Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) oilasi, vakillari, tarqalishi, tuzilishi, ko’payishi, ahamiyati reja: Kirish


I.Bob Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) oilasi va ularning turlari



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə2/5
tarix04.03.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#86607
1   2   3   4   5
Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) oilasi, vakillari, tarqalishi, tuzilishi, ko’payishi, ahamiyati

I.Bob Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) oilasi va ularning turlari
1.1.Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) oilasi vakillari
Ra’nodoshlar oila 100 ga yaqin turkumga kiruvchi 3000 ta dan ziyod turni birlashtiradi. Ular Yer yuzida keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko’ra ularga o’tlar, yarimbutalar, butalar va daraxtlar kiradi. Barglari ketma-ket o’rnashgan, oddiy yoki murakkab, yonbargchali. To’pgullari har xil. Gullari to’g’ri, ikki jinsli, asosan murakkab gulqo’rg’onli, gulqo’rg’on bo’laklari 5 tadan (ba’zan 4-6 tadan). Gultojibarglari tutashmagan, changchilarining soni turlicha, odatda ko’p bo’ladi. Gulo’rni yassi, likopchasimon yoki bo’rtgan, ba’zan mevasiga qo’shilib o’sib, soxta meva hosil qiladi. Urug’chisi bitta yoki bir nechta mevabargdan iborat. Tugunchasi ustki, yarim ostki yoki ostki. Gul formulasi: Ca5Co5A G(1,5,∞). Mevalari turlicha, ular orasida danakli chin meva, yong’oqcha, pista, to’p meva, soxta meva, rezavor meva va boshqalar bor . Oila vakillari asosan urug’idan ko’payadi, vegetativ yo’l bilan ko’payadiganlari ham bor (atirgul, qulupnay va boshqalar).
O’rta Osiyoda oilaning 32 ta turkumga mansub 266 ta turi, O’zbekistonda 11 ta turkumga oid 96 ta turi o’sadi. Oila generativ va vegetativ a’zolarining belgilariga ko’ra 7 ta oilachaga bo’linadi. Bular orasida O’zbekistonda vakillari keng tarqalgan Tobulg’idoshchalar (Spiraeoideae), Ra’nodoshchalar (Rosaideae), Olmadoshchalar (Maloideae-Pomoideae) va Olxo’ridoshchalar (Prunoideae) oilachalari bor.
Klassifikatsiyasi

Taksonomik kategoriyalar

Taksonlar

Dunyo
Bo’lim
Ajdod
Kichik ajdod
Qabila
Oila
Kichik oila
Turkum
Tur

O’simliklar (Plantae)
Yopiq urug’lilar (Magnoliophyta, Angiospermae)
Ikkipallalilar (Magnoliopsida, Dicotyledones)
Ra’nokabilar (Rosidae)
Ra’nokabilar (Rosales)
Ra’nodoshlar (Rosaceae)
Ra’nodoshchalar (Rosoideae)
Na’matak (Rosa)
Itburun namatagi (Rosa canina)

Ra’nodoshchalar oilasiga Maymunjon (Rubus), Na’matak (Rosa), Pochaqirqar (Hulthemia), Qulupnay (Fragaria) kabi turkumlar kiradi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin