon 
kechalari odatdagidek ko‘raveradi. Kolbachalar faoliyati bo‘zilganda 
rangni ko‘rish ham bo‘zilib, hayvon ranglarni ajratolmay qoladi, rangni 
ko‘rmaslik deb shuni aytiladi. Tayoqchalaming gira-shira yorugiikda, 
kolbachalarning ravshan yorug‘likda qo‘zg‘alishini bir qancha dalillar
405


tasdiqlaydi. Demak, asosan tunda aktiv boiadigan hayvonlar (boyqush, 
ko‘rshapalaklar) to‘r pardasida tayoqchalar ko‘proq, kundo‘zi aktiv 
hayvonlar (kaptar, tovuq va boshqalar) to ‘r pardasida esa, kolbachalar 
ko‘proq boiadi.
K o‘z akkomodatsiyasi. Narsalarni aniq va ravshan ko‘rish uchun 
ulardan keladigan nurlar to‘r pardada, odatda uning markaziy chuqurchasi 
atrofida fokusga yigilishi kerak. Turli masofada joylashgan narsalarni aniq 
ko‘rish, ulardan keladigan nurlami to ‘r pardaning n u q o i markaziy 
chuqurchasi atrofida fokusga yigish uchun narsalaming qancha masofada 
joylashganligiga qarab ko‘zning nur sindirish qobiliyati o ‘zgarib turadi. 
Ko‘zning turli masofada joylashgan narsalarni aniq ko‘rishga shu tariqa 
moslana 
olishiga 
akkomodatsiya 
deyiladi. 
Ko‘z 
akkomodatsiya 
xususiyatiga ega boim aganda edi, turli masofada turgan narsalar to ‘r 
pardaning markaziy chuqurchasida fokusga yigilmay, undan oldinroqda 
yoki keyinroqda fokusga yigilgan bulardi. Oqibatda ko‘z ba’zi narsalarni 
ravshanroq, boshqalarini esa juda xira ko‘radigan, ko‘z anomaliyalari kelib 
chiqqan bulardi. Akkomodatsiya ko‘z gavhari yordamida yuzaga chiqadi. 
Jumladan, sovuq qonli hayvonlarda akkomodatsiya ko‘z gavharining 
oldinga yoxud orqaga surilishi va shu tariqa uning nur sindirish 
qobiliyatining o ‘zgarishi tufayli ro ‘yobga chiqadi. Masalan, baliqlarning 
ko‘z gavhari odatda oldinroqda joylashgan b o iib , ko‘zi narsalarni 
yaqindan ko‘rishga moslashgan, uzoqdagi narsalarni ko‘rish uchun ko‘z 
gavhari birmuncha orqaga suriladi. Baqalarda esa buning aksi kuzatiladi, 
ya’ni ularning ko‘z gavhari orqaroqda joylashgan b o iib , ko‘zi odatda 
uzoqdagi narsalarni ko‘rishga moslashgan b o iad i, yaqindagi narsalarni 
ko‘rish uchun esa, baqa ko‘z gavharini bir oz oldinga siljitadi.
Odam va barcha issiq qonli hayvonlar ko‘z gavharining nur sindirish 
qobiliyati uning oldinga yoki orqaga surilishi tufayli emas, balki 
egriligining o ‘zgarishi hisobiga yuzaga chiqadi. Jumladan, bu jonzotlada 
gavhami urab turgan kapsuladan boshlanib, kipriksimon tanaga tutashgan 
Sinn boylamining tolalari odatda tarang turadi. Shu tufayli kapsula qisilib 
yassilashgan, oqibatda esa uning ichidagi gavhar ham birmuncha 
yassilashgan holda boiadi. Ko‘z gavhari shu vaziyatda boiganida olisdagi 
buyumlar ravshan ko‘rinadi. ' 7aqindagi buyumlarga qaralganda to ‘r 
pardaga noaniq tasvir tushadi. Bu hoi kipriksimon tanadagi muskulning 
reflektor ravishda qisqarib, gavhar kapsulasi oldingi devorining oldinga 
tortilishiga sabab b oiadi. Natijada ko‘z gavhari o‘zining elastikligi tufayli 
birmuncha qavariq b o iib qoladi. Shu holatda gavhaming nur sindirish 
qobiliyati bir oz oshadi va yaqindagi buyum tasvirining ravshan b o iib
406


turishiga imkon tugiladi. Keksayganda gavharning elastikligi 
p a sa y a d i, sh u
sababli qarri odam va hayvonlar faqat uzoqdagi narsalarni aniq ko‘radigan 
b o iib qoladi.
K o‘z anomaliyalari.Ko‘z soqqasining tuzilishidagi ba’zi -nuqsonlar 
ko‘zda quyidagi anomaliyalar, ya’ni kamchiliklar bo‘lishiga olib kelishi 
mumkin. Ko‘z soqqasining buylama o ‘qi haddan tashqari uzun bo‘lsa, 
yoxud gavhar o‘ta qavariq b o iib , ko‘zning nur sindirish qobiliyati 
kuchaygan bo‘Isa, bu vaqtda buyumlardan ko‘zga keladigan nurlar to‘r 
pardada fokusga to‘planmay, undan oldinroqda, shishasimon tanada 
to'planadi. Bunday ko‘z yaqindan ko‘radigan bo‘ladi. Agarda ko‘z 
soqqasining bo‘ylama o ‘qi haddan tashqari kalta, yoxud ko‘z gavhari o‘ta 
yassilashgan b o iib , nur sindirish qobiliyati pasaygan b o isa, bu vaqtda 
buyumlardan keladigan nurlar to‘r pardaning orqasida fokusga to ‘planadi. 
Bunday ko‘z uzoqdagi narsalarni aniqroq ko‘radigan boiadi. Ikkala holda 
ham buyumlarning tasviri nur pardaga xira, noaniq b o iib tushadi. Bu 
nonormal holatlar, anomaliyalar onda-sonda otlarda uchraydi, boshqa 
qishloq xo‘jalik hayvonlarida uchramaydi desa ham boiadi. Bu 
anomaliyalardan tashqari astigmatizm, sferik abberatsiya, xromatik 
abberatsiya degan nuqsonlar ham uchrashi mumkin va hokazo.
Astigmatizm. 
Kipriksimon tanadagi muskullaming bir hilda 
qisqarmasligi natijasida ko‘z soqqasi nur sindiruvchi qismlarining nurlami 
har xil darajada sindirishi tufayli paydo boiadi. Bu vaqtda to ‘r pardaga 
buyumlarning noaniq tasviri tushadi, oqibatda narsalar xira ko‘rinadi.
Emmetropiya 
(m e’yoriy k o ’rish)
Gipermetropiya 
(uzoqdan ko ’rish)
G ipennetropiyani 
tuzatish.
(ikki tomonlama 
qavariq ko ’zoynak)
Miopiya 
(yaqindan ko’rish)
Miopiyani tuzatish.
(botiq k o ’zoynak)

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin