KIRISH
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog‟liq bo‟lgan bir qancha
samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning
uchun ham davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida
respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan,
O‟zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng
muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Muroja‟atnomasida ham
mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo‟yicha quyidagilarni aytib o‟tdi:
“Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini
ko‟zda tutadigan “Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni ishlab chiqishimiz
kerak. Shu asosda “Raqamli O‟zbekiston-2030” dasturini hayotga tadbiq etishimiz
zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o‟stirish,
korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli halqaro tashkilotlar
o‟tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda.Shuning uchun Hukumatga ikki oy
muddatda raqamli iqtisodiyotga o‟tish bo‟yicha “yo‟l haritasi”ni ishlab chiqish
topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini ta‟minlashga alohida e‟tibor qaratish
zarur”[1,2]. Shuning uchun ham uni qanday rivojlantirish masalalari jamiyat va halq
oldida ko‟ndalang bo‟lib turibdi. Ushbu maqolada O‟zbekiston Respublikasida
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasining ba‟zi bir yo‟nalishlari mualliflar
nuqtai-nazaridan muhokama qilinadi.
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 1, февраль, 2019 йил
2
Dostları ilə paylaş: |