Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   318
2 5213200508969289537

Moddalar
Sovuq qonlilar
uchun Ringer
eritmasi
Issiq qonlilar
uchun Ringer
eritmasi
Lokk
eritmasi
Tirode
eritmasi
NaCl
6,0-6,5
8,5-9,0
9,0
8,0
KC1
0,1
0,2
0,2
0,2
SaCl2
0,1
0,2
0,2
0,2
N a N C 0 3
0,1
0,2
0,15
1,0
MgCl2
-
-
-
1,0
N aN 2R 0 4
-
-
-
0,05
Glyukoza
-
-
1,0
1,0
76


Issiq qonli hayvonlar qoniga fiziologik eritmalar kiritilishidan oldin u 
tana haroratiga (37-38°C) qadar isitiladi. Izolyasiya qilingan organlarda 
tajribalar o‘tkazishda foydalanish uchun ular, kislorod bilan boyitiladi.
Lekin qonga kiritilayotgan fiziologik eritmalar, to‘qimalar tomonidan 
tarkibida oqsillarini saqlamaganligi uchun juda tez so‘riladi. Shu sababli 
ularga qonga kiritilishidan oldin kolloid-gummiarabik qo‘shiladi.
Ionli koeffisiyent va uning ahamiyati. Plazmada kation va 
anionlaming mavjudligi va ular orasidagi m a’lum nisbatning saqlanishi 
(ionli koeffisiyent) barcha organlar va to‘qimalaming faoliyati va birinchi 
navbatda qonning shaklli elementlarini saqlanishi va funksiyasi uchun 
muhim ahamiyatga ega. Bular orasida natriy, kaliy va kalsiya ionlarini 
nisbati muhim ahamiyatga ega.
QON GURUHLARI
Organizm ko‘p qon yo‘qotganda, qonda gemoglobinning miqdori 
kamayganda, turli moddalardan zaharlanganida organizm hayotini saqlab 
qolish uchun bir odamdan ikkinchisiga qon olib quyish zaruriyati tug‘iladi. 
Bir odam qonini ikkinchi odam qoniga, uning qon guruhni bilmasdan, 
to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri quyish yaramaydi. Chunki surishtirmasdan bir odamdan 
ikkinchi odamga qon quyish k o ‘ngilsiz hollar yuz berishiga va hatto qon 
quyilgan odamning halok b o ‘lishiga olib kelishi mumkin. Buning boisi 
shundaki, hamma odam yoki hayvonlaming qoni ham bir-biriga to‘g ‘ri 
kefavermaydi. Qon quyilganda ko‘ngilsiz voqealar yuz bermasligi uchun 
qon guruhlarini va ulaming xususiyatlarini bilmoq lozim.
Qon eritrotsitlarida bo‘ladigan agglyutinogenlar va plazmada bo‘ladi- 
gan agglyutininlar xiliga qarab guruhlarga ajratiladi. Agglyutinogenlar 
tabiatan oqsil, autigen moddalardir. Ular tegishli sharoitda bir-biriga 
yopishib qolish xususiyatiga ega. Shu sababli bular yopishuvchi moddalar 
deyiladi. Agglyutininlar ham tabiatan oqsil moddalar qatoriga kiradi, ular 
odatda plazmada bo‘ladi va yopishtirib olish xususiyatiga egadir. Shu 
sababli ular yopishtiruvchi moddalar deyiladi.
77


//

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin