Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


LIMFANING HOSIL BO‘LISHI VA AYLANISHI



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   318
2 5213200508969289537

LIMFANING HOSIL BO‘LISHI VA AYLANISHI
Qon bilan to ‘qimalar o‘rtasida yuzaga keladigan moddalar 
almashinuvi limfa va to‘qima oraliq suyuqligi ishtirokida boradi. 
Limfaning hosil boMishini tushuntiradigan bir nechta nazariya bor. 0 ‘tgan 
asming 50-chi yillarida K.Lyudvig qon plazmasi bilan limfa tarkibining 
bir-biriga juda yaqinligiga asoslanib, limfa hosil bo‘lishini tushuntirish 
uchun filtratsiya nazariyasini maydonga qo‘ydi. Bu nazariyaga asosan, 
limfa plazma suyuqligining kapillyarlardan biriktiruvchi to'qima oralig‘iga 
filtrlanib o ‘tishi oqibatida hosil bo‘ladi. Filtratsiya nazariyasining yangi bir 
ko‘rinishi - transsudatsiya nazariyasidir, bu nazariyaga ko‘ra limfa hosil 
bo‘lishida filtratsiya bilan bir vaqtda diffuziya jarayoni ham muhim rol 
o ‘ynaydi.
Geydengaynning nazariyasiga ko‘ra, limfa hosil bo‘lishi sekretor 
jarayon bo‘lib, limfa kapillyarlar endoteliyasining sekretor faoliyati 
mahsulidir. Starling o ‘zining filtrlanish va rezorbsiyalanish nazariyasida 
limfa hosil bo‘lishida filtratsiya jarayoni bilan birgalikda rezorbsiyalanish, 
ya’ni suyuqlikning kapillyarlarga qayta so‘rilish jarayoni ham muhim rol 
o ‘ynaydi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, limfa kapillyarlarga filtrlanib 
o‘tganidan 
so‘ng, 
belgili 
qismi 
kolloid-osmotik 
bosim 
tufayli 
kapillyarlarga qayta so'riladi.
Ashneming sellyulyar nazariyasiga ko‘ra, limfa hosil bo‘lishida hal 
qiluvchi vazifani to‘qimalar (muskullar, limfa bezlari va boshqalar) 
o‘taydi, plazma bilan limfa tarkibining bir oz farq qilishi limfa bezlarining
124


faoliyatiga bog‘liq. Qayd qilingan nazariyalaming birortasi ham limfa 
hosil bo'lishini to‘la tushuntirib bera olmaydi. Hozirgi vaqtda limfa hosil 
bo‘lishida kapillyarlar devorining o‘tkazuvchanlik xususiyati bilan bir 
vaqtda to ‘qimalar, limfa tomirlarining funksional holatiga ham katta 
ahamiyat beriladi. 
Kapillyarlaming 
endotelyasi 
oddiy 
membrana 
bo‘lmasdan, moddalami tanlab o ‘tkazuvchi o ‘ziga xos tirik protoplazmatik 
qatlamdir. U o'zidan ayrim oqsillami o ‘tkazgani holda, boshqalami 
o ‘tkazmay, 
ushlab 
qoladi. 
Limfa hosil 
bo'lishida 
to‘qimalarda 
kechayotgan moddalar almashinuvining xarakteri va jadalligi ham katta 
ahamiyatga ega.
Shunday qilib, kapillyarlaming arterial qismida qon bosimining 
onkotik bosimdan baland bo‘lishi, tomirlar devorining tanlab o ‘tkazish 
xususiyatiga ega ekanligi va to ‘qimalarda moddalar almashinib turishi 
tufayli suyuqliklaming qondan to‘qimalarga shimilib o ‘tishi natijasida 
limfa hosil bo‘ladi. Hosil bo'lgan limfa bosim past tomonga, limfa 
tomirlariga qarab harakat qiladi. Limfa hosil bo‘lishiga bir qator omillar 
ta’sir ko'rsatadi. Masalan, qonning onkotik bosimi qancha kamaysa, limfa 
hosil bo'lishi shuncha tezlashadi. Organ qancha faol ishlayotgan bo'lsa, 
uning limfasining osmotik bosimi shuncha baland bo‘ladi. Binobarin, unda 
limfa hosil bo‘lishi ham shuncha tez kechadi. Ayrim moddalar tomirlar 
devorining o ‘tkazuvchanligiga va natijada limfaning hosil bo‘lishiga bir 
muncha sezilarli darajada ijobiy ta ’sir ko'rsatadi. Bular qatoriga peptonlar
albumozlar, tuxum oqsili, zuluk va 
qizg'ichbaqalar to'qimalarining 
suyuqliklari va muskullami ekstraktlari kiradi, limfa hosil qiluvchi birinchi 
tartibli moddalar deb shularda aytiladi.
Mochevina, glyukoza, osh tuzining konsentrlangan eritmalari ham 
bilvosita y o ‘l bilan limfa hosil boiishini tezlashtiradi. Shu sababli bulami 
ikkinchi tartibli limfa hosil qiluvchi moddalar deyiladi.
Qonga mana shu moddalar kiritilganda qonning osmotik bosimi 
oshib ketadi, oqibatda 
to‘qima oraliq suyuqligining 
qonga o'tishi 
tezlashadi. Natijada qonning oqsil konsentratsiyasi va onkotik bosimi 
pasayadi va limfa hosil bo'lishi tezlashadi. Limfa hosil bo'lishiga nerv 
tizimi va uning oliy qismi -bosh miya yarim sharlarining po‘stlog‘i ta’sir 
ko'rsatadi.
Yazni 60 kg bo'lgan odamning tanasida o'rtacha 40 L suv bo‘lib, 
uning 25 L to'qimalararo va hujayralararo oraliqlarida bo'ladi. Bir kecha- 
kunduzda voyaga yetgan odamlaming chap ko'krak limfa yo'lidan tinch 
va ochlik paytida 1,2-1,5 L limfa oqib o'tadi.
125


Limfa - rangsiz suyuqlik bo‘lib, ishqoriy reaksiyaga ega pH-7,5-9,0, 
zichligi l,0175,y’ani qon zichligidan ancha past, tarkibida 3-4 % oqsillar 
(albuminlar, globo'linlar, fibrinogen) 1,0 % ga yaqin glyukoza, 0,8-0,9 % 
mineral 
tuzlar 
saqlaydi. 
Uning 
yopishqoqligi 
va 
zichligi 
qon 
plazmasinikidan past va unda limfositlar, monositlar va eozinofillar 
mavjud. Limfaning tarkibi doimiy emas, qaysi organdan oqib o‘tishiga 
qarab o ‘zgarib turadi. Ovqatlangandan keyin, yog‘li ovqat iste’mol 
qilingan paytlarda ovqat hazmi organlaridan oqib ketadigan limfa sut-oq 
rangda bo‘ladi, chunki tarkibida ko‘plab emulsiyalangan yog‘ saqlaydi. 
Jigardan chiqqan limfada ko‘proq oqsillar, ichki sekresiya bezlaridan 
chiqqani esa garmonlar saklaydi. Limfa juda bo‘sh laxta hosil qilib iviydi.
Mayda limfatik tomirlarda oqayotgan limfa ikkita oqimga: o ‘ng va 
chap tarmoqlariga tushadi. Chap ko‘krak limfa oqimi har ikkala oyoqlar, 
barcha qorin bo‘shlig‘i, ko‘krak qafasining chap qismidagi chap qo‘ldan, 
bosh hamda bo‘yinning chap qismidagi limfa tomirlaridan limfalarni 
yig'ib oladi.
0 ‘ng ko'krak limfa oqimi tananing qolgan qismlaridagi limfani 
yig‘ib oladi. Har ikkala oqim ham katta venalarga quyiladi, natijada limfa 
vena qoniga qo'shilib o‘ng bo'lmachaga quyiladi. Limfa juda sekin oqadi, 
katta limfatik tomirlarda ulaming oqish tezligi 0,25-0,3 mm/min. ni tashkil 
qiladi.
Limfa tana bo‘ylab katta limfa tomirlar devorlarining ritmik 
qisqarishi (1 min 10-20 marta) natijasida harakatlanadi va bu tomirlaming 
klapanlari ulami faqat bir tomonga yo‘naltiriladi.
Katta limfatik tomirlar simpatik nerv tolalari bilan innervasiya 
qilinadi va ulami og‘riq, his-hayajon, ichki organlami reseptorlarini 
qo‘zg‘alishi, kovak venalaming qo‘ilish joyida qon bosimini ko‘tarilishi 
paytida reflektor holda torayishini chaqiradi. Limfaning harakati ko'krak 
qafasini so‘mvchanlik xususiyati va skelet muskullarining qisqarishi 
natijasida tezlashishi mumkin. Kapillyarlar va to‘qimalarda osmotik 
bosimdagi farqning ortishi sababli limfani hosil b o ‘lishi ko‘paysa, qon 
oqimidagi onkotik bosimning ortishi tufayli kamayadi.
Kapillyarlar devorlarini limfa hosil qilish funksiyasini tezlashtiruvchi 
al’bumozlar, tuxum oqsili, gistamin, qisqichbaqa ekstrakti, yer tut va 
boshqalar limfogen moddalar hisoblanadi. Bulardan tashqari ular qatoriga 
tuz, qand va mochevinalami qo'shish mumkin, chunki ular qonning 
osmotik bosimini oshiradi.
126


Limfaning miqdorini; 1) qon bosimini oshishi, 2) arterial qon 
kelishining tezlashishi, 3) vena qonining turg‘unligi; 4) qon umumiy 
massasining ortishi, 5) organning kuchli faoliyati oshiradi.
Limfa tugunlarini fuknsiyasi. 
Limfa tomirlari bo‘ylab simpatik 
nervlari bilan innervatsiyalanuvchi limfa tugunlari joylashgan bo‘ladi. 
Limfa tugunlarida limfositlar hosil bo‘ladi va mikroblar va yog‘ 
moddalaming fagotsitozi yuz beradi. Limfa tugunlariga tushgan 
mikroblaming bir qismi retikulyar to'qimalaming hujayralari bilan 
fagotsitoz qilinadi. Qolgan qismi esa tugunda ushlab qolinadi va sekin-asta 
o ‘zining tarqatuvchilik xususiyatini yo‘qotadi.
Hiqildoq atrofida joylashgan 7 ta bodomchalarda ham (mindalinlar) 
mikroblarni zararsizlantirilishi kechadi.
Ichaklardan so‘rilish tufayli limfaga to ‘yimli va zararli moddalar ham 
tushadi. Ular ichaklar devorida joylashgan birinchi tugunlar o ‘zanidan va 
charvilarda joylashgan ikkinchi va uchinchi tugunlar o‘zanlaridan o‘tadi.
127



Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin