TURLI SHAROITLARDA NAFAS OLISH Jismoniy ish paytida nafas olish. Jismoniy ishning boshlanishi bilan muskullarda moddalar almashishi tezlasha boshlaydi. Natijada kislotali mahsulotlar ko‘proq hosil b o‘lib, qonda to‘planadi. Muskul bir muncha tezroq qisqara boshlashi bilan unga keltirilayotgan kislorod hosil boiayotgan kislotali moddalami oksidlab ulgura olmay qoladi. Oqibatda bu kislotali moddalar muskullardagi retseptorlami qitiqlab va bevosita qon orqali gumoral y o ‘l bilan ta’sir etib, nafas markazini qo‘z g ‘atadi. Natijada nafas tezlashadi. Keyinchalik, o ‘pka ventilyatsiyasi, minutlik hajmining oshishi, qon aylanishining tezlashuvi tufayli qondagi ortiqcha karbonat angidrid chiqarib yuboriladi va shu vaqtda hosil boiayotgan kislotali moddalami keltirayotgan kislorod oksidlab ulgura boshlaydi, ya ’ni hosil boiayotgan kislotali moddalar bilan keltirilayotgan kislorod miqdori o ‘zaro muvozanatlashadi. Shunga ko‘ra nafas bir muncha siyraklashadi. Jismoniy ish ya’ni muskul faoliyatining dastlabki davrida hosil b o iib , parchalanmay qolgan sut kislota va kislotali boshqa mahsulotlar muskulning faolligi to‘xtaganidan keyin parchalanadi. Shu sababli organizm ishdan to‘xtagandan keyin ham bir oz vaqt davomida nafasi va yurak ishi tezlashgan boiadi. Muskul faol ishlab turgan paytda unda kechayotgan oksidlanish jarayonlarining t o la amalga oshirishda muskul mioglobinining ahamiyati juda katta. Bu pigmentning kislorod biriktirish qobiliyati gemoglobinga qaraganda ancha yuqori bolganligi sababli shu modda ko‘p boladigan muskullarda -yurak,jag‘