parda bilan ko‘z gavhari o‘rtasida ham bo‘shliqi bor, ko‘zning keyingi
kamerasi deb shunga aytiladi. Bu kameralar suvsimon suyuqlik bilan to ‘la
bo‘ladi. Ko‘z gavharida tomirlar bo‘lmaganligi sababli u ana shu
kameralardagi suyuqlik orqali oziqlanadi. Gavharda tomirlar yuqligining
katta ahamiyati bor. Gavharda tomirlar bo‘lganida edi, uning tiniqligi
bo‘zilib, ko‘rishga halaqit berar, oqibatda ko‘z xira tortib qolgan bulardi.
Ko‘zning tuzilishi (59-rasmda ko‘rsatilgan). Ko‘zning ichki uchinchi
pardasi - to ‘r parda hamma pardalaridan ham muhimroq bo‘lib, ko‘zning
butun ichki tomonini qoplagandir. Uning asosini tayanch hujayralar tashkil
qiladi, bu hujayralar behad ko‘p sinaps boglari hosil qilib, o‘zaro tutashgan
va ko‘z soqqasining bu pardasiga guyo to ‘rni eslatadigan tuzilish bergan,
uning to‘r parda deb atalishiga ham sabab shu. To‘r parda bir necha
qavatlarga boiinadi. Tashqi qavatida qora rangli fussin pigmenti bor
epiteliy hujayralaridan tashkil topgan. Fussin nurlami yutib, narsalami
aniqroq ko‘rishga yordam beradi. To‘r pardaning navbatdagi qavatida
yorug‘likni sezuvchi hujayralar (fotoretseptorlar) - tayoqchalar va
kolbachalar joylashgan. Bu pardaning ko‘rish jarayonida muhim o ‘rin
egallashi ham unda ana shu hujayralarning borligiga bog‘liq.
49-rasm. Odam ko‘zining tuzilishi.
Dostları ilə paylaş: