nervning bogim ko‘tarilishidan qo‘z g ‘aladigan tolalari ta’sirlanadi. Bu ta’sirot markazga boradi, shunda nafas olinish to‘xtab, nafas chiqarish boshlanadi, nafas chiqarish nihoyasiga yetay deb qolganida parasimpatik nervning bosim pasayishidan qo‘z g ‘aladigan tolalari ta’sirlanadi va bu ta’sirot ham markazga beriladi, unda nafas chiqarish to‘xtab, nafas olish boshlanadi. Organizm tirik ekan mana shu jarayon muayan maromda to‘xtovsiz davom etib turadi. Shunday qilib, nafas olish nafas chiqarishga, nafas chiqarish esa nafas olishga sabab bo'ladi, ayni vaqtda nafas chiqarish nafas olish hali to‘la to‘xtamasdan, ya’ni o ‘pka bor imkoniyati bilan kengaymasdan turib boshlanadi, nafas olish esa nafas chiqarish to‘la nihoyasiga yetmasdan,ya’ni o ‘pka bor imkoniyati bilan siqilmasdan yuzaga chiqadi. Modomiki, shunday ekan, nafasning o ‘z-o‘zidan boshqarilishi tufayli nafas olinganda o ‘pka to‘la bor imkoniyati bilan kengaymaydi, nafas chiqarilganda esa to‘la bor imkoniyati bilan siqilmaydi. Bu esa nafas tizimining, o ‘pkaning umrbod bir maromda ishlab turishi uchun benihoya katta ahamiyatga ega. Nafasning o ‘z-o ‘zidan boshqarilishida nafas markazidagi inspirator va ekspirator neyronlaming o ‘zaro mushtarak faolligi ham juda katta ahamiyatga ega. Buning ma’nosi shuki, inspirator neyronlaming qo‘zg ‘alishi ekspirator neyronlaming tormozlanishiga va aksincha, ekspirator neyronlaming qo‘zg ‘alishi inspirator neyronlaming tormozlanishiga sabab bo‘ladi. Uyqu arteriyalarining sinuslari va aorta yoyidagi refleksogen zonalardan keladigan impulslar nafas markazining faoliyatida alohida o ‘rin egallaydi. Bu refleksogen zonalarda joylashgan