TO‘QIMA ORALIQ SUYUQLIGI
To‘qima oraliq suyuqligi to'qim a kamgaklarini to‘1dirib turadi va
harakatlanar ekan, hujayralami yuvib olib, hujayralarda kechayotgan
hayotiy jarayonlar uchun benihoya katta ahmiyatga ega bo‘ladi.
Kapillayarlardan surilib o ‘tadigan moddalar shu suyuqlik orqali hujay-
ralarga o ‘tkaziladi.
0
‘z navbatida hujayralarda hosil bo‘ladigan chiqindi
va boshqa moddalar ham shu suyuqlikka chiqariladi. Bu moddalaming
tegishli qismi to ‘qima oraliq suyuqligidan kapillyarlaming vena qismiga
suriladi qolgan qismi esa u bilan birgalikda limfa tomirlariga quyiladi.
To‘qima oraliq suyuqligi limfa tomirlariga quyilganda so‘ng limfa
bezlarida limfotsitlar bilan boyib, limfa suyuqligiga aylanadi.
Umurtqasizlaming gidrolnimfa va gemolimfalari. Kovakichlilarda va
tuban chuvalchanglarda to‘yimli moddalaming tana hujayralariga
yetkazilishi va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari suvli
suyuqlik-gidrolimfa bilan bajariladi. Ayrim umurtqasiz hayvonlarda u
kislorod olib yuruvchi oqsil moddalami saqlaydi. Bo‘g‘im oyoqlilar va
mollyuskalarda yopiq bo‘lmagan tomirlarda gemolimfa aylanib yuradi.
Gemolimfada qon pigmentlari erigan (xromoproteidlar) bo‘lib, ular nafas
funksiyalarini bajarish bilan birga qon va limfa funksiyalarini ham
bajaradi.
Qonning tarkibi va qon hosil bo‘lishining yoshga va jinsga oid
farqlari. Qonning miqdori yangi tug'ilgan bolalarda tirik vaznining - 10
dan 20 % gacha bo‘lgan og‘irligini tashkil qilsa, emadigan bolalarda - 9
dan 13 gacha va kamaya borib,
6
yoshda voyaga yetgan odamlar
normasiga yetadi. Yangi tug‘ilgan bolalarda eritrositlar va leykositlaming
miqdori katta yoshdagilamikidan ko‘proq,
(1
mm3): eritrositlar -
6
mln,
leykositlar - 10-30 ming, so‘ngra yosh oshishi bilan kamaya boradi va 10
11 yoshda voyaga yetgan odamlaming nomiasiga yetadi. Yangi tug‘ilgan
bolalar eritrositlaridagi gemoglobinning miqdori 1,5 barobarga voyaga
yetgan odamlamikidan ortiq bo‘ladi va 3 yoshgacha u kislorodni o ‘ziga
ko‘p biriktirib oladi. Yosh bolalaming leykositar formulasi katta yoshdagi
odamlamikidan farq qilib 9-10 yoshgacha neytrofillaming nisbiy miqdori
jiddiy darajada kam bo‘lsa, limfositlaming miqdori esa 14-15 yoshgacha
jiddiy darajada ko‘p bo‘ladi. Qon plazmasidagi globulinlar miqdori yosh
ortishi bilan ortib boradi, albuminlar esa kamaya boradi. Yangi tug‘ilgan
bolalarda natriyning miqdori, kattalarga nisbatan kam, kaliyniki esa ко‘p.
Qon plazmasidagi qandni miqdori yangi tug‘ilgan bolalarda katta yoshdagi
odamlamikidan jiddiy darajada kam va faqatgina ular 12-14 yoshga
yetganida voyaga yetganlar normasiga yetadi.
81
Jinslarga aloqador farqlar ham mavjud, ya’ni qondagi eritrositlar va
gemoglobinlami miqdori o ‘rtacha olganda o ‘g‘il bolalar va erkaklarda qiz
bolalar va ayollamikidan ко ‘p.
Kattalarga nisbatan yosh bolalarda qon hosil bo‘lishi va eritropoez
jiddiy darajada katta, qaysiki qizil ilik yosh bolalarning barcha
hujayralarida mavjud. Hayotning birinchi yilida ko‘pchilik qizil iliklar
yog‘ to ‘qimalariga aylanadi, bunday o ‘zgarish 13-15 yoshdan boshlab
tezlashadi va faqat 18-20 yoshga kelib tugaydi. Yosh bolalarda qon hosil
bo‘lishi voyaga yetgan odamlarga nisbatan jiddiy darajada jadal ammo
yosh o‘tishi bilan sekin-asta kamayadi.
LIMFA
Limfa - tiniq sarg‘ich suyuqlikdir. Qon plazmasiga nisbatan unda
oqsilaming miqdori kam o ‘rtacha 3-4 %. Limfa oqsillariga-albuminlar va
globulinlar kiradi, glyukoza o‘rtacha
0,1
% ga yaqin, mineral tuzlar -
0
,
8
0,9 % bo‘lib, uning 67
%
NaCl hajmiga to ‘g ‘ri keladi.
Limfa iviganida juda bo‘sh tromb hosil bo‘ladi, chunki uning
tarkibidagi fibrinogenni miqdori plazma tarkibidagidan ancha kam.
1
mm
1
limfada shaklli elementlaming miqdori
2000
dan
20000
gacha bo‘lsa-da,
ulaming tarkibida eritrositlar va donador leykositlar, odatda, uchramaydi.
Shaklli elementlaming 55 % ni limfositlar tashkil qiladi. Ulardan tashqari,
monositlar va eozinofilar ham bo‘ladi. Limfa tarkibida diastaza va lipaza
fermentlari bilan birga antitanalar ham saqlanadi.
Limfaning qon plazmasidan naqadar darajada farq qilishini 13-
jadvaldan ko‘rish mumkin.
13 -Jadval.
Limfa va qon plazmasining o ‘rtacha kimyoviy tarkibi:
% hisobida.
Moddalar
(%hisobida)
B o‘yin limfa
yo‘lining
limfasi
K o‘krak limfa
yo‘lining
limfasi
Qon
plazmasi
Suv
95
94
90
Quruq modda
5
6
10
Oqsil
2
4
7,5
Fibrinogen
40
40
300
Glyukoza
110
110
100
Natriy
330
330
320
Kaliy
23
24
20
82
Kaltsiy
10
11
10
Magniy
3
3
1,8
Xlor
420
410
370
Anorganik fastor
3
4
3,7
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, limfa tarkibida oqsillar kamroq bo‘lishi
bilan plazmadan anchagina farq qiladi.
Limfaning
tarkibi
nisbatan
doimiy
emas
va
moddalar
almashinuvining o ‘zgarishiga qarab o‘zgarib turadi. Ovqat hazmi
organlaridan oqib kelayotgan limfaning tarkibida yog‘li ovqat iste’mol
qilinganidan keyin yog‘ning miqdori ortib (3-4 %) u sut ko‘rinishiga
o'xshash bo‘ladi.
Limfaning hosil bo'lishi. Organlardan oqib kelayotgan limfaning
miqdori keskin o ‘zgarib turadi va quyidagi sharoitlarda ortadi:
1
) qon
bosimi ortganda; 2) arterial qon kelishi ortganda; 3) vena qoni to‘xtab
qolganda; 4) qonning umumiy massasi ortganda; 5) organlar faoliyati
kuchayganida (muskul, jigar).
Qon tomirlaridagi va ulardan tashqaridagi qon bosimining farqi
hisobiga limfa hosil bo‘ladi. Limfaning hosil bo‘lishiga ishlab turgan
organlardan kelayotgan dissimilyasiya mahsulotlarining tushishi ta’sir
ko‘rsatadi, chunki undagi osmotik bosimni oshiradi va qondagi suvni
o ‘ziga tortib oladi. Shu sababli, organning kuchli ishlashi uning miqdorini
ko‘paytiradi. Limfa yana kapillyarlar endoteliyasining faol faoliyati va
uning turli moddalami tanlab o'tkazishi natijasida ham hosil bo‘ladi.
Bir qator moddalar limfa hosil bo‘lishini tezlashtiradi va ular
quyidagicha farqlanadi:
1)
Birlamchi
tartibdagi
limfodonlar,
bularga,
oqsillar
parchalanishining (peptonlar va albumozlar) mahsulotlari, parranda oqsili,
qisqichbaqa muskullarining ekstrakti, yer tutlar kiradi. Nazarimizda bu
moddalar kapillyarlar devorlarining limfa hosil qilish funksiyasini oshirsa
kerak. Chunki, bu paytlarda limfa tarkibidagi organik moddalaming
miqdori ortib, tuzlar miqdori esa o ‘zgarmay qoladi.
2)
Ikkinchi tartibdagi limfodonlar, bularga tuzlar, qand va
mochevinaning eritmalari kiradi. Bu eritmalar qonning osmotik bosimini
oshiradi va suvni to‘qimalardan qonga o ‘tishini chaqiradi. Bu esa qon
bosimini oshirishiga olib keladi va limfa hosil bo‘lishini tezlashtiradi.
Turli organlardan oqib kelayotgan limfa o‘z tarkibi jihatidan bir-
biridan ham farq qiladi. Masalan, jigardan, ko‘krak limfa yo‘lidan oqib
83
kelayotgan limfa tananing boshqa qismidan oqib kelayotgan
limfaga
qaraganda oqsillami ko‘proq saqlaydi.
Plazmadagi oqsillar konsentratsiyasini 100% deb olsak, u vaqtda
jigardan kelayotgan limfadagi oqsillaming konsentratsiyasi 75-84% ga,
ko‘krak limfa yo‘liniki 55-67%ga, ichaklamiki 41-50%ga teng bo‘ladi.
Ichakdan oqib kelayotgan limfa tarkibidagi yog‘lar ko‘proq bo‘ladi.
Ichaklardan
kelayotgan
limfada
yog‘laming
ko‘payishi
hayvon
oziqalanganidan so‘ng yaqqolroq bilinadi.
Limfada oqsillar kamroq bo ‘lgani uchun uning kolloid-osmotik
bosimi ham qon plazmasiga qaraganda kamroqdir. Limfaning mineral
tarkibi plazmaning mineral tarkibiga yaqin turadi. Limfa ivish xususiyatiga
ega. Chunki unda fibrinogen va protrombin oqsillari bor. Ammo limfaning
trombokinaza faolligi past, sababi shuki, limfada trombotsitlar deyarli
bo‘lmaydi; uning tarkibida ko‘p bo‘ladigan limfotsitlar esa bu fermentni
juda kam miqdorda saqlaydi. Qayd qilinganidek, limfada qonning shaklli
hujayralaridan asosan limfotsitlar ko‘p saqlanadi. Limfotsitlar limfa
bezlarida
hosil
bo‘lish
jarayonida
limfaga
chiqarib
turiladi.
Qoramollaming 1mm
3
limfasida 3500-12000 gacha limfotsitlar bo‘ladi.
Bulardan tashqari, limfaning tarkibida monotsitlar, donali leykotsitlar ham
uchrab turadi. Limfaning organizmdagi umumiy miqdorini aniqlash ancha
qiyin. Uning miqdori qon plazmasining miqdoriga taxminan teng deb
qaraladi. Sut hosil bo‘lishida, suv va tuzlar almashinuvida, turli chiqindi
moddalaming chiqarilishida, organizmning himoya funksiyasida limfa
katta ahamiyatga ega. Gistaminlar, peptonlar, o ‘tkazish suyuqligi
kapillyarlaming o‘tkazuvchanligini
oshirib,
limfa hosil bo‘lishini
tezlashtiradi. Bundan tashqari, qonga mochevina, gipertonik eritmalar,
glyukoza yuborilganda ham limfaning hosil bo‘lishi ko‘payadi. Bu vaqtda
qonning osmotik bosimi oshadi. Oqibatda tomirlarga suv so‘rilishi
kuchayadi. Natijada qonda oqsillaming konsentratsiyasi kamayadi, onkotik
bosim pasayadi. Bulaming hammasi limfa hosil bo‘lishining tezlashishiga
sabab bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |