Raqamli iqtisodiyot asoslari


§ 1.2. Raqamli iqtisodiyotning mohiyati va xususiyatlari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/3
tarix03.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#151791
1   2   3
1-mavzu. Raqamli iqtisodiyot asoslari

§ 1.2. Raqamli iqtisodiyotning mohiyati va xususiyatlari
Raqamli iqtisodiyot Internet orqali elektron savdo yordamida tovarlar va xizmatlar savdosiga ruxsat beradi va amalga oshiradi. Raqamli iqtisodiyot uchta komponentlarni o‘z ichiga oladi: 1) infratuzilma (dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya va boshqalar); 2) elektron biznes (tashkilotlardagi raqamli jarayonlar); 3) elektron tijorat (tovarlarning onlayn savdosi). Bu ta’rif boshqa ko‘pgina ta’riflar singari sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning tafsilotlarini ochib bermaydi, ularning texnologiya bilan aloqalarini aks ettirmaydi, foydalanuvchilar xulq-atvoridagi o‘zgarishlar, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi munosabatlar, raqobat va mehnat unumdorligining o‘zgarishi, qo‘- shilgan qiymat tarkibidagi o‘zgarishlar hamda boshqa ko‘plab iqtisodiy ta’sirlarni qayd etmaydi. Raqamli iqtisodiyot bu – ishlab chiqarishning asosiy omillari raqamli shaklda taqdim etilgan ma’lumotlar bo‘lib, ularni katta hajmlarda qayta ishlash va foyda- 15 lanish, shu jumladan, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shakllantirish vaqtida an’anaviy boshqaruv shakllari bilan taqqoslaganda, ishlab chiqarishning har-xil turlarida sifat va unumdorlik, uskunalar, texnologiyalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish, yetkazib berish hamda iste’mol qilish samaradorligini sezilarli darajada oshirishga imkon beradigan faoliyatdir.
So‘nggi bir necha yil ichida AKTni rivojlantirishda, quyidagi to‘rt holat bilan bog‘liq yana bir oldinga intilish bo‘ldi, ya’ni: 1) raqamli texnologiyalar doimiy ravishda o‘zlarining qo‘llanilish doirasini kengaytirmoqda; 2) tegishli vositalarni joriy etish va ishlatish qiymati doimiy ravishda pasayib bormoqda; 3) iqtisodiy faoliyatni raqamlashtirish darajasi (jumladan, yuqoridagi ikki omil ta’siri tufayli) doimiy ortib bormoqda; 4) raqamli qurilmalar (kompyuterlar, telefonlar, aqlli texnika va mashinalar)ning mavjudligi va tarqalishi doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Bu holatlar majmuasi raqamli platformalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, raqamli ekotizimlarni rivojlantirishga asoslangan, iqtisodiy jihatdan mazmunli biznes-modellari bo‘ladigan, sifatli yangi sharoitlarni yaratilishiga olib keldi. Raqamli platformalar, raqamli iqtisodiyot vositalarining eng asosiy va muhimi bo‘lib, ko‘plab so‘nggi texnologiyalarni birlashtiradi va foydalanuvchilar uchun eng yaxshi raqamli vositalar hamda erkin raqobatbardosh bozorga kirishni ta’minlaydi. Raqamli platforma bu – raqamli texnologiyalar to‘plamidan foydalanish va mehnat taqsimotining o‘zgarishi tufayli tranzaksion xarajatlarning kamayishiga olib keluvchi yagona axborot muhiti bilan birlashtirilgan bozor ishtirokchilarining ko‘p sonli algoritmlashtirilgan munosabatlar tizimidir. “Raqamli iqtisodiyot” ilgari aytib o‘tilgan barcha iqtisodiy tushunchalarning umumlashtiruvchisi, shu bilan birga u bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bundan tashqari raqamli iqtisodiyot quyidagi rivojlanish tendensiyalarga ega: 1. Raqamli texnologiyalarni intensiv ravishda tarqatish va ulardan foydalanish shu darajaga yetadiki bu allaqachon zamonaviy inson faoliyatining hoh u iqtisodiy, hoh siyosiy, hoh madaniy bo‘lsin kundalik qismi hisoblanadi. 2. Jamiyatni raqamlashtirish axborotlarni qog‘ozdan raqamli makonga o‘tkazish, fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlar va boshqalarning elektron platformalariga o‘tishga olib keldi. 3. AKT mamlakatning iqtisodiy rivojlanish asosi hisoblanadi. “Raqamli iqtisodiyot” konsepsiyasini umumlashtiruvchi tushuncha sifatida qabul qilish axborotlarni ishlab chiqish va iqtisodiy farovonlikning yangi omili, AKT esa iqtisodiy o‘sishning yangi manbai sifatida o‘rganish zarurligini keltirib chiqaradi. 2-3 yildan so‘ng yaqindagina inson uchun asosiy axborot manbai hisoblangan bosma nashr (kitob, gazeta, jurnal)lar shaxsiy keng doiradagi muloqot bo‘lganligini tasavvur qilish qiyin bo‘lib qoladi. Vaziyat faqat 1895 yilda radio ixtirosi bilan o‘zgardi, bu ma’lumotlarni uzatish yo‘llarining rivojlanishiga asos yaratdi va XXI asrning boshlarida umuman axborot portlashi boshlandi. Axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini tizimlashtirish uchun oxir-oqibat AKT deb nomlangan texnologiyalar ishlab chiqildi. Kommunikatsiya bu – aloqa axborot almashish jarayoni. An’anaviy AKTga yozuv va matbaa, telefon va telegraf, televideniye kiradi. Ushbu texnologiyalar ma’lumotlarni takrorlash va tarqatish imkonini beradi. AKTning zamonaviy vositalariga quyidagilar kiradi: - shaxsiy kompyuterlar; - axborot tarmoqlari; - axborotlarni saqlash vositalari; - mahalliy tarmoqlar; - sun’iy intellekt tizimlari; - zamonaviy aloqa vositalari; - dasturiy ta’minotlar. Qator manbalarga ko‘ra “raqamli iqtisodiyot tushunchasi”ga 1995 yilda Massachusets texnologiya universitetining (Massachusetts Institute of Technology) Amerikalik kompyuter sohasidagi olimi Nikolas Negroponte tomonidan asos solingan, u fizik moddalarni tashkil etuvchi atomlarni qayta ishlashdan dasturiy kod moddasini tashkil etuvchi BITlarni qayta ishlashga o‘tish metaforasidan foydalangan. Boshqa mutaxassislar 1994-yilda (ba’zi manbalarga ko‘ra 1995-yilda) “Raqamli iqtisodiyot: tarmoq kuzatuvi davrida va’da va xavf” (ing. “The Digital Economy; promise and peril in the age of networked intelligence”) kitobini nashr etgan kanadalik iqtisodchi Don Tapskotning ishini ta’kidlaydilar. Don Tapskot rivojlangan mamlakatlar misolida AKTning biznesga, davlat boshqaruvi tizimiga ta’sirini tavsiflaydi, shuningdek, raqamli texnologiyalar biznes yuritish usullarini qanday o‘zgartirishi mumkinligi haqida taxmin qiladi. Shuningdek, u raqamli iqtisodiyot bu – AKTdan keng foydalanishga asoslangan iqtisodiyot ekanligiga qisqacha tavsif beradi. 1999 yilda Nil Leyn o‘zining “XXI asrda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi” maqolasida “raqamli iqtisodiyot” atamasiga: “raqamli iqtisodiyot bu – Internet tarmog‘idagi kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalarining konvergensiyasi(yaqinlashishi) hamda elektron tijoratni rivojlantirishni rag‘batlantiradigan AKTning paydo bo‘lishi va tashkiliy tuzilmadagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar” degan o‘z ta’rifini bergan. Ya’ni muallif asosiy e’tiborni elektron savdoga qaratgan.
Xuddi shu 1999 yilda Lin Margerio o‘zining “The Emerging digital economy” asarida raqamli iqtisodiyotga aniq ta’rif bermaydi, lekin birinchi marta raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatadi: 1. Internet tarmog‘ining kengayishi (tarqalishi). 2. Korxonalar o‘rtasida elektron savdo. 3. Tovar va xizmatlarni raqamli yetkazib berish. 4. Jismoniy tovarlarning chakana savdosi. 18 Ko‘rib turganimizdek, Lin Margerio birinchi navbatda raqamli iqtisodiyot tushunchasiga emas, balki uning tarkibiy qismlariga e’tibor qaratadi. 2000 yilda Rob Kling (R. Kling) va Robert Lemb (R. Lamb) o‘z izlanishlarida AQSH Savdo vazirligi uchun Linn Margerio tomonidan yozilgan hisobotga asoslanib, raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatganlar, jumladan: Raqamli mahsulotlar va xizmatlar: ushbu komponent mahsulotlar va xizmatlar (dasturiy ta’minotni sotish, onlayn ta’lim)ni raqamli texnologiyalar yordamida yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Bu yerda mualliflar haqiqiy tovar, xizmat ko‘rsatish va sotishni kiritishadi; AKTga bog‘liq tovar va xizmatlar: ushbu toifaga buxgalteriya xizmatlari, yuqori aniqlikdagi ishlov berish va boshqalarni keltirish mumkin; AKT sanoati: ushbu komponentni raqamli iqtisodiyotning oldingi uchta tarkibiy qismiga xizmat ko‘rsatuvchi qilib belgilash mumkin. Bunga kommunikatsion uskunalar, tarmoq uskunalari, kompyuter ishlab chiqaruvchilar va boshqalar kiradi. Raqamli iqtisodiyot juda ko‘p institutlarni masalan, Yevropa Parlamenti, Jahon Banki, BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) va boshqalarni o‘z ta’riflarida ifodalaydi. Yevropa Parlamentining ta’rifiga ko‘ra raqamli iqtisodiyot bu – cheksiz va uzluksiz o‘sib boruvchi tugunlar soni bilan bog‘liq n-darajali sonlardan tashkil topgan murakkab tuzilma. IHTT quyidagicha – “... bir qancha umummaqsadli texnologiyalar jamlanmasi Internet va u bilan aloqador texnologiyalar orqali odamlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat” deb ta’riflaydi. 2016 yilda Jahon Banki quyidagi ta’rifni taklif qildi: “raqamli iqtisodiyot jadal iqtisodiy rivojlanishning yangi paradigmasi bo‘lib, tub asosi real vaqt rejimida ma’lumotlar almashinuvidir... bu raqamli AKTdan foydalanishga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarning yig‘indisidir.” BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi eng aniq ta’riflardan biri – “raqamli iqtisodiyot bu tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda ular savdosida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish”ni taklif etadi. Raqamli iqtisodiyotning barcha ta’riflarini bir ish doirasida ko‘rib chiqish mumkin emas, xususan, ushbu ishda faqat aniq ta’riflar keltirib o‘tildi. Ko‘pgina dunyo ekspertlari va olimlarining asarlarida mavjud bo‘lgan raqamli iqtisodiyotning ta’riflariga asoslanib, ko‘pgina ta’riflar bir qator xususiyatlarga asoslangan degan xulosaga kelishimiz mumkin, jumladan: • inson hayotining barcha sohalarida ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun raqamli texnologiyalarni dinamik joriy etish bilan tavsiflanadigan iqtisodiyot shakli; • raqamli iqtisodiyot virtual olamda raqamli tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha iqtisodiy faoliyat turlari bilan ajralib turadi; • real vaqt rejimida tarmoqlar va AKTdan foydalanishga asoslanadigan ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy texnik munosabatlar yig‘indisi; 19 • haqiqiy iqtisodiyotni to‘ldiruvchi texnika, dasturiy ta’minot, infratuzilma kabi elementlarning murakkab kombinasiyasi.
Raqamli iqtisodiyotdan foyda oluvchilar Birlamchi foyda oluvchi (aholi) – raqamli iqtisodiyot asosida turmush darajasini sezilarli darajada yaxshilash, tovarlar va xizmatlarning keng spektrini tez va samarali yaratish. Ikkilamchi foyda oluvchi (bizneС) – biznes yuritishning qulayligi, iqtisodiyotning yangi tarmoqlarini yaratish va yangi bozorlarga chiqish, shuningdek, biznesni kengaytirish va muvofiqlashtirish, hamkorlik va innovatsiyalar uchun sharoit yaratish. Uchlamchi foyda oluvchi (bizneС) – mamlakat murakkab o‘zgarishining tizimli va boshqariladigan harakati. Bundan tashqari mamlakatning murakkab o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish va prognozlashni oshirish.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin