Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə305/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   318
2 5213200508969289537

KO‘ZNING HIMOYA APPARATI
Ko‘zning himoya moslamalariga ko‘z kosasi, kipriklar bilan 
qurollangan qovoqlar va ko‘z yosh apparati kiradi. Qovoqlar yopilib- 
ochilib turadi. Shu bilan ko‘zni turli-tuman zararli agentlardan himoya 
qiladi. Qovoqlaming qirralarida kipriklar bor. Kipriklaming ildiz qismida 
sezuvchi nerv uchlari joylashgan bo iib , ular kipriklarga kelgan ta’sirotlar 
tufayli qo‘zg‘aladi va qovoqlaming reflektor ravishda yumulib-ochilishiga 
sabab boiadi. Har ikkala qovoq bir vaqtda yumulib-ochiladi, qovoqlaming 
chetlarida shilliq suyuqlik ajratadigan Meyboniy bezchalari joylashgan. Bu 
bezchalaming suyuqligi ko‘z yosh suyuqligi bilan birgalikda konyuktiva 
yuzasi va shox pardani qurib qolishdan saqlaydi. Ko‘z yosh apparati ko‘z 
yosh bezlari, ularning yoilaridan, ko‘z yosh haltachasi va burun - ko‘z 
yosh y o iid an iboratdir. Ko‘z yosh bezlari ko‘z kosasi tashqi chekkasining 
yuqorigi qismida joylashgan b o iib , o ‘zidan ko‘z yosh suyuqligini ajratadi. 
Ko‘z yosh suyuqligi konyuktiva yuzasidan oqib tushib, ko‘zning ichki 
burchagida, ko‘z yosh xaltachasida to‘planadi. U yerdan burun-ko‘z yosh 
y o ii orqali burun bo‘shlig‘iga oqib tushadi. Ko‘z yosh suyuqligi turli 
tuman ta’sirlar tufayli reflektor y o i bilan ajraladi. Ko‘z yosh 
suyuqligining tarkibida 98% suv, 1% tuzlar (asosan osh tuzi) va 1% 
organik moddalar boiadi. Ko‘z yoshida bakteriotsidlik xususiyatiga ega 
b o igan lizotsim fermenti bor. Ko‘z yoshi shox parda va konyuktivani 
namlab turishi bilan birga ko‘zga tushgan narsalarni yuvib tashlaydi.
ESHITISH ANALIZATORI
Tovushni odam va hayvonlar quloqlari yordamida qabul qiladi. 
Binobarin, quloq eshitish analizatorining retseptor apparati boiib, 
hisoblanadi. Tovush toiqinlari quloq uchun adekvat ta’sirotchidir. Quloq 
eshitish organi b o iish i bilan bir vaqtda unda tana muvozanatini saqlovchi 
apparat - vestibulyar apparat ham joylashgan.
Quloqning tuzilishi. Quloq uch qismdan tashkil topgan: tashqi quloq
- tovushni qabul qiluvchi apparat, o‘rta quloq - tovushni o ‘tkazuvchi 
apparat, ichki quloq - tovushni qabul qilib, eshitish ta’siriga aylantiruvchi 
apparat.
410


52-rasm. Odam qulog‘ining tuzilish chizmasi.
1-quloq suprasi; 2-tashqi eshituv y o ii; 3-quloqning nog‘ora pardasi;
4-eshituv suyaklari; 5-ichki quloq.
Tashqi quloq - quloq suprasi va tashqi eshituv y o iid an iborat. Quloq 
suprasi togayli organ bo‘lib, turli hayvonlarda o ‘ziga xos shaklga kirgan va 
tovush to ‘lqinlarini qabul qilishga moslashgan. Uni bir qancha muskullari 
bor, shu sababdan quloq suprasi juda harakatchan organdir. Qushlaming 
quloq suprasi yo‘q, shunga qaramasdan qushlar tovushni juda yaxshi 
eshitadi. Quloq suprasidan tashqi eshituv y o ii boshlanadi. Tashqi eshituv 
yo‘li nay shaklda b o iib , devori nozik tukchalar bilan qoplangan.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin