ham nafasni o ‘zgartira olishi tajribalarda juda ko‘plab isbotlangan. Demak nafasning o ‘zgarishiga olib boradigan shartli reflekslar hosil qilish mumkin. Hayvonni karbonat angidrid ko‘p bo‘lgan (ma’lumki, bug‘ozlik nafas olishni tezlashtiradi), joyga qayta-qayta olib kirib o ‘sha havodan nafas oldirsa va bu holatni biror shartli ta’sirot masalan, lampochkani yoqib quyish bilan birga olib borilsa, keyinchalik shartli ta’sirotning o ‘zi, ya ’ni y o ‘lg‘iz lampochkani yoqish ham nafasning xuddi awalgidek tezlashishiga sabab bo‘ladi. Nafasning boshqarilishida asab tizimidan tashqari gumoral sistema ham muhim o ‘rinni egallaydi. Nafasning boshqarilishida ishtirok etadigan moddalaming eng muhimi karbonat kislotasidir. Qonda karbonat kislotaning belgili miqdorda bo‘lishi markazning undan o ‘z-o‘zidan qo‘zg ‘alib turishida markaz avtomatizmida katta ahamiyatga ega deb hisoblanadi. Uzunchoq miyadagi nafas markazining avtomatik ravishda, o ‘z-o ‘zidan mustaqil qo‘zg‘alib turishini dastlab 1863yilda I.M.Sechenov kuzatgan edi. Markazning avtomatizmi unda kechayotgan moddalar almashinuv jarayonlariga bogiiq . Karbonat kislota, qonda odatdagidan ko‘payib ketsa, nafas tezlashadi va chuqurlashadi. Karbonat kislota nafas markazining faol qo‘zg ‘atuvchisi ekanligini quyidagi tajribada ham isbotlasak bo‘ladi: nafas y o ‘llari 20-30 sekund bekitilib' turilsa, qondagi karbonat kislota va boshqa kislotali 154
mahsulotlar ko‘payishi tufayli nafas bir qancha tezlashib chuqurlashadi (giperapnoye). Odam tinchgina turganida bir necha marta tez-tez nafas chiqarsa, bu vaqtda qondagi karbonat kislota vaqtincha kamayganligi tufayli nafas bir oz siyraklashib, yuzakilashib qoladi (apnoye).