Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


ANALJZATORLARNING UMUMIY XUSUSIYATLARI



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   318
2 5213200508969289537

ANALJZATORLARNING UMUMIY XUSUSIYATLARI
Har qaysi analizator faqat o‘ziga xos bo‘lgan bir qancha 
xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birga, barcha analizatorlar uchun umumiy 
bo‘lgan xususiyatlar ham bor. Bular quyidagilardir:
Sezuvchanlik. Sezuvchanlik hamma analizatorlar uchun xos, ammo 
har xil turga mansub hayvonlardagi bir xil analizatorlar va bir turga 
mansub hayvonlardagi har xil analizatorlaming sezuvchanligi bir xil emas. 
Masalan, odam tovush tebranishlarining soni sekundiga 20 dan 20000 
gacha bo‘lganda, eshitgani holda, itlar esa tebranishlar soni sekundiga 
40000 ga yetganida ham bemalol eshitaveradi. Alohida olingan har bir 
analizator retseptorlarining adekvat ta’sirotlarga javoban qo‘zg‘alish 
qobiliyati juda baland bo‘ladi, deb yuqorida aytib o ‘tilgan edi. Masalan, 
ko‘zdagi fotoretseptorlar bo‘lmish tayoqcha va kolbachalar yorug‘likning 
bir necha kvantlari ta’sirida bemalol qo‘zg‘ala oladi. Shu sababli odam 
qorongu joyda nihoyatda zaif yorug‘likni ham tez sezadi. Shuningdek 
quloqdagi Kortiy organining hujayralari tovush tebranishlarining 1:1 O'9 
sek erg/m2 sek ga teng energiyasi ta’sirida qo‘zg‘aladi. Analizator 
retseptorlarining qo‘zg‘alishi uchun kifoya qiladigan ta’sir energiyasining 
eng kam miqdoriga sezgi pog‘onasi deyiladi. Sezgi pog‘onasining adekvat 
ta’sirotlar uchun juda pastligi yuqoridagilardan ayon. Ammo noadekvat 
ta’sirotlar uchun sezgi pog‘onasi juda baland bo‘ladi. Chunki noadekvat 
ta’sirotdan sezgi paydo bo‘lishi uchun, u adekvat ta’sirotga qaraganda bir 
necha milliard baravar ortiq kuch bilan retseptorlarga ta’sir etmog‘i lozim. 
Ikki ta’sirni farq qilish uchun, ular jadaligi va sifati jihatidan bir-biridan 
ma’lum darajada farq qiladigan bo‘lishi kerak. Veber 1834 yildagi 
tajribalarida qo‘l terisming bosim sezgisini tekshirib, ta ’sirot kuchi 
awalgisidan m a’lum darajada ortiq boisagina sezgining o ‘zgarishini 
ko‘rsatib berdi. Masalan, odam muayyan og‘irlikdagi yukni, aytaylik 100 
g. yukni q o id a ko‘tarib turgan b o isa, shu yukdan paydo bo‘lgan ishning 
kuchayishi uchun unga muayyan miqdorda, ya’ni kamida 3g. qo‘shimcha 
yuk qo‘shib ko‘tarishi kerak. Ikkinchi marta qo‘lga olingan yuk 103 g. 
bo‘lmay, 101 yoki 102 g. bo‘lsa, buni odam birinehi marta qo‘lga olgan 
yukdan, y a’ni 100 g. dan farq qilolmaydi. Umuman, terida bosim sezgisini,
398


ya’ni vaznni payqaydigan sezgini minimal darajada o‘zgartirish va shu 
tariqa ko‘tarilayotgan yuklar og‘irligidagi minimal tafo'i 
Li t! u i i i i 
ajialibn 
uchun navbatda ko‘tariladigan har bir yukka shundan oldin ko‘tarilgan yuk 
vaznining 1/20-1/30 qismini qo'shib ko‘tarish kerak bo‘ladi. Veberning bu 
qonunini G. Fexner tekshirib, uni ancha oydinlashtirdi va bir oz 
boshqacharoq ifodaladi. U tajribalarida olgan m a’lumotlarni matematik 
tahlil qilib, sezgi ta’sirot kuchining logarifmiga proporcional ravishda 
oshib boradi, degan fikrga keldi. Shundan so‘ng, bu qonun Veber-Fexner 
qonuni deb yuritiladigan bo‘ldi. Veber-Fexner qonuni faqat o‘rtacha 
ko‘rsatkichlar uchungina to ‘g‘ri.
Irradiatsiya,-markaziy asab tizimida qo‘zg‘alishning kelib chiqqan 
zonasidan po‘stloqdagi boshqa hujayralarga tarqalishi, yoyilishidir. 
Irradiatsiya ayniqsa, ko‘rish analizatorining po‘stloq zonasida yaxshi 
kuzatiladi, chunonchi, qora joydagi oq qism irradiatsiya tufayli aslidagidan 
ko‘ra kattaroq bo‘lib ko‘rinadi. Irradiatsiya ta ’sirot kuchining nechogligiga 
bog‘liq.
Adaptatsiya,-ta’sirot ta’sir qilib turgan paytda analizatorlar turli 
zvenolari (retseptor, o ‘tkazuvchi, va po‘stloq qismlari) qo‘zg‘aluvchanlik 
darajasining o ‘zgarishi, analizatorning shu ta’sirotga moslasha borishidir. 
Boshqacha aytganda, adaptatsiya ta’siri uzoq davom etadigan ta’sirotga 
nisbatan sezgirlikning kamayishi yoki kuchayishi bilan ifodalanadi. 
Masalan, odam birdan qorongi joyga kirganda, avval hech narsani 
ko‘rmaydi, bir ozdan keyin narsalarni gira-shira ko‘ra boshlaydi. Ko‘rish 
analizatorining 
qo‘zg‘aluvchanligi 
qorongulikda 
oshib, 
ravshan 
yorug‘likda pasayadi. Turli analizatorlarning adaptatsiya qobiliyati 
turlichadir. Taktil analizatori ancha tez, harakat (proprio) analizatori undan 
sustroq, visceral (ichki) analizator undan ham sustroq adaptatsiyalanadi. 
Adaptatsiya tufayli analizatorlar belgili ta’sirotlarga o‘rganib, ularga 
moslashib qoladi. Masalan, minishga o ‘rgatilayotgan ot dastavval 
egarlanganda, egarlashga ancha qarshilik ko‘rsatadi. Ammo, bora-bora 
teridagi retseptorlar va umuman taktil analizator egar-afzal ta’siriga 
o‘rganib, adaptatsiyalanib qoladi. Natijada ot keyinchalik egarlashga 
qarshilik qilmay qo‘yadi, kunikadi.
Sensibilizatsiya. Ta'sirot ta’sirida analizator qo‘zg‘aluvchanligining 
oshishiga sensibilizatsiya deyiladi. Odatda qo‘zg‘alish endi boshlanib 
kelayotgan davrda qo‘zg‘aluvchanlik oshib, pirovardiga kelganda 
pasayadi.
Kontrastlik (akslik) hodisasi. Biror ta’siming yolg‘iz o‘zi uzoq 
ta ’sir etganida yoxud unga tabiatan qarama-qarshi bo igan ta’sirot ham
399


qushilib, ta’sir etganda analizator qo‘zg‘aluvchanligining oshishiga 
kontrastlik, ya’ni akslik hodisasi deyiladi. Masalan, sovuqdan so‘ng, issiq 
ta’sir yaxshi seziladi, qoradan so‘ng, oq rang ravshanroq ko'rinadi. 
Analizatorlardagi akslik hodisasi po‘stloqdagi induksiyalar tufayli yuzaga 
chiqadi.
Iz qoldirish. Analizatorda paydo bo‘lgan qo‘zg‘alish uni keltirib 
chiqargan ta ’sirot to ‘xtashi bilanoq, sunib qolmaydi. Qo‘zg‘alish bir oz 
vaqt davomida asta-sekin sunib boradi, o'zidan keyin bir muncha vaqt 
uchmay turadigan iz qoldiradi. Shu sababli bo‘linib-boiinib ta’sir etadigan 
(yorugiik kvantlari, tovush toiqinlari va boshqalar) m a’lum ritmdagi 
ta’sirotlar uzluksiz sezgini keltirib chiqaradi (buyum va hodisalami 
uzluksiz ko‘ramiz, tovushni u tugaguncha uzluksiz eshitamiz va 
boshqalar). Analizatoming bu xususiyati retseptor apparatining o ‘ziga xos 
tabiati tufayli kelib chiqadi. Gap shundaki, nerv tolasiga bir marta ta’sirot 
bersak, u bu ta’sirotning qancha davom etishidan qat'iy nazar bir 
qo‘zg‘alish toiqinini hosil qiladi, xalos. Retseptorlarga bir marta ta’sirot 
berilganda esa, ular xuddi nerv markazlari singari bu ta’sirotga bir qator 
impulslarni, qo‘zg‘alish to‘lqinlarini ketma-ket hosil qilish bilan javob 
beradi. Ta'sirot qancha uzoq davom etib tursa, yangi-yangi qo‘zg‘alish 
to‘lqinlari shuncha ko‘p hosil boiaveradi. Bu esa, hosil bo‘ladigan 
sezgilarning uzviyligini ta’minlydi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin