Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   318
2 5213200508969289537

48-rasm. Odamning sezgi a’zolari.
395


qilingan ta ’sirotni markaziy asab tizimiga o ‘tkazuvchi, uzatuvchi apparat -
markazga intiluvchi neyronlar tizimsi va nihoyat, o ‘sha markaziy qism, 
ya’ni miya po‘stlog‘i ishtirok etishi shart. Analizatorning po‘stloq qismi 
deyilganda miya po‘stlog‘i va markaziy asab tizimining boshqa qismlarida 
joylashgan, muayyan ta’sirotlarni analiz va sintez qilishda ishtirok 
etadigan nerv hujayralarining guruhi tushuniladi. Shunday qilib, tegishli 
sezgi hissiyotining (ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, og‘riq sezish 
va boshqalaming) paydo boiish i uchun belgili sezgi organlaridagi (ko‘z, 
quloq, teri, burun, muskul, paylar va boshqalardagi) retseptorlar qabul 
qilayotgan ta’sirotlarning markaziy asab tizimiga, uning oliy qismi -
po‘stloqqa uzatilishi va u yerda analiz va sintez qilinishi shartligini 
hisobga olib, avval I.M.Sechenov keyinchalik esa I.P.Pavlov fandagi 
"sezgi organlari" degan tushunchalami "analizatorlar" deb yuritish 
maqsadga muvofiq ekanligini ta'kidladilar va shu iborani fanga kiritdilar. 
Gap shundaki, sezgi organlari deganda faqatgina retseptor apparat, 
ta’sirotlarni qabul qiluvchi organ (ko‘z, quloq, burun, teri, til va boshqalar) 
tushuniladi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, sezgi hissiyoti faqat 
retseptor apparat, ya’ni sezgi organlarining ishtiroki bilangina yuzaga 
chiqmaydi. Sezgining yuzaga kelishi uchun sezgi organ (retseptor), undan 
chiqib, markazga intiluvchi va markazdan organga keluvchi (markazdan 
qochuvchi) nerv, markaziy asab tizimi va uning oliy qismi - bosh miya 
yarim sharlari po‘stlog‘i birga ishtirok etishi shart. Bular yagona tizim 
bo‘lib, bir funksiyani bajaradigan organning turli qismlaridir. Shu 
tizimning istalgan zvenosi shikastlansa, tegishli sezgining paydo bo‘lishi 
bo‘ziladi, yoxud mutlaqo yuqoladi. Shu sababli bu tizimlarni yaxlit deb 
tasaw ur qilib, ularni sezgi organlari deb atamasdan, analizatorlar deb 
atash ancha to ‘g ‘ri, zotan, bu nom ularning mohiyatiga to‘la mos keladi. 
Analizatorlar hayvonlaming zoologik silsilaning qaysi bosqichida turishi, 
yashash xususiyatlari, rivojlanish darajasiga bo giiq ravishda rivojlanib 
borgan va mukammallashgan. Zoologik silsilaning qo‘yi bosqichlarida 
turadigan, tuban hayvonlar ta’sirotni masofadan seza olmaydi. Ular 
tanasiga bevosita tekkan ta’sirlargagina javob reaksiyasi hosil qiladi, xalos. 
Zoologik silsilada bir muncha yuqoriroqda turadigan hayvonlar, masalan, 
baliqlar miyasining hid sezish qismi ancha taraqqiy etgan. Shu sababli ular 
ta’sirotni masofadan bemalol yaxshi seza oladi. Qishloq xo‘jalik 
hayvonlarining analizatorlari misli ko‘rilmagan darajada yaxshi taraqqiy 
etgan. Ular ta’sirotni masofadan, ko‘pincha ancha uzoq masofadan juda 
yaxshi sezadi. Shu sababdan ham, ular organizmining tashqi muhitga 
mukammal moslasha olishi uchun eng qulay sharoit tug‘ilgan. Har bir
396


sezgi organining-analizatorning evolyutsiyada moslashgan, o ‘z 
tabiatiga 
monand, o‘ziga xos, y a’ni adekvat ta ’sirotchisi bo‘ladi. Masalan, ko‘ruv 
analizatori uchun yorug‘lik nurlari, eshituv analizatori uchun tovush 
to‘lqinlari adekvat ta’sirotlardir va hokazo. Adekvat ta’sirotga nisbatan 
analizator retseptorlarining qo‘zg‘aluvchanligi benihoya yuqori (ya’ni 
qo‘zg‘alish pog‘onasi juda past) bo‘ladi, chunonchi, ko‘ruv analizatori 
retseptorlarining qo‘zg‘alishi uchun 1-2 ta yorug‘lik kvantlari kifoya. 
Analizatorlar retseptorlari adekvat ta’sirotlardan tashqari, adekvat 
bo‘lmagan (noadekvat) ta ’sirotlar, masalan, elektr toki, mexanik ta’sirlar 
va boshqa bilan ham qo‘zg‘alishi mumkin. Ko‘zga birdan qattiq zarb 
tekkanida "ko‘zning chaqnashi", ya’ni yorug‘lik sezgisining yuzaga 
chiqishi 
yoki 
quloqdagi 
Kortiy 
organi 
tukli 
hujayralari 
-
fonoretseptorlarining biror zarbdan ta ’sirlanishi (zarb bilan urilganda 
"quloq shangillashi") bunga misol bo‘la oladi. Ammo bu vaqtda 
kuzatiladigan sezgi tabiatan juda qashshoq, o ‘zi nihoyatda zaif bo‘lib, 
qisqa 
davom 
etadi. 
Analizatorlar 
faoliyatining 
nihoyatda 
aniq 
ixtisoslashganligi XX asrdagi mashhur nemis fiziologi Iogannes Myullemi 
chalkash fikrlarga olib keldi. Shu sababli u adashib, sezgi organlarining 
spetsifilc energiyasi haqida noto‘g ‘ri idealistik nazariya yaratdi. I.Myuller 
har bir analizatorning evolyutsiya jarayonida aniq bir adekvat ta’sirotga 
moslashgani va nuqul o ‘ziga xos sezgi hosil qilishiga qarab hosil 
bo‘Iadigan sezgi sifati ta’sirot xarakteriga bog‘liq bo‘lmasdan, faqat sezgi 
organ ining holatiga, unda doimo bo‘ladigan o‘zgarmas qandaydir bir 
spetsifik energiyaga bog‘liq deb da’vo qiladi. I.Myulleming bu ta’limotiga 
ko‘ra, sezgilarimiz bizni o ‘rab olgan moddiy dunyodagi narsalarning, ular 
holatining, sifat xossalarining asl in’ikosi bo‘lmasdan, sezgi organlarimiz, 
sezuvchi nervlarimizning shu narsalar ta ’siridan kelib chiqadigan holatidir, 
degan noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘ladi. Bu bilan I.Myuller sezgilarimiz 
moddiy dunyoni to ‘g ‘ri, qanday bor bo‘lsa, shundayligicha aks ettira 
olmaydi, shu sababli sezgilarimiz yordamida ob’ektiv reallikni bilish 
mumkin emas, degan idealistik fikrga keladi. I.Myulleming ta’limotini 
keyinchalik uning shogirdi G.Gelmgolts rivojlantirdi. G.Gelmgolts 
sezgilarimiz ob’ektiv reallikning haqiqiy in’ikosi bo‘lmasdan, ulaming 
simvollari (belgilari) dir deb da’vo qildi va o‘z ustozidan uzoq ketmadi.
I.Myuller va shogirdlarining qarashlari, ta’limotlari, I.M.Sechenov, 
keyinchalik esa, I.P.Pavlov tomonidan qattiq tanqid qilindi. I.Myuller 
ta ’limotining noto‘g‘riligi shu buyuk olimlaming ishlari, ilmiy tadqiqotlari 
bilan isbotlab berildi. I.Myuller yaratgan "fiziologik idealizm"ga V.I.Lenm 
qaqshatqich zarba berdi. V.I.Lenm o ‘zining in’ikos nazariyasida moddiy
397


dunyo bizning ongimizdan tashqarida, mustaqil ravishda mavjud, 
sezgilarimiz esa ob’ektiv reallikning sub'ektiv obrazidir, deb ta'kidlaydi. 
Demak, sezgilar sub'ektiv xarakter va o ‘ziga xos sifat xususiyatlariga ega 
bo‘lishi bilan bir vaqtda ularda narsa va hodisalarning ob’ektiv obrazi to‘la 
o‘z ifodasini topadi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin